Xii. Harakatlanish tezligi va oraliq masofa



Download 16,8 Kb.
Sana29.05.2022
Hajmi16,8 Kb.
#618166
Bog'liq
harakatlanish tezligi va oraliq masofa (2)


XII. HARAKATLANISh TEZLIGI VA ORALIQ MASOFA
12.1. Haydovchi belgilangan tezlikni oshirmasligi, harakatning serqatnovligi, transport vositasi va yukning xususiyati, holati, yo‘l, ob-havo sharoiti, shuningdek yo‘nalishdagi ko‘rinishni hisobga olgan holda harakatlanishi kerak.
Haydovchi biror xavf yoki to‘siqni aniqlaganda transport vositasining tezligini, zarur bo‘lsa tuxtagunga qadar kamaytirishi, to‘siqni boshqa harakat ishtirokchilari uchun xavfsiz tarzda aylanib o‘tishi hamda uni bartaraf etish chorasini ko‘rishi kerak.
12.2 Aholi yashaydigan joylarda barcha transport vositalarining tezligi soatiga 70 km dan oshmasligi kerak.
12.3 Aholi yashamaydigan joylarda:
— yengil va to‘la vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillari tezlikni soatiga 100 km dan;
— barcha turdagi avtobuslar, tirkamali yengil va to‘la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillari tezlikni soatiga 90 km dan;
— mototsikl haydovchilariga tezlikni soatiga 70 km dan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.
12.4. Haydovchilarga quyidagilar taqiqlanadi:
— tezlikni mazkur transport vositasining texnik tavsifnomasida ko‘rsatilgan me’yordan oshirish;
— transport vositasiga o‘rnatilgan taniqlik belgisida ko‘rsatilgan tezlikdan oshirish;
— besabab juda sekin yurib, boshqa transport vositalarining harakatlanishiga xalaqit berish;
— zaruratsiz transportni keskin to‘xtatish.
12.5 Haydovchi, oldindagi transport vositasi keskin to‘xtaganda, urilib ketmaslikni kafolatlovchi oraliq masofani va xavfsizlikni ta’minlaydigan yonlama oraliq masofani ta’minlamog‘i shart.
12.6 Tezlikni soatiga 50 km dan oshirish mumkin bo‘lmagan transport vositasining, shuningdek to‘la vazni 12 tonnadan ortiq bo‘lgan transport vositasining haydovchisi aholi yashamaydigan joylardagi yo‘llarda harakatlanganda oraliq masofani shunday saqlashi kerakki, quvib o‘tayotgan boshqa transport vositasi yo‘lning o‘ng tomoniga bemalol qayta tizila olsin. Agar haydovchi quvib o‘tishga tayyorlanayotgan yoki harakat serqatnov bo‘lsa, yuqoridagi talab o‘z kuchini yo‘qotadi.

XIII. QUVIB O‘TISh VA QARAMA-QARShI HARAKATLANISh
13.1. Haydovchi quvib o‘tishni boshlashdan oldin:
— orqada harakatlanayotgan haydovchining uni quvib o‘tishiga harakat qilmayotganiga;
— oldinda ketayotgan transport vositasi haydovchisining chapga burilishga (qayta tizilishga) ogohlantirish ishorasini bermaganligiga;
— quvib o‘tish vaqtida ro‘paradan kelayotgan transport vositasiga to‘sqinlik qilmasligiga;
— quvib o‘tishni tugallaganda, quvib o‘tilayotgan transport vositasiga to‘sqinlik qilmasdan qayta tizila olishiga ishonch hosil qilishi kerak.
13.2. Quvib o‘tilayotgan transport vositasi haydovchisining tezlikni oshirib yoki boshqa xil harakatlar bilan quvib o‘tayotgan haydovchiga to‘sqinlik qilishi taqiqlanadi.
13.3. Quyidagi hollarda quvib o‘tish taqiqlanadi:
— kesib o‘tilayotgan yo‘lga nisbatan asosiy bo‘lgan yo‘llarda quvib o‘tish hollaridan tashqari, barcha chorrahalarda;
— temir yo‘l kesishmasida va ularga 100 metrdan kam masofa qolganda;
tepalikning yuqori qismida, keskin burilishlarda va yo‘lning ko‘rinishi cheklangan boshqa joylarida.
13.4. Aholi yashamaydigan joylarda yo‘llarning kengligi, holati, sekin harakatlanayotgan katta hajmli yoki ma’lum tezlikka amal qilayotgan transport vositasini quvib o‘tishga xalaqit bersa, uning haydovchisi mumkin qadar yo‘lning o‘ng tomonidan harakatlanishi, zarur hollarda esa to‘xtab, orqada to‘planib qolgan transport vositalarini o‘tkazib yuborishi kerak.
13.5. Agar qarama-qarshi harakatlanishdagi yo‘lning biror bo‘lagida to‘siq bo‘lsa, to‘siq o‘z tomonida bo‘lgan haydovchi yo‘l berishi kerak.
Tegishli belgilar qo‘yilgan tepaliklarda to‘siq bo‘lsa, uning qaysi tomondaligidan qat’i nazar, nishablik tomonga qarab harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi yo‘l berishi kerak.
Download 16,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish