Xi bob. Yo‘lovchilar avтovokzallari va avтosтansiyalari тayanch so‘zlar va iboralar


Avtovokzallar, avtostansiyalarning axborot xizmatini



Download 0,79 Mb.
bet5/6
Sana31.03.2023
Hajmi0,79 Mb.
#923566
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ЙТЗТ 11.1-мавзу

11.5. Avtovokzallar, avtostansiyalarning axborot xizmatini
tashkil etish
Axborot ishlari yo‘lovchilarning avtotransport vositalarining qatnoviga tegishli masalalardan tezlikda va aniq xabardor bo‘lishini nazarda tutadi.
Yo‘lovchilarga axborot berish quyidagilar orqali amalga oshirilishi mumkin:
a) avtovokzal, avtostansiya binosiga sxemalar, jadvallar, telema’lumotlar ko‘rinishida joylashtirilgan ma’lumotnomalar vositasida;
b) ikki tomonlama aloqa orqali savollarga javob berish (radio, ma’lumotnoma);
c) avtomatik ma’lumotlar berish qurilmasi;
d) shahar telefon tarmog‘i orqali ma’lumotlar berish;
e) turg’un radio uzatish tarmog’i orqali e’lon berish;
f) yo‘lovchilarning savollariga xodimlarning shaxsan javob berishi (ma’lumotnoma byurosi).
Barcha ma’lumotlar yo‘lovchilarga bepul ma’lum qilinadi.
Yo‘lovchilarning xodimlarga murojaat qilmasdan turib zarur axborotni mustaqil ravishda olishiga imkoniyat yaratish bunday ma’lumotlar berishning maqsadi hisoblanadi. Quyidagilar bunday ma’lumotlar berishning asosiy elementlari hisoblanadi:
a) mazkur avtovokzal, avtostansiya tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan avtotransport qatnov yo‘nalishlari sxemasi va avtotransport vositalari salonlaridagi o‘rindiqlarning tartib raqami;
b) platformalar va postlar ko‘rsatilgan holda avtotransport vositalari jo‘nashi va kelishi jadvali;
c) yo‘lovchilarning yo‘lkira va bagaj tashish narxi jadvali;
d) O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagaj tashish qoidalari hamda beriladigan imtiyozlar ro‘yxatidan ko‘chirmalar;
e) chipta kassalari va boshqa xizmatlarning ishi, avtobuslar jo‘naydigan va keladigan platformalarga chiqish to‘g’risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan ko‘rsatkichlar va jadvallar.
Sxemalar, jadvallar va ko‘rsatkichlarni ayniqsa yo‘lovchilarda paydo bo‘lishi ehtimoli bo‘lgan savollarga tatbiqan ularning avtovokzal, avtostansiyada harakatlanishlari yo‘nalishlarini hisobga olgan holda joylashtirish zarur.
Ma’lumotnoma byurosi zarur qo‘llanmalar va ma’lumot berish uchun zarur materiallar bilan ta’minlanishi zarur.
Radioretranslyatsiya tarmog’i orqali quyidagi masalalar bo‘yicha yo‘lovchilarga axborot muntazam ravishda berib boriladi:
a) avtobuslarning kelishi;
b) avtobusga chiqarish boshlanish vaqti (15 va 10 minut oldin) va avtotransport vositalari qatnovga jo‘nashi to‘g’risida 5 va 3 minut oldin;
c) avtotransport vositalarining qo‘shimcha qatnovlari qo‘yilishi va ularga chiptalar sotish;
d) tranzit avtotransport vositalarining to‘xtab turish vaqtlarining o‘zgarishi;
e) avtotransport vositalarida bo‘sh joylar borligi.
Radioretranslyatsiya tarmog’i bo‘yicha e’lon berish navbatchi nozimga yuklanadi. Radioeshittirish uchun jihozlangan xona mavjud bo‘lgan taqdirda ushbu majburiyatlar suxandonga yuklatilishi mumkin. Mazkur holda nozimning xonasi suxandon bilan aloqa qilish uchun jihozlangan va translyatsiya tarmog’iga ulanish uchun alohida mikrofonga ega bo‘lishi kerak.
Тransport harakati va chipta kassalarining ishlashi masalalaridan tashqari radioretranslyatsiya tarmog’idan katta yoshdagi yo‘lovchilar qarovisiz qolgan bolalar, yo‘lovchilar unutib qoldirgan ashyolar, topilgan hujjatlar to‘g’risidagi singari bir martalik e’lonlar uchun foydalaniladi.



Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish