Mo‘g‘ullarning Yevropaga yurishlari
Botuxonning Rus yerlariga hujumidan so‘ng harbiy yurish yo‘nalishi Yevropaga qaratildi. 1241-yildan boshlab mo‘g‘ullarning Yevropa sarhadlariga (Rus yerlaridan keyin) harbiy yurishlari boshlandi. Botuxon Yevropaga yurish uchun ao‘anaviy ko‘chmanchilar yo‘lini tanladi, ya'ni Vengriya hududida - mintaqa markazida u o‘z hukmronligi uchun tayanch (opora) istehkomini qurishni maqsad qilgan edi. Shu boisdan ham u asosiy kuchlari bilan Vengriyaga yo‘l olgan bir paytda, qolgan kuchlarni Polsha, Chexiya, Bolgariya tarafdan xavfsizlikni ta'minlash maqsadida o‘sha hududlarga yo‘naltirilgan edi.
Mo‘g‘ullarning hujumiga birinchi bo’lib Polsha duchor boidi. 1241- yilning yanvarida mo‘g‘ullar Vislaga yurish qilib, Lyublin va Zavixostni egalladi. Yana bir guruh mo‘g‘ul qo‘shinlari Rasibujagacha yetib bordi. Shu yilning fevralida mo‘g‘ullar Tur shahri yaqinida Kichik Polsha ritsarlariga zarba berib, Vislaning asosiy tayanch nuqtasi bo‘lgan Sandomirni vayron qildilar.
28-martda Krakov egallagan Baydar va Kayduning birlashgan kuchlari aprel boshida Shlensk poytaxti Voroslav tomon harakat boshladi. Kichik Polshadagi ahvol Polshaning qolgan hududlarini birlashib harakat qilishga majbur etdi. Voyevod Sulislav Meshkova, Shlensk knyazi Genrix raxbarligida turli hudud harbiylarni birlashtirgan qo‘shin tuzildi. Bu birlashgan qo‘shin tarkibida xorij ritsarlaridan iborat otryad ham bor edi. Voroslav shahrini mo‘g‘ullar qamal qilgach, Genrix qamal holatida mo‘g‘ullarni yengib bo‘lmasligini tushunadi va o‘z «baxtini» ochiq jangda sinashga qaror qildi. 9-aprel kuni chex qo‘shinlariga qo‘shilish rnaqsadida yo‘lga chiqqan qo‘shin Legnisa yaqinida mo‘g‘ullar tomonidan tor-mor qilindi. jangning ayni qizigan vaqtida chex qo‘shinlari bu yerga bir kunlik inasofada edi.
1241-yilning yanvarida Botu boshliq mo‘g‘ul qo‘shinlarining asosiy qismi Vengriyaga «Rus darvozasi» - Veres dovoni orqaii kirib kela boshladi. (,)o‘shinning bir qismi Transilvaniya tomon harakat qilib, Vengriyani Bolgariyadan ajratib qo‘yish kerak edi. Yana bir qism mo‘g‘ul qo‘shinlari Moldoviyaga yurish qilib, u ycrni egalladi, bu bilan shu hududda qisqa inuddat faoliyat ko‘rsatgan qipchoq yepiskopligi ham tugaydi.
Vengriya qiroli Bela IV Peshtda turli shaharlardan qo‘shin to‘plab, 60 ming kishilik askarlar bilan mo‘g‘ullarga qarshi chiqish uchun shaharni tark etadi. Shunday katta kuch bilan mo‘g‘ullarga qarshi chiqish arafasida qirolga dushman kayfiyatida boiganlarning o‘z vazifalarini «sidqidildan» bajarmasliklari oqibatida 1241-yil 11-aprelda (Legnisa jangidan 2 kun o‘tgach) vengrlar Shayo yaqinida magiubiyatga uchradi. Pesht mo‘g‘ullar tomonidan egallanib vayron qilindi, aholisi qilichdan o‘tkazildi.
Kadan boshliq mo‘g‘ul qo‘shinlari bo‘lsa qator janglardan so‘ng Varadin, Arat, Pereg, Yegres, Temeshvar, Dyulafexervar kabi punktlarni cgnlladilar.
1241-yiIning aprelida mo‘g‘ullar qo‘shini Slovakiyaga hujum qildi. Ular (i'arbiy Slavakiyaga Polsha orqali, Moraviyaga Grozenkovskiy dovonlari orqali kirib kelib, shu yilning dekabrigacha Slovakiyani talon-taroj qildi. Keyin ular Dunaydan o‘tib Botu qo‘shinlariga qo‘shildi. Sharqiy Chexiya hududlarida qisqa vaqt harbiy yurishlar uyushtirgan mo‘g‘ullar tezda ortga qaytadi. Chex qiroli Vaslav boshchiligidagi 40 ming kishilik qo‘shinga qarshi liormaydi va arbga boigan yurishini shu yerda to‘xtatadi.
Mo‘g‘uliarning asosiy zarbasiga uchragan Vengriyada mo‘g‘ullarga Hiirshi oddiy xalq jasorat bilan kurashdi. Manbalarda, Cheraxazda kurashgan ilchqonlar otryadi haqida gap borib, unga Lanka Chiroyli ismli qiz boshliq bo‘lganligini, bu otryad magiubiyatga uchratilgach u asirga tushishini Mililamay o‘zini o‘tkir qilich bilan oidirganligi aytiladi. Bu vengr xalqining bosqinchilarga qarshi kurashidagi bir misol. Umuman vengrlar yerlarini egaliashda mo‘g‘ullar juda katla talofat ko‘rdi. Plano Karpinining qayd etishicha. Guyukxon qarorgohida Vengriyada halok bo‘iganlarga atalgan maxsus maqbara (qabriston) bo‘lgan. Shu ma'lumotning o‘zi ham mo‘g‘ullarning Yevropaga yurishlari katta yo‘qotishlar hisobiga bo‘lganligini ko‘rsatib turibdi. Mo‘g‘ullarning Yevropadagi yurishlarining so‘nggi nuqtasi Adriatika sohiligacha borib yetdi. U yerda mo‘g‘ullar Zagrebni, yepiskoplik shaharlari bo‘lgan Svach, Drivasto, Katorralarni qo‘lga kiritdi. Kadan boshliq mo‘g‘uliarning oxirgi otryadlari 1242-yil bahoriga kelib orqa yo‘nalishga qaytdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |