Xiii-xiy asrlar sharq adabiyotida janr xususiyatlarini qiyosiy o’rganish


Guldursun» afsonasi-mo'g'ul bosqinchilariga qarshi elk afsona edi. Afsonaning qisqacha mazmuni quyidagicha



Download 1,59 Mb.
bet2/3
Sana24.04.2022
Hajmi1,59 Mb.
#579882
1   2   3
Bog'liq
4-mavzu

Guldursun» afsonasi-mo'g'ul bosqinchilariga qarshi elk afsona edi. Afsonaning qisqacha mazmuni quyidagicha:
Qadirnda Guliston degan obod shahar bo'lgan ekan. Dushman bu shaharni qamal qilibdi. Donishmand keksa podsho aholini mudofaaga safarbar etibdi Aholi shaharni mardona himoya qilibdi. Oziq-ovqat tugab, ochlik dahshati boshlanganda ham xalq qurolini tashlamabdi. Ochlik dushmann iham mavh eta boshlabdi. Shahar aholisi semizroq bir necha sigirga so'nggi don-dunini yedirib, darvozadan tashqariga chiqarib yuboribdi. Ochlikdan toliqqan dushman sigirlarni so'yib, ularni don-dun bilan boqilganligini ko'rib: «Shahar ahlining oziq-ovqati ko'p ekan, ochlikdan halok bo'lmay, jo'nab qolay1ik?»-degan qarorga kelibdi. Shunda podshoning yengiltak qizi Guldursun yurtiga xiyonat qilibdi. U qal'a ustida jangni kuzatib turganida, dushmanning navqiron askar boshlig'ini sevib qolibdi.
Ehtirosi ustunlik qilib, qaytlb ketishga hozirlanayotgan dushmanning askar boshlig'iga maktub chiqarib, «Sigir voqeasi hiyladir, shaharda oziq- ovqat tugagan, bir kun sabr qilsang tas1im bo'lishadi»,- debdi. Aholi ochlikdan toliqibdi, ko'p kishi o'libdi, shahar taslim bo'libdi. Guldursunni askar boshlig'i oldiga olib kelishgan ekan, u qizning ishidan xursand bo'lsa ham, baribir o’ xalqiga xiyonat qilgan menga ham xiyonat qilishi mumkin deb, qizni otning dumiga bog'latlb, sudatib o'ldibdi.
Shahar yer bilan yakson qilinibdi. Gulistondan asar ham qolmabdi. Shaharning xarobaga aylanishida Vatan va xalq xoini yengiltak Guldursun sabab bo'lganligi uchun, kishilar tuproq tepani Guldursun deb atashibdi
Ko'rinadiki, afsonada erk uchun mardonavor kurash, dushrnan va xoinlarga nafrat g'oyalari o'z ifodasini topgan.Mo'g'ullar istilosi O'rta Osiyo xalqlarining shiddat bilan rivojlana boshlagan yozrna adabiyoti ravnaqiga ham salbiy ta'sir ko'rsatdi. O'rta Osiyodagi madaniy yodgorlik, san'at asarlari, badiiyat namunalarining yo'qolib ketishiga ham Chingiz qo'shinlarining vahshiyona bosqinchilik harakati sabab bo'ldi.
Nosiriddin Rabg‘uziy hayoti va ijodining manbalari
Nosiriddin Burhoniddin Rabg'uziyning payg'ambarlar tarixiga bag'ishlangan «Qisasi Rabg'uziy» asari ilk yirik hajmli turkiy nasr namunasi sanaladi. Hozircha ma'lum adabiy dalillarga ko'ra dastlabki turkiy g'azal ham mana shu asar tarkibida uchraydi. Bulardan tashqari, Ali degan shoir tomonidan 1223 yilda o'g'uz lahjasida «Qisasi Yusuf» dostoni yaratilganki, bu ham qur'oniy mavzularga murojaat va doston janri taraqqiyotini belgilaydi
Yuksak iste’dod sohibi bo‘lgan taniqli adib, iste’dodli shoir Nosuriddin Rabg‘uziy o‘zbek mumtoz adabiyotining ulkan namoyandalaridan biridir. Uning turkiy xalqlar orasida "Qisasu-l-anbiyo" nomi bilan mashhur bo‘lgan "Qisasi Rabg‘uziy" asari yozuvchi ma’naviy merosidan bizgacha yetib kelgan yagona adabiy manba sanaladi. Mazkur asar yirik hajmli turkiy nasrning birinchi namunasidir.Nosiruddin Rabg‘uziyning hayoti va ijodi haqida juda oz ma’lumotlarga egamiz. "Qissasi Rabg‘uziy"dagi ayrim qaydlar adib tarjimai holiga doir ishoralar egaligi bilan alohida ahamiyatga molik

Download 1,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish