Chingizxon — mo‘g‘ullar davlatining asoschisi
Temuchin, bo‘lg‘usi Chingizxon ayrim tarixiy manbalarda 1162-yilda. yana ayrimlarida 1155-yilda tug‘ilgan deb ko‘rsatiladi. U tug‘ilgan vaqtda otasi Yesugey- bahodir tatarlar yo‘tboshchisi Temuchin-ugeni mag‘iub etgani sabab, o‘z o‘g‘Iiga o‘sha mag‘lub dushman nomini beradi.
Yesugey (Isu-gey) garchi qabiia boshlig‘i hisoblanmasada, lekin janglardagi ntoxirligi va jasurligi sabab unga «bahodir» maqomi berilgan. Uning qo‘l ostida o‘zi mansub kivat-bordjigin urug‘idan tashqari yana bir qancha mo‘g‘ul urug‘lari boigan. Yesugeyning uch aka - ukasi bo‘Iib, ularning otasi Bartan - Bahodir boigan. Bartan - Bahodir mashxur Qabul - xonning o‘g‘illaridan biri boigan.
Tcmuchin 9 yoshga yetganda otasi uni qo‘ng‘irot qabilasiga Dey-sechen oilasiga uning qizi Borteni o‘z o‘g‘iiga kelin qilish maqsadida maium inuddatga (o‘sha davrda mo‘g‘ullar orasida bu odatga aylangan edi) qoldirib keladi. Ammo qaytishda Yesugey tatarlar tomonidan zaharlanib o‘ldiriladi.
Otasining oiimidan so‘ng uning qo‘l ostida bo‘Igan barcha ulusi a'zoIari tarqalib ketadi. Uzoq qiyinchiliklardan so‘ng Temuchin o‘z hokimiyatini o‘rnatish uchun kurashga kirishaci. Shu maqsad yo‘lida u bir vaqtlar otasi bilan anda (birodar yoki aka-uka) tutingan kereitlar qabilasining xoni Tooril (Vanxon nomi bilan ko‘proq mashxur) bilan ittifoqqa kirishadi. 1184-yilda nierkitlar qabilasi Temuchinga hujum qilib uning xotini Borteni asirga olganda uning ittifoqi qo‘l keladi. U Vanxon yordamida, shuningdek jarjirat qabilasidan boigan yoshlik davrlarda «anda» tutingan Jamuxa bilan birga merkitlarga zarba berishga erisha oldi.
Bu g‘alabadan so‘ng Temuchinning ta'siri oshib, ilgari tark etgan otasining ulusi qaytib kela boshlaydi. Hokimiyatga asosiy da'vogarlar bo‘lgan Temuchin hamda Jamuxa o‘rtasidagi «anda»chilik bir yarim yil davom etdi. 1189-yilda Temuchin jurkin qabilasidan Sacha-beki, Xucharbek, Vltan (Xutulaxonning o‘g‘li) tashabbusi bilan xon dcb eion qilinadi. Garchi l emuchin Xobulxon avlodiga to‘g‘ridan — to‘g‘ri mansub boimasada (shu hoisdan u kiyat borjigin urug‘idan hisoblanadi, ya'ni xon urug‘iga mansub emas edi) lekin uning uddaburonligi va o‘sha vaqtlardagi real kuch-qudrati sabab Xabulxonning to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviodi hisoblangan Altanning emas, aksincha uning xon qilib ko‘tarilishiga olib keladi (bu jarayonda Altan ham unga o‘z tobeligini izhor qiladi).
Temuchin xon qilib ko‘tarilganligiga garchi kereitlar xoni Tooril salbiy munosabat bildirmagan bo‘lsada, Jamuxaga bu hol ma'qul tushmaydi. Jamuxaning kichik ukasi Taychar yilqilarni o‘g‘irlash vaqtida Temuchin qo‘l ostidagilardan biri tomonidan o‘ldirilganligi bahonasi bilan Jamuxa o‘z andasiga qarshi urush boshlab uni mag‘lub etishga erishadi.
Lekir. bu g‘alaba Jamuxa foydasiga yurmadi. Uning qo‘l ostida bo‘lgan urud, mangut, xonxotan qabilalari o‘z yo‘lboshchisi bilan Temuchin tomoniga o‘tib ketdi.
Bu orada 1194-yilda naymanlar yordamida Erxe Xaara o‘z akasi Toorilni taxtdan tushiradi. Uzoq sargardonlikdan so‘ng Tooril 1196-yilda Temuchindan yordam so‘rab, Mo‘g‘ulistonga qaytib keladi. 1197-yiIda Temuchin merkitlar xoni Toktay bekiga zarba berib, qo‘lga tushgan o‘ljalarni hammasini Toorilga beradi va uning yana xonlik taxtini egallashiga ko‘maklashadi.
1198-yilda Xitoydagi chjurchjenlar imperatori Madagu (1190-1208) o‘z generali Vanyan Syanni Xitoy vassali hisoblangan tatarlar qo‘zg‘olonini bostirish uchun Mo‘g‘ulistonga yuboradi. Qo‘zg‘olonni bostirish uchun xitoylik general Toorilga yordam so‘rab murojaat qiladi. Tooril Temuchin bilan birga tatarlarga sezilarli zarba beradi. Bu xizmatlari evaziga Vanyan Syan Toorilga «Van» (shundan boshlab «Vanxon») Temuchinga «Jautxuri» (buyuk amir yoki qo‘shinlarning oliy qo‘mondoni) unvonini beradi.
1199-yilda nayman taxtiga talashib Tayanxon bilan kurashayotgan Buyurukka (ular aka-ukalar) qarshi Vanxon va Temuchin urush boshlaydi. Hali urush nihoyasiga yetmasdan Jamuxaning nayrangiga ishongan Vanxon ertasi kuni jangga kinnasdan, o‘z ittifoqchisini tark etadi. Lekin Tayanxon tomonidan o‘z inisiga yordam berish maqsadida yuborilgan Koksu-Sobrak boshchiligidagi qo‘shin Temuchinni emas, jangga kirmagan Vanxon qo‘shinlarini ta'qib etib, ularga talofat yetkazadi. Vanxon o‘zi «sotgan» Temuchindan yana yordam so‘rashga majbur bo‘ladi. Naymanlarning kuchli raqib ekanligini tushungan Temuchin o‘zining to‘rtta lashkarboshilarini yuborib, jangni o‘z tomoniga yakunlashiga erishadi. Temuchin 1200-yillar atrofida o‘ziga va Vanxonga qarshi tuzilgan bir qancha qabilaiar birlashmalarini alohida-alohida mag‘lubiyatga uchratadi.
1201-yilda Kann va Argun daryolari oralig‘idagi qurultoyda Jamuxa Temuchinga qarshi tuzgan qabilalarning kuchli ittifoqi, tomonidan xon deb e'lon qilinadi va unga «gurxon» degan unvon beriladi. Vanxon bilan birga harakat qilganligi natijasida garchi Temuchin jangda yaralangan bo‘lsa ham. ammo ittifoqchi dushmanlardan ustun keladilar.
1198-yildagi mag‘lubiyatdan so‘ng tatarlarning kuchi zaiflashgan bo‘lsada, ammo ular hamon katta to‘rt qabiladan: aluxay, dutaut, alchi, chagandan iborat edi. 1202-yiida Temuchin tatarlar ustiga yurish qilib, ularni yana mag‘lubiyatga uchratdi.
O‘sha yili aka-uka naymanlar Tayanxon va Buyurukxon boshchiligidagi qabilalar ittifoqi qo‘shinlari Temuchinga qarshi birlashdilar. Biroq ular urushni oxirigacha yetkazmaydi.
Qabila xonlari o‘rtasidagi Mo‘g‘ulistondagi oliy hokimiyat uchun urush ertami, kechmi Vanxon va Temuchinni bir-biriga to‘qnashtirar edi, 1199- yilda naymanlar ustiga yurishdan so‘ng Temuchin o‘rtadagi munosabatlarni nikoh bilan mustahkamlashni taklif qilgarida Vanxon bunga rad javobini beradi. o‘rtadagi to‘qnashuvlardan Jamuxa yana o‘z hisobiga foydalanib qoladi, Vanxonning o‘g‘li Sangunni Temuchinga qarshi urushga ko‘ndiradi.
1203-yilgi bo‘lgan to‘qnashuvda (bu paytga kelib Temuchin qo‘l ostida bo‘lgan bir qancha urug‘ yetakchilari o‘z safdoshlarini olib Sangun taraflga o‘tib ketgan edi) Temuchin mag‘lubiyatga uchraydi. Shu yilning kuzida lemuchin bor qo‘shini bilan kereitlarga to‘satdan zarba berib, ularni yengishga erishadi. Vanxon Tayanxon harbiy askari tomonidan o‘ldiriladi, o‘g‘li Sangun uyg‘ur xonligida halok bo‘ladi.
Jindi Temuchinning oldida yana bitta qudratli raqib nayman qabilalari ittifoqi xoni-Tayanxon qolgan edi. Temuchin tarafidan bo‘ladigan xavfni sezgan Tayanxon o‘z atrofiga raqibidan talofat ko‘rgan qabilalami to!playdi.
1204-yil bahorida Temuchin naymanlar bilan to‘qnashuvdan oldin qurultoy chaqirib, 45 ming atrofidagi qo‘shinni safarbar qiiishga erisha oladi. Nayman xoni qo‘shinlarining umumiy soni 50-55 ming atrofida bo‘lsa ham o‘rtadagi langdan so‘ng naymanlar mag‘Iub etiladi. Tayanxon yaralanib halok bo‘ladi, uni o‘g‘li Kuchluk Oltoyga amakisi Buyurukxon huzuriga qochib ketadi. lemuchin o‘sha vaqtlargacha nayman xoni kotibi bo‘lganfTatatunani o‘z xizmatiga oladi. o‘sha yili Temuchin tatarlarga yana bir bor zarba berib, Inircha tatarlarni (ayollar va bolalar bilan birga) qatl qilishga buvruq beradi. Lckin xonning tatar xotinlari Yesuy va Yesugan, ukasi Djuchi-Xasar va bir quncha kishilar bir necha ming jonini asrab qoldi. 1206-yiIda naymanlar sardori Buyuruk Temuchin qo‘shinlaridan magiubiyatga uchradi. Jamuxa bo‘lsa 1207-yillar atrofida o‘z safdoshlari tomonidan Temuchinga tutib berildi.
Naymanlaming mag‘lubiyati va Jamuxaning asir tushishidan keyingi mo‘g‘ul xalqlari davlatini Chingizxonning ko‘chmanchi imperiyasi deb atash mumkin. «o‘rmon xalqlari» va boshqa mayda qabilalari hech qanday mehnatsiz alohida mo‘g‘ul sardorlari bo‘lib oldilar. Rashid ad-dinning ma’lumotiga ko‘ra bu nomni Temuchin naymanlami tor-mor qilgandan keyin olgan. o‘rxun yozuvlarida shunday so‘zlar bor: «Oddiy xalq qomi yemakka~egni kiyimga yolchimagan bechora xalq xoqonning mehnat va qaxramonligi bilan kambag‘al edi - boy boidi, kam sonli edi, ko‘paydi».
Mo‘g‘uliston hududidagi barcha kuchli raqiblarini yengib, mo‘g‘ul davlatlaridagi yagona qudratli yo‘lboshchiga aylangan Temuchin 1206-yilda Onon daryosi bo‘yida barcha mo‘g‘ul qabilalari aslzodalari ishtirokida qurultoy chaqiradi. o‘sha qurultoyda Temuchin barcha mo‘g‘ul qabilalarining xoni deb eion qilinadi va unga Chingizxon nomi beriladi. «Chingiz» so‘zi xitoy tilidagi Tyan szi-«osmon o‘gii» so‘ziga to‘g‘ri keladi. Uyg‘ur yozuvini qabul qilish mo‘g‘ul tilidagi adabiyotlami begona tillarga tatjima qilish maqsadida ham antalga oshirilgan. Imperiyaning aristokratik qurilishi ruhidagi oddiy qonunlar va xronikalari Chingizxon yoki uning o‘g‘illari tomonidan tuzilib, qattiq sir saqlangan va faqat xon urug‘idan boiganiarga hamda yaqin xizmatchilargagina ochilgan.
Chingizxonning o‘z hokimiyatini o‘matish uchun olib borgan 20 yildan ortiqroq vaqt davomidagi to‘qnashuvlari, kurashlari uning keyingi harbiy yurishlarida qaysidir ma'noda tajriba vazifasini o‘tadi deb aytishimiz mumkin. Qolaversa, Chingizxon dastlab xon sifatida eion qilinganidan boshlab (1189-yiIda) asta-sekinlik bilan oddiydan murakkabga qarab davlat apparatini shakllantirib bordi. 1206-yilga kelganda Chingizxon o‘z huzuridagi amaldorlarning qaysi funksiyani boshqarish qobiliyatiga qarab lavozimlarni bo‘lib berishi, yagona mo‘g‘ul davlatida davlatchilik tizimining shakllanib ulgurganligini isboti edi. Chingizxonning davlati o‘nlik tizim asosida shakllantirilgan harbiy feodal davlat edi. Davlatning barcha hududi va aholisi 3 ta katta okrukga - o‘ng va chap qanot hamda markazga bo‘lingan edi. Bu okruglar o‘z navbatida «tuman»larga (har birida 10 ming kishidan), tumanlar bo‘lsa «minglik», «yuzlik», «o‘nlikka» bo‘lingan edi. Bu birliklar tepasiga Chingizxonning yaqin safdoshlari - nuker va noyonlar tayinlandi. Masalan,
nuker Xubilayga umumiy harbiy ishlar bilan shug‘ullanish topshirildi. Borgu o‘ng qanot, Muxali chap qanot, Nayaa markaz noyon - tuman boshliqlari qilib tayinlandi. Djebe, Subedey singari xonning jasur navkarlari mingboshilarga aylandi. Shu kabi yuzlar, ming va tuman boshliqlari bo‘lgan noyonlar saroydagi feodal singari ma'lum miqdorda yer va qaram kishilarga ega bo‘lib, ayni vaqtda shaxzodalarga taqsimlangan uluslar bo‘yicha shu ulus xo‘jayiniga birinchi navbatda vassal edi Ularning vassailik munosabatiari faqat kerakli miqdordagi harbiylarni ot-ulovi va aslahalari bilan safarbar etish bilan belgilanib qolmaydi, balki ular yana turli xil feodal majburiyatlarni ham o‘tashlari kerak edi. Shu holatda mintaqaga xos bo‘lgan davlat tizimining shakllantirilishi Chingizxonga kerakii vaqtda katta miqdordagi harbiylarni tez fursatda safarbar qilish imkonini beraredi.
Bu tizimga Chingizxon o‘z shaxsiy gvardiyasini qo‘shimcha sifatida qo‘shishi uning o‘z hokimiyatini yanada mustaxkamlashga olib keldi. Hali Temuchin Chingizxon sifatida ko‘tarilmasdan turib 80 ta kebteul (tungi soqchilar) va 70 ta keshiktenlar (kunduzgi soqchilarjdan iborat baquwat va kuchli askarlardan tuzilgan qorovul qo‘shinlari hokimiyat uchun harakat qilayotgan xonlarga qarshi kurashda muxim tayanch bo‘lib xizmat qilardi. I axtga o‘tirgach, Chingizxon bu gvardiya sonini 10 mingga yetkazdi.
«Keshik» askarlari 95 «minglik»dan saralanib olingan. Aslida «keshik» ma'nosi «navbat», «almashinuv»ga to‘g‘ri keladi. Bu gvardiya asosan xon qarorgohini qo‘riqlagan. Faqat xonning o‘zi yurishga otlangandagina ular liarbiy yurishlarda ishtirok etishgan. Ularning martabasi boshqa qo‘shin qo‘mondonlari martabasidan yuqori turgan. Ularga hatto xon huzuriga o‘z ollari bilan kirish imkoniyati berilgan.
Davlatda sud ishlarini boshqarish asli tatar bo‘lgan Shiki Xutuxuga topshirildi. Tayanxon boshliq naymanlar mag‘lubiyatidan so‘ng Chingizxon xizmatida bo‘lgan Tatatuna davlatning "devonxona" ishlarini olib borgan, undan tashqari xon muhri saqlovchisi ham bo‘lgan.
Oddiy xalqni boshqarish uchun Chingizxonga bilimli kishilar kerak edi, mnmo u mo‘g‘ullar orasidan bunday kishilarni topa olmadi. Chunki doimiy urushlar tufayli ish boshqarishga yaroqli kishilarni-uyg‘urlar. musulmonlar va xitoyliklardan olishga majbur bo‘ldi. Bizgacha yetib kclgan zamondoshlarning ma'lumotiga qaraganda, Chingizxon umrining nxirigacha mo‘g‘ul tilidan boshqatilni bilmagan ekan.
Chingizxon o‘z umri davomida bir necha tillar biladigan va ichki nindaniyatni o‘rgangan yigitlarni tayyorlagan bo‘lsada, mo‘g‘ul hukmronligi baribir ko‘p joyiarda uyg‘ur, fors va xitoylar yordamidagi suyanishga majbur bo‘lardi. Imperiya birligi uning asoschisi tirik payti o‘sib ulg‘aygan kishilar boshqargan vaqti ya'ni, uning oiimidan keyin 30 yil yashadi. Chingizxon o‘zining 72 yillik umri davomida o‘ziga aqlli yosh zamondoshlaridan yordamchilar tanlab oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |