Xi bob. Birja savdosida xavf-xatarlar va ularni baholash mezonlari 1. Xavf-xatarlarni birja faoliyatiga ta’siri



Download 115,49 Kb.
bet3/8
Sana09.07.2022
Hajmi115,49 Kb.
#764362
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
11-мавзу (1)

Birja a’zolari va emitentlar tomonidan birjaga axborot taqdim etilishi. Qimmatli qog‘ozlar qiymatini chet el valyutasidagi pul mablag‘larida to‘lovga qabul qilgan holda qimmatli qog‘ozlarni begonalashtirishda, komissiya shartnomasi asosida birja a’zosi Makleriatga komitentlar to‘g‘risidagi quyidagi axborotni elektron shaklda taqdim etishi shart:
a) yuridik shaxs uchun:

  • komitentning nomi;

  • komitentning bank rekvizitlari;

  • komitentning yuridik manzili;

  • aloqa telefonlari;

  • komitent ruyxatdan utgan mamlakat;

b) jismoniy shaxs uchun:

  • komitentning familiyasi, ismi;

  • fuqaroligi;

  • doimiy yashash mamlakatidagi manzili;

  • O‘zbekiston Respublikasidagi yashash manzili;

  • bank rekvizitlari;

  • aloqa telefonlari.

Qimmatli qog‘ozlar emitenti rasmiy birja listingiga kiritilganida, birja emitent bilan tuzilgan shartnomaga muvofik, uning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha savdolar boshlanishidan kamida uch kun oldin internet tarmog‘idagi saytida quyidagi axborotni joylashtiradi:

  • qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi belgi kuyilgan qimmatli qog‘ozlarni chiqarish xakidagi qaror (elektron foto nusxasi);

  • qimmatli qog‘ozlar emissiya risolasi;

  • qimmatli qog‘ozlar blanka namunasining foto-nusxasi (qimmatli qog‘ozlar hujjatli shaklda chiqarilgan taqdirda);

  • yakunlangan oxirgi uch moliya yili uchun hamda rasmiy birja listingiga kiritish to‘g‘risidagi ariza berilishidan oldingi oxirgi chorak yakunidagi holat bo‘yicha tushuntirish xatlari ilova qilingan buxgalterlik balanslari (№ 1 shakl);

  • yakunlangan oxirgi uch moliya yili uchun hamda rasmiy birja listingiga kiritish to‘g‘risidagi ariza berilishidan oldingi oxirgi chorak yakunidagi holat bo‘yicha moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot (№ 2 shakl);

  • oxirgi moliyaviy yil uchun asosiy mablag‘larning harakati to‘g‘risidagi hisobot (№ 3 shakl);

  • oxirgi moliyaviy yil uchun pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot (№ 4 shakl);

  • oxirgi moliyaviy yil uchun o‘z sarmoyasi to‘g‘risidagi hisobot ( № 5 shakl);

  • debitorlik va kreditorlik qarzlari bo‘yicha ma’lumotnoma – oxirgi moliyaviy yil uchun va ariza berilgan vaqtdagi balansga ilova (№ 2a shakl);

  • yakunlangan oxirgi moliyaviy yil uchun auditorlik xulosasining elektron foto nusxasi;

  • emitent rahbariyati, boshqaruv tuzilmasi, faoliyat sohasi, rivojlanish istiqbollari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan axborot memorandumi;

  • auditorlik tashkilotining xulosalari bilan tasdiqlangan rentabellikning musbat ko‘rsatkichlari, to‘lovga layoqatlilik, moliyaviy barkarorlik va likvidlilikni tasdiqlovchi hujjatlar (korporativ obligatsiyalar uchun);

  • mustaqil reyting bahosi olinganligini tasdiqlovchi hujjat (korporativ obligatsiyalar uchun);

  • emitent tomonidan investorlarga tegishli mablag‘larni to‘lash bo‘yicha to‘lov agenti funksiyalarini bajarish to‘g‘risidagi tijorat banki bilan tuzilgan shartnoma (korporativ obligatsiyalar uchun).

Qimmatli qog‘ozlar emitent-banki rasmiy birja listingiga kiritilganida, birja emitent bilan tuzilgan shartnomaga muvofik uning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha savdolar boshlanishidan kamida besh kun oldin internet tarmog‘idagi saytida quyidagi axborotni joylashtiradi:

  • qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi belgi kuyilgan qimmatli qog‘ozlarni chiqarish haqidagi qarori (elektron foto nusxasi);

  • qimmatli qog‘ozlar emissiya risolasi;

  • qimmatli qog‘ozlar blanka namunasining elektron foto-nusxasi (qimmatli qog‘ozlar hujjatli shaklda chiqarilgan taqdirda);

  • bankning balans hisoboti;

  • foyda va zararlar haqida hisobot;

  • yakunlangan oxirgi moliya yili uchun auditorlik xulosasi.


Download 115,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish