Xi-xv asrlarda Fransiya Qarshi davllat universiteti



Download 30,78 Kb.
Sana26.02.2022
Hajmi30,78 Kb.
#468665
Bog'liq
020-1 guruh Qurbonnazarova


XI-XV asrlarda Fransiya
Qarshi davllat universiteti
Tarix fakulteti Tarix yo`nalishi
020-1 gurux talabasi Qurbonnazarova
O`g`iloy
Kalit so`zlar: marhumning qo`li, shevaj, qirol domeni, Albigoy urushi, balyaj va seneshallar, Lyudovik IX, Fransiyaning oltin asri, “ Bryugge saharligi”. “ Shporlar jangi”, toifalar, General shtatlar, papa Bonifatsiy VIII, yuz yillik urush, feodalizm, Sena, Laura, qishloq xo`jaligi, senyorlar, uch dalali almashlab ekish , “Sali haqiqati”, Parij qo`zg`oloni, Jakeriya, Breteindagi sulx, Karl V ning islohotlari, Janna d`Ark, Orleon qizi, mamlakat birlashuvi.
Annotatsiya
Insoniyat tarixida feodal jamiyatidek shaxsiy erkinlik vakolati cheksiz darajadagi jamiyat bo`lmagan. O`rta asrlar feodal huquqlarining umumiy talablariga bo`ysungan vassal o`z xo`jayinidan boshqa xech kimni tan olmas edi. Kelishmovchiliklarning yagona va uzil-kesil yechimi urush xisoblanardi. Fransiya qirollari feudal urushlarini jilovlash va ma`lum qonun qoidalar doirasiga solishga urinishgan. Ushbu davrda Fransiyada qishloq xo`jaligi o`sdi, shaharlar rivojlanib savdo- sotiq gurkirab rivojlandi. Jamiyat hayotida feodallar va toifa vakillari faollashdi. Qirol hokimyati kuchayib mamlakat umumbirlashuviga erishildi.
Odatda Fransiyani klassik feodalizm vatani deb atashadi. Bu undagi yer egaligi munosabatlari o`zining yakuniy, tugallangan ko`rinishini olganligiga urg`u berilishidadir. Fransiyada X asr oxiriga kelganda jamiyatning hukmron feodal- zodagonlar toifasi son jihatida o`sib , qator tabaqalarga bo`lingan. Yirik senyorlar tabaqasi aksari karolinglar davri seyorlari avlodlari bo`lsa ulardan ajralib chiqqan yon shoxlari e`tiborga molik darajadagi o`rta zodagonlar toifasini tashlik topgan mayda zodagonlar ham talaygina bo`lgan. XI asrdayoq zodagonlar toifasi o`z saflarini to`ldirib turgan boshqa tabaqalardan ajralib, unga mansublik tug`ilganidan belgilangan imtiyozli guruxga aylanadi. Feodallar deyarli barcha yerlarining yagona hukmdoriga aylanib, bu holat o`z aksini jamiyat hukmron huquqiy me`yor “senyorsiz yer yo`q” matalida topadi. Feodallar toifasining uzil- kesil shakllanganining muhim ko`rsatgichi ular orasida shoxsupaning shakllangani eng quyi “bir qalqonli” vassal bo`lmagan ritsarlardan 3-4 pog`ona tepada turadigan boy senyorlar, ulardan yuqorida Normandiya, Bretan, Burgundiya, Akvitaniya gersoglari, Shampan graflari darajalari bo`lgan. Fransiya zodagonlari ierarxiyasini “ vassalimning vassal mening vassalim emas” huquqiy me`yori aniq ifodalangan. Ushbu me`yor markaziy hokimyat tazyiqidan himoya qilib, toifaning ichki mustahkamligini ta`minlasa-da, siyosiy tarqoqlikka olib boruvchi asosiy omillardan biri bo`lgan. Qaram dehqonlar toifasining shakllanishi birmuncha sustroq kechsa-da, u ham XI asrda o`z yakuniga yetadi. Bu paytga kelib yer va shahsiy qaramlikdagi dehqonlarning ko`pchiligi servlar bo`lib qoladi.
Ishlab chiqarish kuchlarining yuksalishi qishloq xo`jaligi ekinlari mahsulotlarini oshirdi. Temirdan yasalgan mehnat qurollari, yerni 4 martagacha shudgor qilish, qishloq xo`jalik ishlarda otlardan foydalanish, yerga ishlov berishni yaxshilab, hosildorlikni oshirdi. Mamlakat shimolida uch dalali almashlab ekishning joriy etilishi ham hosildorlikni oshishini ta`minlaydi. Yangi hududlarni o`zlashtirish, qishloqlarga asos solinishi, umuman ichki kolonizatsiya Fransiya Evropada yetakchilik qilgan. Yangi yerlarga ko`chib o`tgan dehqonlar (gospitlar) yerdan foyadlanishda servlarga nisbatan ko`proq imtiyozlarga ega bo`lgan. Ular barshchina o`tamasdan shaxsiy ozod dehqonlar sifatida unchalik og`ir bo`lmagan mahsulot yoki pul solog`ini to`laganlar. Fransiyada XII-XIII asrlarda senyorlar o`zlari xo`jalik yuritadigan domenlarini ham ijaraga bera boshlaydi. Mehnat majburiyati mahsulot solig`I bilan almashtiriladi.Ishlab chiqarish yuksalishi shaharlar rivojlanishini tezlashtiradi. Bordo, Lion, Marsel, Nim, Puate, Parij, Ruan va boshqalar X asrdan yuksala boshlaydi. Fransiyaning janubidagi shaharlar juda erta XI- XII asrlardayoq gullab- yashnagan. Unga ushbu shaharlarning O`rta yer dengizi savdosiga tortilishi hamda salib yurishlarida ishtirok etishi sabab bo`lgan.
Tashqi savdoda faol ishtirok etish movutchilikka ijobiy ta`sir etadi. Nim va Monpeiyedagi ishlab chiqrilagan nafis movut gilamlar tashqi savdoda muhim o`rin tutgan. Mahsulotlarni sotishdagi keng imkoniyatlar XIV asr oxirigacha ularda raqobatni cheklaydigan sex tashkilotlarining butunlay bo`lmasligiga olib kelgan. XII asrda davomida deyarli barcha shaharlarda hokimiyatyatning jamoaviy boshqaruv turi konsulat (dvoryanlar, ruxoniylar, hunarmandlar) boshliqlaridan saylangan konsullar boshqaruvi ) o`rnatiladi. Boshqaruv kata kengash tomoniudan olib borolib, u to`la huquqli ya`ni shaharda uyi mol mulki bo`lgan soliqlarni to`laydigan shaharliklardan tuzilgan. Shimoliy shaharlar tarixiy taraqqiyoti XII asrdan boshlanib , Arras, Bove,Sanlis, Amen, Nauyon, Lan va Reymslarning yuksalishi zig`irpoyq va junda gazlama to`qishning ko`payishi bilan izohlanadi. Fransiyaning shimolidagi shaharlar kommunal harakatini Kambre boshlab bergan. Shahar qator (967, 1024, 1077 yillari) urinishlardan so`ng o`z o`zini boshqarish xartiyasini oladi.XII asrdan Sen- Kanton, Bove, Nauyon, Lan, Amen, Suasson, Reyms va boshqa shaharlar erkinlika erishadilar. Siyosiy mustaqilikka erishuv shaharlarda hunarmandchilik rivojini ta`minlaydi . Xususan Fransiyaning shimoli- sharqiy hududlaridagi shaharlarda movutchlikning 25 ta hunar turiga bo`lingan. Amenda sexlarga 80ta kasb, Abbevilda 64 ta Sen- Kentenda 53 tasi birlashtirilgan. Qirol amaldori Eten Bualo XIII asrning 2- yarmida yozgan “Parij hunarlari kitobi” da 100ta sex ustavi keltirib o`tgan. Parijda sexlar soni 350 taga yetadi. Normandiyada temir, tuz, mol va movut to`qish rivoj topgan. Shampan va Burgundiyada – bo`z , movut, musallas tayyorlangan.Parijda ichki talablarga mos hunarmandchilik buyumlari ichlab chiqarilgan.
Fransiyada shaxsiy qaramlikni ifodalovchi 4 ta asosiy majburiyat: “marhumning qo`li” huquqi( yoki merosga egalik to`lovi), nikoh to`lovi ( senyor mulkidan chetga turmushga berilgani yoki uylantirgani uchun maxsus “ formaryaj” to`lov) , erkin talya to`lash va “shevaj” deb nomlangan jonboshi soliqlaridan halos bo`lmog`i lozim edi. Ayni paytda yer feudal mulki bo`lib, undan foydalangani uchun dehqon pul solig`i (senz) to`lagani sababli senzitariy deb atalsa, yerni senziva deb nomlangan.
Fransiyada ham markazlashtirish jarayonlaridan avval, qirol hokimyatining zaiflashuvi va tarqoqligi bo`lgan. Fransiyada qirolning jamiyatda tutgan mavqei XII asrga qadar og`ir kechgan . XII asrda Kapetinglar domeni Sena va Luara daryolari havzasida joylashgan bo`lib, uni Normandiya Burgundiya, Bretan gersoglari va Shampan grafligi qurshab turadi. Frasnsiyada monarxiya Angliya , Shvetsiya va Kastiliyadagi singari tayanish mumkin bo`lgan erkin dehqonlar toifasi ham bo`lmagan. Qirol hokimyati zaif bo`lgan mamlakatda 2 elatning ( janubiy langedok va shimoliy langedoyl) mavjudligi ham siyosiy tarqoqlikni kuchaytirgan. Shunga qaramasdan Fransiyada davlatni markazlashtirish jarayoni ayni shimolda boshlanadi. Bu jarayonning muhim omillaridan biri shaharlarning vujudga kelishi pul- tovar munosabatlarining rivojlanishi bo`ladi.
Fransiyada qirol hokimiyati va shaharlarning siyosiy ittifoqi vujudga keladi. Bu qirol hokimiyatini ijtimoiy jihatdan tor muholiflar feodallar siyosiy kuchlariga qarshi kurashishi sharoitida muhim hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Qirol Lyudovik IX ning ( 1226- 1270 yy) o`g`liga o`gitlarida shaharliklar bilan ittifoqni asrashni, ayni ana shu kuch monarxiya xavfsizligini ta`minlashi mumkinligi haqida vasiyat qilgani bejiz bo`lmagan.
“ Fransiya qiroli Lyudovik VI (1108-1137yy) butun umrini o`z domenida tartib o`rnatishga bag`ishladi. Umri oxirida qirol eng omadli ishlaridan birini amalga oshiradi, u 17 yoshli o`g`li Lyudovik VII (1137-1180yy) ni 15 yoshli Eleonoraga uylantiradi. Akvitaniya gersogi Gilom IX ning qo`qqisdan o`limi uning barcha yerlari qizi mulkiga va Lyudovik VII ga o`tishini ta`mijnlaydi. Lekin 1147- yili 2 –salinb yurishiga Aleonora birga olib brogan qirol uni Antioxiya qirol knyazi Raymondga rashk qilib qaytganda so`ng xotini bilan ajrashadi. Ma`lum vaqtdan so`ng Aleonora Lyudovikning ashaddiy raqibi Anjuy( Fransiyaning g`arbida) grafi Plantegentlar sulolasi vakili Genrixga turmushga chiqadi. Baxtli tasodif Genrix Normandiyalik Vilgelmning nabirasi sifatida 1154-yil Angliya taxtini egallashi bilan yakunlanadi. Natijada Ang;liya qirolining yerlari fransux qiroli Lyudovik VII nikidan ko`p bo`lgan vaziyat yuzaga keladi.”
( M. Boysov, R. Shukurov . “O`rta asr tarixi” Ma`naviyat 1995y )
Fransiya qirollari XII asr oxiriga qadar o`z domenlaridagi hokimiyatlarini mustahkamlash muammosini hal etadilar. Shuning uchun markazlashtirish 2 bosqichda : dastlab viloyatlarni, so`ng umumdavlat tashkilotlarini shakllantirishga qaratilgan. XII asr boshlari qirol hokimyatining kuchayishida hal qiluvchi davr bo`ladi. Lyudovik VI (1108-1137 yy) va uning kontsleri – abbat Sugeriy qirol domenidagi o`zboshimcha senyorlar: Montleri, Pyuiza, Tomas de Marllar qarshiligini sindiradilar. Filip II Avgustin (1180- 122 yy) boshqaruvi davomida qirol domeni sezilarli darajada kengayadi. U Fransiyaning asosiy raqibi ingliz qiroliga qarshi kurashni boshlaydi. O`tkir siyosatchi va diplomat Filip II ingliz qirolining vassalik majburiyatlarini buzganidan foydalanib unga qarshi kurash boshlaydi. U Planegentlarning Fransiyadagi yer – mulklarini musodara qiladi. 1202-1204 yy FilipII “ ingliz tojining marvaridi” Normandiyani tortib oladi. 1214-yili Larosho Muan va Buvine janglarida FilipII qo`shini nglizlarning lashkarini tor- mor etadi. Janubdagi ziddiyatlar shaharlarning iqtisodiy yuksalishi ularning siyosiy mustaqilligi sababli vujudga keladi. Bu jarayon XII asrning 40- yillarida g`oyaviy kurash valdenslar va qatarlar daxriyligi tarzida namoyon bo`ladi. Daxriylik xarakati keng tus olgan shahar Albi shahri bu xarakatning “ Albigoy daxriyligi” nomini olishiga sabab bo`lgan. Tez orada bu feudal;arga va katolik cherkoviga qarshi xalq xarakatiga aylanadi.
Shaharliklar va dehqonlar albigoychilik xarakatining asosini tashkil etgan. Xarakatga ritsarlar va zodagonlarning bir qismi ham qo`shilgan. Muhimi janubdagi xarakatlar bu jarayonga qirol hokimiyatining aralashuvga qulay bahona yaratdi. Papa Innokentiy III 1209- yil albigoychilarga qarshi fransuz ritsarlarining salib yurishini tashkil qiladi . Salibchilarga Simon de Monfor boshchilik qiladi. Beze shaxri qiyinchilik bilan olinadi. Simon de Monfor halok bo`lgach kurashga Fransiya qiroli Lyudovik VIII ( 1224- 1226yy) qirol Tuluza graflini o`z domeniga qo`shib 1229-yil O`rta yer dengizi sohilidagi yerlarni ham egallaydi. Albigoychilarning so`ngi tayanchi Montsegyur qal`asi 10 oylik qamaldan so`ng 1224- yil olinib unda qolgan 200 daxriy qatl etiladi. Lekin Akvitaniya Angliya hukmdorlari qo`lida qoladi.
Download 30,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish