XI.Bob. Eroziya va unga qarshi kurash
11.1.Eroziya va uning turlari
Tog’ jinslarining, tuproqning yoki boshqa bir yuzalar butligining va ularning fizik-kimyoviy
xususiyatlarining parchalanib buzilishi eroziya deb ataladi. tog’ jinslari tuproq, metall, tarmoq
eroziyalariga farqlanadi. SHuningdek, fizikaviy, kimyoviy, biologik eroziya tushunchalari mavjud bulib,
bundagi yemiruvchi kuchlar havo haroratining keskin uzgarishi, shamol, harakatdagi suv va uning
tarkibida uchraydigan ishqor va kislotalar, biologik agentlar hisoblanadi.
Hayotda antropogen, zoogen, geologik, yonbosh, tik, yer osti, chuqur, shamol, suv, chiziqli, tomchili, yul,
irrigatsiya, tekislik, daryo, qurilish, texnik, kimyoviy, transport eroziyalari uchraydi.
Antropogen (jadallashgan) eroziya - inson noturri faoliyat olib borgan maydonlarda (qishloq xujaligi
ishlari, foydali qazilmalarni qazib olish) tuproq va uning ostki qatlam gruntlarining suv va shamol kuchi
ta’sirida yuvilishidir.
Zoogen (yaylov) eroziya - yaylovlarda chorva mollarining boqilishi natijasida ularning tuyoqlari bilan
usimliklar kesilib bushagan tuproklar va utlash jarayonida yulingan utlar ostida jipsligi bushashgan utli
tuproq qatlamining shamol va harakatdagi suvlar ta’sirida kuchishi.
SHamol eroziyasi (deflyatsiya) - shamol kuchi ta’sirida tog’ jinslari va tuproq zarrachalarining kuchishi.
Suv eroziyasi - tuproq, geologik jinslar va qurilish materiallarining harakatdagi suvlar (erigan qor, yomrir
va oqar suvlar) ta’sirida yemirilishi. Suv eroziyasi yonbosh, oqim, tik, chuqur, irrigatsiya, tomchili, chiziqli,
tekislik, yer osti eroziyalariga tasniflanadi.
YOnbosh eroziya (1-rasm) daryo qirg’oqlarining yuvilishi kurinishida, oqim eroziyasi (2-rasm) oqim
suvlari ta’sirida yuza tuproqlarning yuvilishi kurinishida, tik eroziya mexanik tarkibi yengil tuproq
qatlamlaridan loyqa zarrachalarining quyi qatlamlarga yuvilishi kurinishida, chuqur eroziya suv uzanining
joyida chuqurlashishi kurinishida, irrigatsiya eroziyasi Sug’orish jarayonida tuproqning yuvilishi
kurinishida, tomchili eroziya yomrir tomchilari ta’sirida tuproq strukturasining buzilishi kurinishida,
chiziqli eroziya (3- rasm) suv oqimlari tuplanib oqadigan soylarda tuproqlarning jarlik kurinishda
yemirilishidir. Tekislik eroziyasi (4-rasm) butun maydon buylab yomrir va erigan Qor suvlari ta’sirida
tuproqlarning nisbatan bir tekis yemirilishi, yer osti eroziyasi yer osti suvlarining yotiq va tik qarakati
tufayli tog’ jinslarining buzilishi (erishi) dir.
Yonbosh eroziyaning kurinishi
Oqim eroziyasining kurinishi
. Chiziqli eroziyaning kurinishi
Tuproqning ustki hosildor qismining suv va shamol ta’sirida yuvilib yoki uchirilib ketishiga tuprok
eroziyasi deyiladi. Eroziya dehqonchilik uchun juda katta zarar keltiruvchi ofat hisoblanadi va lotincha
"erosia" degan suzdan olingan bulib, "kemirish" yoki "emirish" degan ma’noni bildiradi.
Tuproq eroziyasi tabiiy va sun’iyga bulinadi. Tuproqni kishilarning xujalik faoliyati ta’sirisiz tabiiy holda
eroziyaga uchrashi tabiiy eroziya deb, kishilarning ta’siri natijasida eroziyaga uchrashi sun’iy
(antropogen) yoki tezlashtirilgan eroziya deb aytiladi.
Tuproqning ustki unumdor (gumus) qatlami tabiiy va antropogen eroziya ta’sirida yuvilib va uchirib
ketiladi. Natijada tuproq qashshoqlashib uning tarkibi buzilib, yaroqsiz yerlarga aylanib holadi. Eroziyaga
uchragan tuproqda hosildorlik 5-10 marotaba kamayib, har xil begona utlar 2-4 marta kupayadi. SHu
sababli dunyo buyicha eroziya natijasida yiliga (L. I. Kurakova ma’lumotiga kura) 1000 mlrd. dollar zarar
kurilmoqda.
Tabiatda tuproqning tabiiy holda eroziyaga uchrash jarayonlari geologik eroziya deb yuritiladi. Geologik
eroziya bu insonning ta’sirisiz ruy beradigan jarayon bulib, bu jarayon tuproq hosil bulish jarayoni
tezligiga tengdir. Geologik eroziya yer evolyutsiyasining bir qismi hisoblanib, uni oldini olish mumkin
emas. Chunki u butun geologik davrda davom etadi.
Geologik eroziya tektonik jarayonlar tufayli ruy beradi. Tektonik jarayonlar ta’sirida toglar kutariladi,
muzlar harakat kiladi, daryo vodiylarida qator qayirlar vujudga keladi, transgressiya tufayli kup joylarni
dengiz suvi bosadi. Vaqtning utishi bilan nurash tufayli baland toglar (Qozogiston past toglari) pasayadi,
muz qaytadi, dengiz chekinadi, ular urnida asta-sekin tuproq vujudga kelib, usimliklar usadi, tuproqning
ustki qismida yana hosildor qatlam vujudga kela boshlaydi. Daryo vodiylarida esa qator qayirlar va
deltalar shakllanadi.
Tuproqning sun’iy yoki tezlashtirilgan eroziyasi yer yuzida inson paydo bulgandan sung yerlardan notugri
foydalanish tufayli ruy bera boshlagan. Tezlashtirilgan eroziya ta’sirida tuproqning ustki hosildor qismi
deyarli uchirilib, yuvilib yuq qilinadi. Bu eroziya tabiiy geologik eroziyaga nisbatan ming marotaba tez ruy
beradi.
Tezlashtirilgan eroziya dunyo buyicha dehqonchilik uchun ofat hisoblanadi. Chunki qisqa vaqt ichida bu
eroziya ta’sirida millionlab gektar tuproqning ustki hosildor qismi yemirilib hosilsiz yerlarga aylanib
holadi. Sunggi yuz yil ichida dunyoda 2 mlrd. ga hosildor tuproqlar eroziyaga uchrab ishdan chiqqan. Bu
davr mobaynida tezlashtirilgan eroziya ayniqsa, rivojlangan mamlakatlarda tez sodir bulgan. Amerikalik
olim T. Konke va A. Bertraning yozishicha, Amerika materigiga mustamlakachilar kelgandan buyon yerga
nisbatan notutri munosabatda bulish tufayli, urmonlar kesilib, tuproq hosilsiz yerlarga aylantirib
yuborilgan. Darhaqiqat, hozirgi vaqtda AQSHda eroziyaga qarshi choralar kurilishiga qaramay (L. I.
Kurakova ma’lumotiga kura) 300 mln. gektardan kuproQ yer tezlashtirilgan eroziyadan zarar kurgan.
Shuning 110 mln. gektari haydaladigan yerlarga turri keladi. Hozir har yili AKTTTda ekin dalalari va
yaylovlardan eroziya tufayli 2,7 mlrd. t Tuproqning Hosildor qismi yemirilib ketmoqda.
Tezlashtirilgan eroziya tropik rayonlarda urmonlarning rejasiz kesilishi oqibatida faol sodir bulmoqda.
Natijada, hozir Madagaskar oroli qududining 8/10 Qismi, Chili yerlarining 72% i eroziyaga uchragan.
Eroziya tufayli Xitoyda 25% tuproqning hosildor qismi yuq bulgan. Dunyo buyicha tezlashtirilgan eroziya
tufayli har kuni 3200 ga Hosildor yer ishdan chiqmoqda. Ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiyoti
natijasida ishdan chiqqan tuproq maydoni kun sayin ortib bormoqda.
Tezlashtirilgan eroziya hamdustlik davlatlari, jumladan, Uzbekistonda ham ba’zan ilror agrotexnikaga
qat’iy rioya qilinmagan hollarda, tuproqqa ishlov berish natijasida sodir bulmoqda. N. A.
Askochenskiyning hisobicha, sobiq ittifoq davlatlarida yuvilgan tuproq maydoni 60-80 mln. ga tashkil
etib, jarlar hosil bulishi tufayli 4,5 mln. ga yer ishdan chiqqan. SHamol eroziyasiga uchragan maydon
kulami 30-40 mln. gektarga yetgan. Hamdustlik mamlakatlarida qishloq xujaligida foydalanadigan yer
maydonining 9% i,
Eroziya jarayonini oldindan bashorat qilish uchun maxsus kuzatuvlar va tadqiqot ishlari amalga oshiriladi.
Jumladan, suv eroziyasini bashorat qilishda yer ma’lum nishabliklarda sun’iy yomgir hosil qilinib, tuproq
xususiyatlariga qarab qaysi bir yomgir jadalligida tuproqning yuvilishi, qaysi bir tuplangan suv oqimida
chiziqli eroziyaning hosil bulishi aniqlanib, me’yorlar belgilanadi.
Er kurrasining sugorib dehqonchilik qilinadigan joylarida irrigatsiya eroziyasi ham mavjud. Irrigatsiya
eroziyasi yerlarni notugri sugorish natijasida sodir bulib, kichik jarlar vujudga keladi va tuproq yuviladi.
Agar sugorishning ilg’or usullari qullanmasa tuproq yuvilib, dala etaklarida har xil chuqurlikda suv yuvib
ketgan izlar (jarchalar) vujudga keladi.
Uzbekistonning sugoriladigan rayonlarida 230-240 ming gektarga yaqin tuproq irrigatsiya eroziyasiga
duchor bulgan. Irrigatsiya eroziyasi tufayli tuproqning ustki hosildor qismi yuvilib, kam hosilli yerlarga
aylanib holadi. Q. Mirzajonovning ma’lumotiga kura irrigatsiya eroziyasiga uchramagan normal buz
tuproqli yerning gektaridan 30 ts paxta hosili olingan bulsa, yuvilgan buz tuproqda hosildorlik 25
tsentnerdan oshmagan.
Eroziya jarayonini oldindan bashorat qilish uchun maxsus kuzatuvlar va tadqiqot ishlari amalga oshiriladi.
Jumladan, suv eroziyasini bashorat qilishda yer ma’lum nishabliklarda sun’iy yomgir hosil qilinib, tuproq
xususiyatlariga qarab qaysi bir yomgir jadalligida tuproqning
yuvilishi, qaysi bir tuplangan suv oqimida chiziqli eroziyaning hosil bulishi aniqlanib, me’yorlar
belgilanadi.
haydaladigan yerlar maydonining 24% i eroziyaga duchor bulgan.
Uzbekiston Respublikasining tog’ va tog’ oldi rayonlari hududining 50% i sel eroziyasiga uchragan.
Sug’oriladigan zonada u yoki bu darajada eroziyaga uchragan tuproq maydoni 2,8 mln. ga.
tuproq eroziyasi natijasida yerlar kam hosilli yerlarga aylanib, qishloq xujalik oborotidan chiqib qoladi.
SHuning uchun tuproqning tezlashtirilgan eroziyasi oldini olish va yerlarimizning hosildorligini oshirib
borishimiz kerak. Chunki tuproq bu shunday tabiiy resurski, agar undan fan yutuqlariga asoslanib, ilg’or
agrotexnikani qo’llab, to’g’ri, oqilona foydalanilsa, uning hosildorligi oshib boraveradi.
Yonbagirlari tik bulgan yerlarni notugri haydash suv eroziyasi jarayonini juda ham tezlashtiradi. Qiyaligi
2-3o bulgan yonbagirlarni buylamasiga haydash, qorlarning erishi va yomgirdan vujudga kelgan suv
ta’sirida tuproq yuvilishiga sabab buladi. Shu sababli yonbagirlari Qiya bulgan yerlarni kundalangiga
haydash va iloji boricha bu yerlarga bir yillik ekinlarni kam ekish zarur.
Er kurrasining sugorib dehqonchilik qilinadigan joylarida irrigatsiya eroziyasi ham mavjud. Irrigatsiya
eroziyasi yerlarni notugri sugorish natijasida sodir bulib, kichik jarlar vujudga keladi va tuproq yuviladi.
Agar sugorishning ilg’or usullari qullanmasa tuproq yuvilib, dala etaklarida har xil chuqurlikda suv yuvib
ketgan izlar (jarchalar) vujudga keladi.
Uzbekistonning sugoriladigan rayonlarida 230-240 ming gektarga yaqin tuproq irrigatsiya eroziyasiga
duchor bulgan. Irrigatsiya eroziyasi tufayli tuproqning ustki hosildor qismi yuvilib, kam hosilli yerlarga
aylanib holadi. Q. Mirzajonovning ma’lumotiga kura irrigatsiya eroziyasiga uchramagan normal buz
tuproqli yerning gektaridan 30 ts paxta hosili olingan bulsa, yuvilgan buz tuproqda hosildorlik 25
tsentnerdan oshmagan.
11.2.Tuproq eroziyasiga qarshi kurash uslublari
Qishloq xujaligida foydalaniladigan yerlarni eroziyadan himoyalashda ikkita yul qullaniladi. Birinchi yul -
eroziyaga moyil tuproqlarda kup xarajat talab etmaydigan oddiy agronomik va yerlardan foydalanishda
ogohlantiruvchi- proflaktik tadbirlarni amalga oshirish. Bu tadbirlar alohida loyiha talab qilmaydi. Bunda
juda oddiy talablarga rioya etish kifoyadir, ya’ni yonbagir joylarda, jarliklar atrofida, daryo qirgoqlarida,
suv yigiladigan soy maydonlarida yerni haydashga, ortiqcha namiqqan maydonlarda mol boqishga,
maxsus loyiha ishlarisiz yullarni hosil qilishga, maydon chegaralarini notugri belgilashga, suv
tashlamalarini hosil qilishga yul kuymaslik talab kilinadi.
Bunday hollarda bu joylardan va hosil qilingan inshootlardan foydalanish me’yor va tartiblariga qat’iy
amal qilish, ularni muntazam ta’mirlab borish va ularni ishchi holatida saqlash, daraxtlar ekish,
sugorishlarni belgilangan me’yorlarda tashlamalarsiz amalga oshirish kerak buladi.
Erlarni uzlashtirishda kupincha yuqorida keltirilgan oddiy talablarga rioya etilmaydi va natijada tuproq uz
unumdorligini yuqotib boradi.
Bunday hollarda bu joylardan va hosil qilingan inshootlardan foydalanish me’yor va tartiblariga qat’iy
amal qilish, ularni muntazam ta’mirlab borish va ularni ishchi holatida saqlash, daraxtlar ekish,
sugorishlarni belgilangan me’yorlarda tashlamalarsiz amalga oshirish kerak buladi. yerlarni uzlashtirishda
kupincha yuqorida keltirilgan oddiy talablarga rioya etilmaydi va natijada tuproq uz unumdorligini
yuqotib boradi.
Ikkinchi yul - dexqonchilikda tuproqni himoya qilishning rejali loyihalarini ishlab chiqishdir.
Dehqonchilikda tuproqni himoya
20 sm li tuproq qatlami tabiiy holda urmon hosil qilgan maydonlarda 174 ming yilda, utloqzorlarda 29
ming yilda hosil bulgani qayd etilgan. Agrotexnik talablar buyicha qishloq xujaligi ishlari tugri olib
borilgan maydonlarda 20 sm li tuproq qatlami 100 yilda, faqat bir xil ekin yetishtirilgan maydonlarda esa
15 yilda yuqotilar ekan.
Tashkiliy-xujalik tadbirlari turkumiga mazkur maydonda olib boriladigan qishloq xujaligi yunalishini,
ekiladigan ekin turi va ularni joylashtirish sxemasini, tuproqlarga ugit va ishlov berish tizimini belgilash;
chuqur va jarliklarni kumish va ularni mustahkamlash; yullarni tartibga solish; maxsus ish qurollarini,
kuchat turlarini, ut uruglarini, materiallarni xarid qilish kabi va h.k. tadbirlar kiradi.
Bunda har bir xujalikning tabiiy geografik sharoitlari hisobga olinib, xujalik ixtisoslashtirilishi kerak. Relefi
kuchli parchalangan, sertepa, soylar kup va suv eroziyasi kuchli bulgan joylarda kup yillik ekinlarni
(bogdorchilik, uzumchilik va boshqalar) rivojlantirish kerak. Suv eroziyasi intensiv bulgan joylarda utli
dalalarni barpo qilish zarur. Bunda tuproq yuvila boshlagan dalaga kup yillik yem-xashak usimligi, asosan
beda ekilsa tuproqning yuvilishiga bardam beriladi. Tik yonbagirlarni kundalangiga haydash, kup yillik
ekinlarni ekish yaxshi natija beradi. Bunda qiyaligi 5-10Q bulgan yerlar yonbagirga nisbatan kundalang
haydalganda yogin suvlari juyak hosil qila olmaydi. YOnbagirlar qiyaligi 10-150 bulganda bu yerlarni
haydash tuxtatilib, kup yillik utlar yoki bu yerda zinapoya usuli qullanilib, mevali daraxtlar va uzumzorlar
tashkil etish kerak. Bunday ishlar hozir Uzbekistonda keng kulamda amalga oshirilmoqda.
11.3.Tashkiliy xujalik tadbirlardan
yana biri bu yul qurilishida eroziyaga Qarshi tadbiriy ishlarni amalga oshirish (yul buylab suvlarni oqib
ketishi uchun ariqlar vujudga keltirish, yul yoqalariga daraxtlar ekish va boshqa) kerak. SHuningdek,
hovuz, tugon, suv ombori, kanal qurilishlarida ham suv eroziyasiga qarshi kurash ishlari olib borish zarur.
Bunda hovuz, suv ombori, ariq-kanallar yoqasiga daraxtlar ekish, damba, tugon uchun olingan grunt
urnini darhol tekislab tuldirish va bu yerlarga daraxt ekish kerak. Aks holda asta- sekin yogin suvlar
ta’sirida eroziya boshlanadi. Suv eroziyasiga qarshi kurashda tashkiliy xujalik tadbirlariga kichik jarlarni,
chuqurchalarni buldozer, greyderlar yordamida tekislab tuldirish, daraxt utkazish ham yaxshi natija
bermoqda.
Kontur meliorashiv tashkiliy tadbirlar turkumiga maydonlarning buylama chegaralari suv ushlovchi yoki
suvni maydondan uzoqlashtiruvchi kundalang joylashgan tuproq uyumlari bilan cheklab, kichik konturlar
hosil qilish kiradi. Bunda chegaralar doimiy hisoblanib, tuproq uyumlari yullar bilan uygunlashishi yoki
ular yoqalab himoya daraxtlari hosil qilinishi mumkin. Qundalang hosil qilingan inshootlarda suv ushlanib
holishi yoki ulardan maxsus tashlamalarga tashlanishi mumkin.
11.4.Agrotexnik tadbirlar.
Agrotexnik usullarning asosiy vazifasi dalalardagi suv oqimini kamaytirish (erga ishlov berish yunalishi va
chuqurligini belgilash, chuqurchalar, uzlukli egatlar, kichik limanlar hosil qilish)ga qaratilgan bulishi
kerak.
Bunda yer yuzasida paydo buladigan (qor va yomgir suvlarini, jalalarni) suv oqimining vujudga kelishiga
yul quymaslik uchun ilg’or agrotexnika usullarini qullash, jumladan, yerni agdarib chuqur haydash zarur.
yerlarni bunday usulda haydash vujudga kelgan suvlarni ushlab holib, namning tuproqda uzoq vaqt
turishini ta’minlaydi.
Agrotexnik tadbirlar yer usti suvlarining tuproqqa jadal shimilishiga, erigan qor va yomgir suvlarining
oqova hosil qilmasligiga, tuproq unumdorligini oshirishga, shamol va suv eroziyasiga tusqinlik qilishga,
tuproq mikro iqlimini yaxshilashga qaratilgan tadbirlardir.
Bu tadbirlar: yonbagir yerlarga buylama va kundalangiga chuqur ishlov berish, maxsus suvni ushlab
holuvchi (uzlukli, tirqishli, chuqurchali egatlar hosil qilish va h.k.) egatlar hosil qilish, haydov qatlami
chuqurligini oshirish, ugitlar kiritish, tuproqni agdarmasdan yumshatish, baland poyali ekinlarni
yetishtirishni kuzda tutadi.
Agrotexnik tadbirlar uz urnida, uz vaqtida va tugri amalga oshirilsa uning samarasi yuqori bulishi
tajribalardan aniqlangan.
11.5.O’t ekish tadbirlari.
Eroziyaga moyil va eroziyaga uchragan yerlarda utlarni saqlab holish yoki ularni ustirish bu maydon
tuprogini himoyalash tadbiri hisoblanadi. Aksariyat hollarda, bunday maydonlarda chorva mollarni
boqishni ta’qiqlash ushbu maydonlarning tabiiy holda ut bilan tuliq qoplanishiga olib keladi. Tabiiy
utlarning usishini yaxshilash uchun esa, bu maydonlar frezerlanadi.
Tabiiy utlari juda siyrak va qariyb yuq maydonlarda tuproq jar yoqalab yoppasiga 30 m kenglikda, yoki
polosalab 10-20 m kenglikda tayyorlanadi va ut uruglari sepiladi. Bu maydonlarda fitomelioratsiyani
qullash ekiladigan ut turini tugri tanlash va ularni parvarishlashda tugri texnologiyani qullash kerak
buladi.
Odatda haydov yerlari ularning turi va ulardan foydalanish jadalligi buyicha 3 ta texnologik guruxlarga
farqlanadi:
1- gurux yerlarining nishabligi 30 gacha bulgan haydov maydonlari bulib, ularda barcha haydov ekinlarini
yetishtirish mumkin.
2- gurux
erlariga nishabligi 3-70 gacha bulgan yonbagir maydonlar kiradi. Bu yerlarda tuproqni
ximoya qiladigan boshoqli va ut ekinlari ekilishi kerak.
3- gurux
erlariga nishabligi 70 dan katta bulgan yonbagir maydonlar kirib, ularda qishloq xujaligi
ekinlarini yetishtirish maqsadga muvofiq emas. Bu yerlar kup yillik utlar bilan qoplanishi kerak.
4- guruxga mansub tuproqlarda qishloq xujaligi ekinlari jadallashgan texnologiyalar sharoitida
yetishtirilsa, 2- va 3- gurux tuproqlarida qishloq xujaligi ekinlarini yetishtirishda tuproqni agdarmasdan
ishlov berish, ya’ni tuproqni ximoyalash texnologiyalari orqali (chuqur yumshatish, mulchlash, tirqishli
ishlov berish) amalga oshirilishi kerak.
11.6.O’rmon meliorativ tadbirlar.
Tuproqning suv-fizik xossalarini yaxshilashga va suvning tuproqqa shimilish darajasini oshirib,
oqova suvlarning miqdorini kamaytirishga qaratilgandir. Urmon daraxtlari ostidagi dasht tuproqlari
soatiga 150-400 mm gacha bulgan suvni shimishi mumkin. Eroziyaga qarshi xar bir gektar xosil qilingan
daraxt maydoni 1700 m3 yer usti suvlarini sizot suvlariga aylantira oladi.
Suv eroziyasining oldini olish va unga qarshi kurashda urmon meliorativ tadbirlar muhim omil
hisoblanadi. Chunki eroziya vujudga kelayotgan yerlarga zudlik bilan daraxtlar ekish yaxshi natija beradi.
Eroziya tarqalgan joylarga ihotazorlar, suv va namni tartibga soluvchi urmonzorlar, yullar, kanallar, jar-
soylar yoqalarida urmonzorlar tashkil etish kerak.
Qishloq xujaligi ekinlari ekiladigan zona atrofida ihotazorlar tashkil qilish tuproq tarkibidagi namni uzoq
vaqt saqlashni va shamol kuchini pasaytirishni ta’minlaydi.
Gidrotexnik tadbirlar
Suv eroziyasining ta’sirini zudlik bilan bartaraf etish uchun amalga oshiriladi. Ular tashkiliy-
xujalik, agrotexnik va urmon meliorativ tadbirlari bilan birgalikda olib boriladi. Ularning vazifasi suv
okimini boshkarish (tuxtatish yoki xavfsiz tomonga yunaltirish) hisoblanadi. Ular suv havzalari, himoya
tuprok devorlari va dambalari, tutash inshootlar, suv tusgichlar kabi gidrotexnik inshootlar yordamida
amalga oshiriladi.
Gidrotexnik tadbirlar suv eroziyasining oldini olishda muhim bulib, ularga qirgogini yuvadigan daryo
yoqalarida qirgoqni mustahkamlovchi tadbirlar, suv qirgoqdan toshadigan hollarda qirgoqni himoya
qiluvchi damba va kutarmalar; jarli yerlarda esa suv ushlagich kutarmalar; jarga suv oqimini
tushirmaydigan ariqlar; suvda tez yuviladigan yumshoq, yengil tuproqli joylarda ariq urniga temir beton
nov kanallar; jarlarda va soylarda suv oqimini ushlab holuvchi tugonlar; selga qarshi kurashish uchun
hovuz va suv omborlari; tog yonbagirlarining yoginlardan, jalalardan vujudga keladigan suv eroziyasiga
uchramasligi uchun zinapoyasimon ariqlar tashkil etish va boshqalar kiradi.
4.Shamol eroziyasiga qarshi kurash tadbirlari
Uzbekiston sharoitida eroziya turlaridan eng xavflisi shamol eroziyasidir. Uning ta’siri keng front buylab
namoyon buladi va juda katta iqtisodiy zarar keltiradi. Shamol eroziyasining hosil bulishi shamol kuchi,
qaytarilishi va tuproqning ustki holatiga bogliq bulib, bu turdagi eroziya sugorilmaydigan yerlarda
shamol kuchi 3-5 m/s dan ortganda namoyon bula boshlaydi. SHamol eroziyasi ta’sirida ulchami 1 mm
dan kichik bulgan agregatlar tuproq massasidan ajralib chang buronlari kurinishida namoyon buladi.
Bunda tuproq tarkibidagi chirindining 100 yil ichida 2,5-3 barobar kamayganligi qayd qilingan. SHamol
tezligi 4-5 m/s bulganda kuchsiz, 5-15 m/s bulganda urtacha, 15 m/s dan ortiq bulganida esa, kuchli
eroziya hosil bulishi kuzatilgan.
Shamol eroziyasi mexanik tarkibi yengil tuproqlarda kuproq namoyon buladi. Shamol esganda,
avvalambor, tuprokning chirindiga va oziq elementlariga boy unumdor qatlami uchib ketadi. Qishloq
xujaligi ekinlarining urug’lari (shu jumladan, paxta chigiti) ham tuproq zarralariga qushilib uchib ketadi,
bunda uchib ketayotgan tuproq zarralari g’o’za nihollari va boshqa ekinlarning kuchatlarini changitib,
ularni shikastlaydi. Har ikki holda ham qayta ekishga tutri keladi. Ba’zi yillarda bu holat 2-3 marotaba
qaytariladi, bu esa, urug’, utit, yonilrining ortiqcha sarflanishiga olib keladi. oqibatda g’o’zaning va
boshqa ekinlarning yetilishi kechikadi, paxta tolasi va chigitning sifati yomonlashadi.
Qum buronlari irrigatsiya tarmoqlarini kumib tashlaydi. Qum tulgan kanalni ekskavatog’lar bilan tozalab
bulmaydi, shu boisdan qul mehnatidan foydalanishga tutri keladi, bu esa olinadigan mahsulot tannarxini
ancha oshirib yuboradi. Temir yullar va avtomobil yullari, borlar va turar joy massivlarini ham qum
bosadi.
Inson qadim davrdayoq shamol eroziyasiga qarshi kurash yullarini topa bilgan. yerga nisbatan xususiy
mulkchilik hukm surgan davrda ham sug’orish maydonlari mayda kartalarga bulinib, chor atrofiga daraxt
kuchatlari (asosan tut, jiyda va tol) ekilar, shu tarzda dalalar shamol tasiridan ma’lum darajada himoya
qilinar edi. Ihota daraxtlari bulmagan joylarda quruq shox-shabbalardan ihotalar qullanilar va ular
“gazza” deb yuritilardi. Bu ish quyidagicha bajarilar edi: g’o’za kuchatlari orasida sug’oriladigan kartada
uzun chuqurlar qazilib, ularga quruq buta yoki shox-shabba kumib quyilar edi. Bunday tusiqlarning
uzunligi qisqa va ayni bir dalaning uzida orasini juda yaqin qilib, 15-20 m da joylashtirilar edi.
Shuni ta’kidlab utish kerakki, eroziyaga qarshi bunday tadbirlar juda ham mehnattalab bulib, tusiqlarning
uzi ekiladigan foydali yerni egallaydi, yerga mexanizatsiyalashgan usulda ishlov berishni qiyinlashtiradi.
Hozirgi vaqtda ilmiy muassasalarning ilg’or tajribalaridan foydalanib olib borgan katta ishlari natijasida,
eroziyaga qarshi kurash tadbirlari tizimi ishlab chiqilgan. Bu tizim Qo’qon guruxi hududlari, Sirdaryo,
Jizzax, Buxoro viloyatlarining bir qancha xujaliklarida muvaffaqiyat bilan qullanilmovda. Bu tizim
«tuproqni suv va shamol eroziyasidan ximoya qilish yuzasidan tavsiyalar»da batafsil bayon qilingan. Bu
tizimga Quyidagilar kiradi:
Ihota daraxtzorlari barpo etish. Bu shamol eroziyasiga qarshi kurashning eng samarali, ratsional
vositalaridan biridir. Bular:
ihota daraxtzorlari qatorlarining joylashtirilishi, shamolning esish kuchi va tuproqning mexanik tarkibiga
kura tabaqalashtirilishi;
shamol kuchli esadigan hududlarda va qumoq hamda qumloq tuproqlarda daraxt qatorlari oraligi kupi
bilan 100-170 m, qum barxanlari uzlashtirilayotgan joylarda - 80-100 m; yengil va urtacha qumloq
tuproqlarda - 200 m gacha, ogir qumloq va gilli tuproqlarda - 250-300 m ga teng bulishiga erishish;
shamolning esish kuchi urtacha hududlardagi qumli hamda qumloq tuproqlarda daraxt qatorlari oraligi
200 m gacha; yengil va urtacha qumloq tuproqli yerlarda 250-300 m, ogir qumloq va gilli tuproqli
yerlarda 350-400 m bulishi;
shamol kuchsiz esadigan hududlarda, tuproqning mexanik tarkibidan qatiy nazar, daraxt qatorlari
oraligini 400-450 m qilib olish kerak buladi.
Ihota daraxtlari qatorlari soni quyidagicha buladi: shamol kuchli esadigan hududlarda - 3-4; “urtacha”
larida - 2-3; “kuchsiz” larida esa - 2.
Daraxt qatorlariga uzoq yashaydigan, qurgoqchilikka, tuproqning shurlanishiga chidamli va ximoya qilish
xususiyatlari yuqori daraxt va buta turlari ekilishi kerak. Sugoriladigan yerlarda eman, bolle teragi va
Qora terak, pensilvan shumtoli, yashil va mayda bargli shumtol, qayragoch, janub majnuntoli, oq tut,
jiyda ekilishi tavsiya etiladi.
Shamol eroziyasiga qarshi kurash yullari xilma-xildir. SHamolning kuchini susaytirish maksadida
ixotazorlar barpo etish, xar xil usimliklar ekib shamol esadigan tomonga tusiqlar, ya’ni kulis xosil qilish,
almashlab ekish, yerni chuqur xaydash, tuproqni ugitlab, uning tarkibini yaxshilash zarur.
Shamol eroziyasiga qarshi kurashda ixotazorlar va daraxtlarning roli katta bulib, ular shamol kuchini
pasaytiradi, tuproqda namni qurib ketishdan saqlaydi. 7- rasmdan kurinib turibdiki, urmon polosasi
shamol kuchini kesib, uning tezligini pasaytiradi. Ixotazorlarning shamol kuchini kesish ta’siri 450
metrgacha yetadi. SHu sababli, kuchli shamollar ruy beradigan rayonlarda har 400 m oraliqda urmon
polosasini tashkil etish yaxshi natija beradi. SHuningdek, vohalarni qum bosishdan saqlashda
ihotazorlarning vazifasi katta. Bunga quyi Zarafshon vohasiga Qizilqumning bostirib kirishini tuxtatish
maksadida uzunligi 120 km masofada, eni 2-3 km keladigan Buxoro yashil ihotazorlari barpo etilganligi
yaqqol misoldir.
60 m 30 m 0
30 m 60 m 90 m 120 m 150 m
11.7.1-rasm. Ihota daraxtlarining shamol tezligiga ta’siri (O. S. Ouen)
A. I. Molchanovning ma’lumotiga kura O’zbekiston sharoitida balandligi 6-8 metrgacha yetgan ihota
polosasi 60-80 dan 200-250 metrgacha yerni shamol eroziyasidan saqlaydi. Natijada usha joyda
paxtaning hosili eroziyaga uchragan yerga nisbatan 2 martaga yaqin oshgan.
Shuni hisobga olib 1986-2009 yillarda Uzbekistonda 15,0 ming ga urmon ihotazorlari barpo etildi va 400
ming gektardagi maydon shamol eroziyasidan saqlab qolindi. YAkin kelajakda esa yana 34 ming ga
urmon ihotazorlari barpo etib, 4,0 mln. ga maydonni shamol eroziyasidan saqlash kuzda tutilgan.
Ba’zi shamol eroziyasi kuchli bulgan yerlarda bir ihota polosasi bilan ikkinchi polosa orasida qushimcha
tusiq sifatida kulislardan foydalanish yaxshi natija beradi. qulis bu asosiy ekinlar orasida kengligi 2-4 m
qilib baland poyali (kungaboqar, makkajuxori, juxori va boshqa) usimliklar ekib, shamol tusuvchi tusiqlar
hosil qilishdir.
Uzbekiston Respublikasida sunggi yillarda 6,0 ming gektarga yaqin maydonda ihotazorlar tashkil etiladi.
Kelajakda ihotazorlar maydonini oshirish (49,0 ming gektarga yetkazish) kuzda tutilgan.
Shuni esda tutish kerakki, ihota daraxtzorlari uzining himoyalash xususiyatlarini namoyon etishi uchun
bir necha yillar utadi. SHu boisdan ihota daraxtzorlari barpo etish bilan bir qatorda boshqa tadbirlar ham
qullaniladi (himoya uchun muljallangan ekinlar ekish, tuproqni himoya qilish maksadida almashlab ekish
va boshqalar).
Erning yuza qismidagi shamol kuchini susaytiruvchi agrotexnik tadbirlar orqali tuproq yuzasidan shamol
kuchi ta’sirida uchirilib ketadigan tuproq zarrachalarini himoyalash mumkin. Bunda kuzgi ekinlarning urni
ahamiyatlidir. Tuproqlarni shamol eroziyasidan himoyalashda tuproqni mineral va organik ugitlar bilan
oziqlantirish, tuproqning agregat strukturasini yaxshilash, unga sundirilmagan ohak va temir- oltingugurt
kislotasi elementlarini qushish, usimlik poyalarining dalada qoldirilishi, tuproqqa tirqishli va himoyali
ishlov berish hamda tuproqlarni mulchlash yaxshi natija beradi.
qumoq va qumli tuproq mavjud bulgan yerlarda shamol eroziyasiga yul quymaslik uchun kup yillik ekin
ekib, bir dala bilan ikkinchi dala orasida buz yer qoldirish yoki shamolning yunalishiga kundalang ravishda
yerni agdarib haydash kerak.
Shamol eroziyasiga qarshi kurash uslublaridan yana biri sugoriladigan maydonlarda himoya daraxtlari
hosil qilish hisoblanadi. Ular nafaqat tuproqni shamol eroziyasidan himoya kiladi, balki qishloq xujaligi
ekinlarining hosildorligini oshirishga ham xizmat kiladi.
Sugorish maydonlaridagi himoya daraxtlari sugorish dalalari ichida kanallar, yullar, dala chegaralari,
tabiiy suv yiggichlar yoqalab hosil qilinadi. yer nishabligi 20 dan katta bulgan sugorish maydonlarida
asosiy himoya yulaklari nishabsiz (gorizontallar buyicha) qilib joylashtiriladi va ular oraligi 450-500 m
bulishi kerak. Asosiy himoya daraxtlariga nisbatan kundalang joylashtiriladigan himoya daraxtlari oraligi
qumoq tuproqlarda 1 km, buz tuproqlarda 2 km dan ortmasligi kerak.
Asosiy himoya daraxtlari 2-3 qatorli, kundalang himoya daraxtlari 2 qatorli (juda kam holatlarda qatorli)
qilib ekiladi.
Bosh kanal va uning tarmoqlari atrofida suv himoya maksadida joylashtiriladigan himoya daraxtlari
odatda sugorish tarmoqlarining har ikki tomonidan kamida 2-3 (5) Qatorli (bir tomonidan 2, ikkinchi
tomonidan 3 qatorli) qilib loyihalanadi. Katta kollektog’ tarmoqlari buylab himoya daraxtlari faqat bir
tomonlama loyihalanadi.
Sugorish tarmoqlari sugorilmaydigan xududlardan yoki sugorish massivlari chegarasidan utganda,
ximoya daraxtlari chul tomondan xosil qilinadi.
Himoya daraxtlarining eng chetki qatori kanalning qirgogidan 3 m dan uzoq bulmagan masofada
joylashish, agar kanal dambasining balandligi yoki chuqurligi 3 m dan katta bulsa, bu qiymat 4-5 m
bulishi kerak. Himoya daraxtlarining 1- qatori nov qatoridan 2,5-3 m, quvurlardan 2 m masofada
joylashtiriladi.
Himoya yulaklarini joylashtirish sxemasi 8, 9-rasmlarda keltirilgan.
Yopiq yotiq zovurlar bilan ximoya daraxtlari urtasidagi masofa daraxt turiga qarab 7-30 m buladi.
Suv xavzalari (omborlari) atrofida joylashtiriladigan ximoya daraxtlari 3 polosali qilib joylashtiriladi:
birinchisi
3 Qatorli butalardan tashkil topgan bulib, u suv xavzasi dambasining quyiroq qismida, suv xavzasi ishchi
suv satxidan past satxlarda joylashtiriladi. Terak va tollardan iborat bulgan ikkinchi polosa eng baland va
ishchi suv satxlari orasida, eroziyaga qarshi va suvsizlikka chidamli daraxtlardan tarkib topgan ximoya
daraxtlarning uchinchi polosasi suv xavzasining eng baland suv satxi belgisidan yuqori satxlarda
joylashtiriladi.
Aloqa yullari buylab xosil qilinadigan ximoya daraxtlari yul kyuvetidan 2,5-3 m masofada joylashtirilib,
ularni joylashtirishda elektr va boshqa aloqa tarmoqlaridan foydalanish me’yorlari bilan
muvofiqlashtirish kerak. Himoya daraxt polosalari xujalik yullari bilan kesishish joylarida, yulning xar ikki
tomonidan 10 m dan uzilish xosil qilinishi kerak.
Suv eroziyasiga qarshi kurash tadbirlari
Suv eroziyasini oldini olish va qarshi kurashda quydagi tadbirlar qo’llaniladi
1. Agro-o’rmon melioratsiyasi (ixota daraxtzorlari barpo qilish).
2. Agromeliorativ tadbirlar (erga to’gri ishlov berish, chorvo-mollarini tarib bilan boqish, ximoya
almashlab ekishni joriy qilish).
3. Gidrotexnik tadbirlar (terrassalar, loyqa va tosh to’sar inshoatlar suvni qochirish tarmoqlarini
qurish), jarliklarni ximoya qilish inshoatlarini barpo qilish.
Shamol eroziyasi O’zbekistonnning tekislik qismida cho’l va saxro mintaqalarida tarqalgan.
Shamol ta’siri keng front bo’ylab nomayon bo’ladi va tuproqning ustki chirindili va oziqa
moddalariga boy unumdor qatlamiga uchirib ketadi. SHu bilan birga shamol ta’sirida ekilgan uruglar xam
uchiriladi yoki usti ochilib unib chiqishga yaroqsiz bo’lib qoladi, o’suv davrida esa barg va poyalarini
shikastlaydi gullash jarayoniga kuchli ta’sir ko’rsatadi.
Shamol eroziyasi ko’proq yengil tarkibli tuproqlarda kuzatiladi. SHamol eroziyasi shamolning
tezligiga bogliq bo’ladi. Agar shamol tezligi 4-5 m/sek bo’lganda kuchsiz, 5-15 m/c bo’lganda o’rtacha, 15
m/c dan ko’p bo’lganda kuchli eroziya xisoblanadi.
Bu tadbirlarning asosiylari yuqorida qayd etilgan tashkiliy-xujalik, agrotexnik, urmon meliorativ va
gidrotexnik tadbirlar hisoblanadi.
Yonbag’irlar ikki texnologik guruxga bulinadi (10-rasm). Birinchi texnologik gurux maydonlarida texnik
ekinlar ekilsa, ikkinchi gurux maydonlarida tuproqni himoya qilish tadbirlari amalga oshiriladi. Birinchi
gurux ekin maydonlari chegaralarida himoya daraxtlari ekilgan tuproq devorli yul hosil qilinadi. Ikkinchi
gurux dalalari chegaralarida himoya daraxtli bir dambali tepa kanallari hosil qilinadi.
Suv ayrgich zonasida suv eroziyasiga uchragan maydon ko’zga yaqqol tashlanmaydi. Bu maydon
tarkibiga suv ayirrich va unga tutash, nishabligi 30 gacha bulgan maydonlar kirib, bu yerlardagi asosiy
eroziyaga qarshi tadbirlar qurg’oqchilikka, quruq va chang buronli shamollarga qarshi qaratilgan buladi.
11.8.1-rasm. Yonbag’irning buylama qirqimi:
1-ekin dalasi ichida oqimni boshqarish chegarasi;
tabiiy yonbagir yer maydonlari tushuniladi. Ular quyidagi turkumlarga: pastliklar, jarliklar, lalmi yerlar,
balkalar va vodiylarga farqlanadi.
Pastliklar bulib qirgoqlari aniq shakllanmagan ancha qiya, suvli yerlardagi jarlik qirgoqlari aniq
shakllangan, lalmi yerlardagi jarliklarning qirgogi esa tik tushgan, balkalar qirgoqlari bir-biriga
uxshashroq bulgan, ostki kengligi ancha katta va tubida sizot suvlari yer satxiga qalqib chiqqan doimiy
yoki muvaqqat irmoq xosil qiluvchi va vodiyga borib tutashadigan, gidrografik tarmoqlardan oqova
suvlarni qabul qiladigan keng maydonlar xisoblanadi.
Jarliklar, katta oqova suvlarning bir oqimga tuplanib, yuvilgan tuproqlarni olib chiQib ketilgan
chuqurlashgan yulakdir. Ular qirgoq va tub jarliklarga farqlanadi. Qirgoq jarliklari oqim suvlari tomonidan
yon tomonga shakllangan yonbosh eroziya, tub jarliklar suv oqimi yunalishi buyicha tik yunalishda
shakllangan va chiziqli eroziya nomi bilan ataladi.
Irrigatsiya eroziyasi oqibatida suv yuvib ketgan tuproqlarda chirindi, oziq moddalari mivdori kamayadi,
fizik xossalari, mikrobiologik faoliyati va boshqa omillari yomonlashadi, bu esa tuproq unumdorligining
va hosilning kamayishiga hamda xosil sifatining yomonlashuviga olib keladi. Irrigatsiya eroziyasining
asosiy xosil bulish sabablari:
sugorish usulining notug’ri tanlanishi;
qabul qilingan sugorish texnikasi elementlariga rioya etmaslik;
loyihalash jarayonida qabul qilingan cheklanishlar (suv tezligi va x.k.) ning qurilish jarayonida va
foydalanishda buzilishi xisoblanadi.
Sugorishda suv eroziyasining xosil bulishi, asosan, tuproqning yuvilishi xisoblanadi. Yuvilish tuproqning
mexanik tarkibiga qarab, asosan, suv tezligi qiymati buyicha belgilaniladi. Mexanik tarkibi yengil
tuproqlar xamda usimlik bilan qoplanmagan yoki xaydalgan tuproqlar eroziyaga moyil xisoblanadi. Bu
tuproqlar uchun yuvilish tezligi qiymatlari mavjuddir. Sugorish dalalarida yer nishabligi 1-20 dan
ortganda yuza eroziyasi xosil bula boshlaydi. Bu eroziya jarayoni sugorish texnikasi elementlariga rioya
etilmaganda kuchayadi, ya’ni egatga beriladigan suv sarf qiymati me’yoridan ortganda yoki sun’iy yomgir
jadalligi tuproqning suv shimuvchanligidan ortganda (R > V) vujudga keladi.
Sugorish tarmoqlarida (asosan tuproq uzanlilarda) xaqiqiy suv tezligi Vx ning uzanni yuvilish tezligi Vm
dan ortishi tarmoq uzanining yuvilishiga sabab buladi. YUvilish tezligi Vm = Vx Rl/3, m/s formuladan
xisoblanadi. Vx - gidravlik radius R = 1 bulganda 0,7-1,2 m/s oralirida buladi. Suv eroziyasi sug’orish
tizimida bulmasligi uchun Vx < Uyu bulishi kerak.
Uzbekistonda suv eroziyasi asosan, jigarrang buz (tuk tusli tipik, och tusli) tuproklar mintakasining
lalmikor dehqonchilik chududlarida, tog’li regionlarda kuprok tarkalgan.
Bunday maydonlarning 700 ming gektardan ortig’i suv eroziyasiga chalingan. YUkorida kayd etilganidek,
suv eroziyasi ta’sirida tuprokning kimyoviy, agrokimyoviy, suv-fizik va mikrobiologik xususiyatlari sezilarli
darajada yomonlashadi. Tuproklar kuchli yuvilganda gumusli unumdor katlam kalinligi kamayadi, ba’zan
ona jinslar yer betiga chikib koladi, natijada, bunday yerlardan foydalanish va dehqonchilik kilish
kiyinlashadi. Tuprok unumdorligi keskin pasayishi hisobiga boshokli ekinlar hosili kam buladi.
Tadkikotlarning kursatishicha eroziyaga chalinmagan maydonda har bir gektar maydonda 18,4 ts,
kuchsiz eroziyalangan maydonda 15,2 ts, urtacha eroziyaga chalingan maydonda 11,8 ts, kuchli
eroziyaga chalingan maydonda 9,0 ts, loyka tuplangan maydonda 22, 8 ts burdoy hosili olingan.
Eroziya jarayonlari ekologik muhit ham risoladagidek saklana olmaydi. Eroziyalangan yerlarda
usimliklarning usishi, rivojlanishi va mikroorganizmlarning faoliyati uchun zarur sharoitlar yomonlashadi.
YOrin-sochin bilan tushgan suvning tuprokka singishi kiyin bulganidan, tuprok yuzasida okim kuchayib
yana eroziya davom etadi. Bahorgi yog’in-sochin 60-70% okim sifatida okib chikib ketadi, natijada,
eroziyalangan tuproklarda nam zahirasi kam tuplanadi.
Eroziyaga uchragan tuproklarning mexanik tarkibi uzgaradi. Tuprokdagi mayda zarrachalar (< 0,001 m li
ulchamli) keskin kamayadi. Tuprok yengillashib kumli zarrachalar kupayadi, suv rejimi yomonlashadi.
Tuprok unumdorligi asta-sekin pasayib, dehqonchilikda ham mehnat samaradorligining kamayishiga olib
keladi.
Irrigatsiya eroziyasi suv eroziyasining bir turi hisoblanadi va u Markaziy Osiyoning mug’orib dehqonchilik
kilinadigan kiyalik yerlarida keng tarkalgan. Ma’lumotlarga kura, sug’oriladigan maydonlarning 1 mln. ga
dan kuprori 2-50 li past-baland relefli yerlardan iborat. Bunday nishab yerlar sug’orilganda egatlardan
okayotgan suvning tezligi tobora ortib, tuprokning ustki unumdor katlami yuvilib boradi.
Tuprokning yuvilib ketganligini egatdagi suvning loykalanib okishidan va egatlar tubining uyilib, katta-
katta chukurchalar hosil bulishidan bilish mumkin (11-rasm).
Kultivatsiya vaktida bu chukurliklarni tekislab yuborish mumkin, ammo, bu bilan tuprokning unumdorligi
tiklanmaydi.
11.8.2-rasm. Egat tubining sug’orish jarayonida yuvilishi
Irrigatsiya eroziyasini oldini olish va qarshi kurashda asosan ilmiy asoslangan sugorish texnikasi
va texnologiyasini qo’llash zarurdir. Bunda eng muxim tadbir yerning nishabligi bo’yicha egat uzunligi va
egatga beriladigan suv miqdorini to’gri tanlashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |