XI BOB. YO‘LOVCHILAR AVТOVOKZALLARI VA AVТOSТANSIYALARI
Тayanch so‘zlar va iboralar: avtovozkal, avtostansiya, kassa zali, avtovokzal va avtostansiyaning yo‘lovchilarni qabul qilish imkoniyati, kassa punkti, avtotransport vositalarini jo‘natish, axborot ishlari, avtovokzal, avtostansiya tarxlari, ona va bola xonasi, kutish zali.
11.1. Asosiy tushunchalar
O‘zbekiston Respublikasining “Avtomobil transporti to‘g’risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagaj tashish qoidalarini hamda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish xavfsizligini taminlashga doir talablarni tasdiqlash haqida”gi 482-qarorida belgilangan tushunchalar va atamalar bilan birgalikda mazkur Nizomda quyidagi tushunchalar va atamalar qo‘llaniladi:
avtovokzal – yirik shaharlarda xalqaro, shaharlararo va shahar attrofi yo‘nalishlariga xizmat ko‘rsatuvchi, xodimlarni joylashtirish va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishga, haydovchilarni qatnov oldi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga mo‘ljallangan zarur xizmat, ijtimoiy-maishiy va sanitariya-gigiyena inshootlariga ega bo‘lgan, ichki transport xududi, yo‘lovchilar avtobuslarga chiqariladigan va tushiriladigan perronlarni hamda avtotransport vositalarini qabul qilish va jo‘natish uchun perronlarni, qatnovlar o‘rtasida avtotransport vositalari to‘xtab turadigan maydonchalarni, harakatlanadigan tarkibni texnik ko‘rikdan o‘tkazish va supurib-sidirish postlarini hamda shahar transporti kirib kelishi va to‘xtab turishi uchun mo‘ljallangan vokzal oldi maydonini o‘z ichiga oluvchi inshootlar majmui;
avtostansiya – shaharlararo va shahar atrofi yo‘nalishlariga xizmat ko‘rsatuvchi, avtobuslarni qabul qilib olish va jo‘natish, yo‘lovchilarni avtobuslarga o‘tkazish va tushirish, xizmat ko‘rsatish va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni joylashtirish, haydovchilarni qatnovdan oldin tibbiy ko‘raikdan o‘tkazishga mo‘ljallangan, sanitariya-gigiyena inshootlari, qatnovlar o‘rtasida avtotransport vositalari to‘xtab turadigan maydonchalar bilan jihozlangan liniyali inshoot;
kassa punkti – yo‘lkira chiptalari sotish va yo‘lovchilarga ma’lumotnoma-axborot xizmatlari ko‘rsatishga mo‘ljallangan inshoat;
avtotransport vositalarini jo‘natish – belgilangan yo‘nalish bo‘yicha avtovokzallar, avtostansiyalardan avtotransport vositalarini yo‘lovchilari bilan qatnovga jo‘natish;
kassa zali – zarur kassa apparatlari (kompyuterlar) va ma’lumotnoma – axborot ma’lumotlari bilan jihozlangan yo‘lovchilarga chipta sotadigan kassirlarning ishlashi uchun mo‘ljallangan joy;
yo‘lovchilar oqimi – vaqt birligida muayyan yo‘nalishda haqiqatda tashiladigan yo‘lovchilar soni;
avtovokzal, avtostansiyaning yo‘lovchilarni qabul qilish imkoniyati – mavjud texnika bilan jihozlanganlik va amaldagi texnologiya jarayonida bir sutkada avtovokzal, avtostansiya jo‘natishi mumkin bo‘lgan avtotransport vositalarining eng ko‘p soni.
Avtovokzallar, avtostansiyalar shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro avtomobil qatnovi yo‘nalishlarida yo‘lovchilar tashish harakatiga tezkor rahbarlik qilish maqsadida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish uchun shaharlar, aholi yashash manzillari va avtomobil yo‘llari trassalarida, yo‘lovchilar to‘planadigan va oxirgi to‘xtash manzillarida tashkil etiladi.
Har bir avtovokzal va avtostansiya avtovokzalning toifasi va avtostansiyaning darajasini tavsiflovchi o‘z pasportiga ega bo‘lishi kerak. Pasportni olish uchun avtovokzal, avtostansiyani tashkil etuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’yekt, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligiga mazkur Nizomga ko‘ra talab etilgan shakl bo‘yicha ariza beradi, unga quyidagilar ilova qilinadi:
a) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g’risidagi guvohnomaning nusxasi;
b) avtovokzal, avtostansiya tarxlari:
avtovokzal uchun ma’muriy binoning tarxi, avtostansiya uchun xizmat xonalarining tarxi;
yo‘lovchilar avtobuslarga chiqariladigan maydonchalar ko‘rsatilgan holda umumiy tarx;
c) avtovokzal, avtostansiyaning qisqacha tavsifi. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligiga tegishli ariza berilgan kundan boshlab 15 kun mobaynida mazkur Nizomga ko‘ra talab etilgan shakl bo‘yicha pasport beradi yoki pasport berishni rad etadi.
Agar ariza beruvchi tomonidan mazkur Nizomda keltirilgan hujjatlar taqdim etilmasa, yohud agar arizada ko‘rsatilgan avtovokzal mazkur Nizomdagi avtovokzallarga qo‘yiladigan talablarga muvofiq bo‘lmasa, avtostansiya arizada ko‘rsatilgan eng kam darajali avtostansiya klassiga qo‘yiladigan talablarga muvofiq bo‘lmasa, pasport berish rad etilishi mumkin. Boshqa sabablarga ko‘ra rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ariza beruvchi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining sabablari ko‘rsatilgan rad javobidagi mulohazalar bartaraf etilgandan keyin pasport olish uchun tegishli hujjatlarni takroran taqdim etishga haqlidir.
Pasportda ko‘rsatilgan avtovokzal, avtostansiya tavsifi o‘zgargan taqdirda yangi pasport beriladi. Bunda yangi pasport olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligiga oldin berilgan pasport va avtovokzal, avtostansiyaning tegishli tavsifi o‘zgarganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar ilova qilingan holda ariza beriladi. Yangi pasport mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda beriladi.
11.1.1-rasmda “Toshkent” avtovokzali va Xorij davlati avtovokzali (avtostansiyasi)ning umumiy tashqi ko‘rinishi keltirilgan.
a)
b)
11.1.1-rasm. Avtovokzal, avtostansiyaning umumiy tashqi ko‘rinishi.
a) “Toshkent” avtovokzali; b) Xorij davlati avtovokzali (avtostansiya)
Do'stlaringiz bilan baham: |