ONA TILI
(haftasiga 2 soatdan jami 68 soat, B1+: 102 soat)
O‘quvchilarning o‘quv faoliyatiga qo‘yiladigan talablar:
tinglangan matn, ko‘rilgan lavhadagi asosiy axborot, voqea-hodisalarni tushunadi; mavzuga oid mashq va topshiriqlarni orfoepiya qoidalariga rioya qilgan holda o‘qiydi;
fikrini to‘g‘ri bayon qiladi, urg‘uni to‘g‘ri qo‘yadi;
180-200 so‘zdan iborat diktant yozadi; o‘rganilgan mavzular doirasida
30-35 gapdan iborat mantiqan izchil, ijodiy matn (bayon, insho) yozadi;
fikr ifodasida husnixat imlo va uslubiy qoidalarga amal qiladi, tinish belgilaridan o‘rinli foydalanadi;
ish qog‘ozlaridan bayonnoma, tavsiyanoma yozadi;
о‘zbek tilining bugungi taraqqiyotini izohlaydi;
nutqiy muloqot va nutq madaniyati. Madaniy nutq va uni shakllantiradigan asosiy sifatlar, nutqning to‘g‘riligi va aniqligi, mantiqiyligi, sofligi, boyligi, jo‘yaliligi, ifodaliligini farqlaydi va yozma nutq ifodasida foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |