Xii asr oxirlarida Hindistonga Fazna istilochilari hal qiluvchi hujum qildi. 1175 yilda Fazna hokimi Muhammad Guriy Panjobga bostirib kirib, uni egallagach, sharqqa qarab siljishni davom ettirdi



Download 13,5 Kb.
Sana04.03.2023
Hajmi13,5 Kb.
#916322
Bog'liq
Hujjat (9)


XII asr oxirlarida Hindistonga Fazna istilochilari hal qiluvchi hujum qildi. 1175 yilda Fazna hokimi Muhammad Guriy Panjobga bostirib kirib, uni egallagach, sharqqa qarab siljishni davom ettirdi. 90-yillarda u Jamna bilan Gang daryolari o‘rtasidagi butun yerlarni, so‘ngra esa Bengaliyani bosib oldi, Guriy vafotidan (1206 yildan) keyin uning noibi Qutbiddin Oy-bek Faznadan ajralib chiqib, Hindistonning shimolida (hozirgi Hindiston Respublikasining poytaxti Dehlini markaz qilib) mustaqil davlat tuzdi. Yangi davlat poytaxt shaharning nomi bilan Dehli sultonligi deb yuritila-digan bo‘ldi. 1206 yilda Fazna sultonlaridan mustaqil bo‘lib olgan Dehli sultonligi XIII va XIV asr davomida ancha katta davlat sifatida yashadi.

Dehli sultonligi ayniqsa XIII asr oxiri va XIV asr boshlarida ken-gaydi, bu vaqtda uning tarkibiga Shimoliy Hindistondan tashqari Markaziy Hindiston viloyatlari va Dekan yassi tog‘ligidagi ko‘pchilik davlatlar ki-rardi. Dekan 1306-1310 yillarda sulton Oloviddin Xiljiy tomonidan bosib olindi. Navbatdagi sultonlardan biri - Muhammad Tug‘laq (1325-1351 yil-lar) deyarli butun Hindistonni bo‘ysundirib, hatto Eron bilan Xitoyni zabt etishni orzu qilgan edi. Ammo sultonlikning kengayishi mustahkam xarak-terga ega emas edi. XIV asr o‘rtalarida Dehli ajralib chiqdi, ko‘p o‘tmay Dehlidan shimoldagi ko‘pgina viloyatlar, shu jumladan, Bengaliya ajralib ketdi. Dehli sultonligi tarkibiga kirgan ko‘pchilik viloyatlar XIV asrning ikkinchi yarmida mustaqil davlatga aylanib oldi. Sulton Dehlining o‘zida uncha mustahkam hokimiyatga ega emasdi, chunki u yerda feodallarning turli guruhlari o‘rtasida hokimiyat uchun uzluksiz kurash borardi.



XIV asrda Hindiston tamomila tarqoq feodal davlat edi. Juda ko‘p musulmon va hind feodal davlatlari bir-birlari bilan uzluksiz kurash olib borardilar. Shafqatsiz feodal ekspluatatsiyasi va to‘xtovsiz ichki feodal urushlari. 70-yillarda Dehli sultoni o‘z qo‘lida qolgan ozgina yerlarni ham himoya qilishga qodir emasdi. Markaziy hokimiyatning zaifligi Hindiston-ni yangi chet el hujumlariga qarshilik ko‘rsata olmaydigan qilib qo‘ydi. XIV asrning oxirida Dehli sultonligi Amir Temur qo‘shinlari tomonidan qaqshatqich zarbaga uchradi. Ammo Temur Hindistonni birlashtirish va hatto uni O‘rta Osiyodagi o‘z yerlari bilan biror darajada mustahkam bog‘-lash maqsadini qo‘ymagan edi. Boshqa yurishlar bilan band bo‘lgan Te-mur Hindistonni o‘z holicha tashlab qo‘ya qoldi. Temur vafotidan keyin Hindiston o‘zining mustaqil davlatini tuzishi mumkindek tuyuldi, biroq bu yerdagi iqtisodiy inqiroz bunga halaqit bergan edi. To‘g‘ri, XIV-XV asr-larda Hindistonning janubida ancha yirik davlatlar - Baxmani va Vijayana-gar mavjud edi. Lekin ular ham uzoq yashamadi va tez orada bir necha mayda knyazliklarga ajralib ketdi. XVI asrda Hindistonda yevropaliklar paydo bo‘ldi. Portugallar yevropaliklar ichida Hindistonni mustamlakachi-lik ekspluatatsiyasiga birinchi bo‘lib duchor qildilar. Keyinchalik, XVI asr oxiri XVII asr boshlarida ularga gollandlar va inglizlar kelib qo‘shildilar. XV asr mobaynida Dehli sultonligi buyuk davlat bo‘lmay qolgan edi. Dehli shahri va uning atrofidagi yerlar hukmroni Dehlining buyuk sultoni degan dabdabali unvonga ega bo‘lsa ham, Shimoliy Hindistondagi oddiy davlat - knyazliklardan biri edi. Eng yirik davlat - qo‘shni Bengaliya knyazligi edi, biroq u ham loaqal Shimoliy Hindiston uchun gegemonik rolini o‘z zimmasiga ololmas edi.

1526 yilda Temurning evarasi - amir Bobur afg‘on tog‘ yo‘llari orqa-li Hindistonga kirib bordi. U Dehlini bosib olib, o‘zini Hindiston imperato-ri (to‘g‘rirog‘i - shoh) deb e’lon qildi. Bobur bu yerda Hindiston va Afg‘o-niston yerlaridan iborat katta bir davlatga asos soldi
Download 13,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish