Xi asrdan to XXI asrga qadar yozilgan o'zbek tili lug'atlaridagi oilaga oid terminlarda o’xshashlik va farqlar



Download 16,92 Kb.
Sana16.03.2022
Hajmi16,92 Kb.
#497375
Bog'liq
XI asrdan to XXI asrga qadar yozilgan o\'zbek tili lug\'atlaridagi oilad


XI ASRDAN TO XXI ASRGA QADAR YOZILGAN O'ZBEK TILI LUG'ATLARIDAGI OILAGA OID TERMINLARDA O’XSHASHLIK VA FARQLAR

Qadimiy turkiy bosqichning ikkinchi davriga eski turkiy til deyiladi. Bu davr asosiy turkiy qabilalar va elatlar tillarining to`la shakllanishi va rivojlanishi davri bo`lib, XI_XIII asrlarni, ya`ni Qoraxoniylar davlati va mo`g`illar hukmronligi davrini o`z ichiga oladi. Bu davrga barcha turkiy xalqlar va tillar to`la shakllanadi. Ular uzlarining aosiy belgilari jihatidan turkiy tillarning hozirgi holatiga ancha yaqin bo`lgan tarzda rasmiylashadi Tarixiy manbalarning ko`rsatishicha, X asrda garluglarning chigil va yag`molar bilan birga qabila ittifoqi kichayadi va Ettisuv o`zlarining qudratli Qoraxoniylar davlatini barpo qiladi. Uning markazi dastlab Bolasog`un, keyinroq esa Qoshqar edi. Ko`pgina kichik-kichik uyg`ur beklari va butun Movarounnaxr xududi Qoraxoniylarga tobe edi.Qoraxoniylar davlati garlug-chigil, uyg`ur, o`g`iz, qipchoq, tursi, yag`mo, arg`u singari juda ko`p turkiy hamda bir qator eroniy - sug`diylar qabilalari va elatlarni birlashtirar edi. Bu davrlarda turkiy qabilalarning ko`chmanchilikdan o`troq hayot kechirishga o`tishlari jarayoni tezlashadi. Ularning o`zaro bir-biri bilan hamda bu erdagi sug`diylar bilan aralash va qo`shilib ketilishi ancha kuchayadi. Bu tarixiy jarayon o`zbek elatining shakllanishida, uning ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari, madaniyai va san`atining rivojlanishida katta omil bo`ldi. O`zbek tilining umumxalq xususiyati kuchayadi, yana ham rivojlanadi. Ayrim asarlarda o`zbek elatining shakllanishi XI-XII asrlarda tugallandi, o`zbek tili alohida elat-xalq tili sifatida shaklandi deb ko`rsatiladi. To`g`ri bu davrlarda turkiy tillar to`la shakllandi, o`zlarining hozirgi xususiyatiga birmuncha yaqin tarzda rasmiylashdi, ularning umumxalq xarakteri kuchaydi. Ammo turkiy qabilalar tillari alohida elat tili sifatida, shu jumladan, o`zbek elati tilining shallanishi jarayoni to`la tugallanmagan edi. XI-XII asrlarda hali qarluq-chigil, uyg`ur, tuxsi, yag`mo, o`g`iz, qipchoq qabila tillari xususiyatini o`z ichiga olgan umumturkiy adabiy til qo`llanar edi. Bu davrlarda yaratilgan «Qutadg`u bilig», «Xibatul haqoyiq», «Devoni lug`otit turk» kabi asarlarning til xususiyatlari ham bu fikrni tasdiqlaydi. Chunki bu asarlar xuddi shu turkiy adabiy tilda yozilgan edi. hunga ko`ra bu davr adabiy tili faqat o`zbek elatining tili bo`libgina qolmay, balki Movarounnahr va Qashqar, umuman O`rta Osiyoda yashovchi barcha turkiy xalqlarning umumiy adabiy tili hisoblanadi.


XI-XII asrlarda umumxalq o`zbek elat tilining shakllanishiga zamin tayyorlagan bo`lsa, XIII asrda bu jarayon tugallanadi. O`zbek xalqining va o`zbek xalq tilining shakllanish jarayoni yagona umumiy tarixiy jarayonning kenayishi hamda iqtisodiy va etnik aloqalarning chuqurlashib borishi, yana ham kengayishi sharoitida davom etdi. Bu jarayon ko`p asrlar davom etadi. Qadimgi turkiy til o`zining leksik xususiyait, so`z boyligi jihatidan ham ajralib turadi. O`rxun-enasoy va uyg`ur yozuvi bilan bitilgan yodnomalar qadimgi turkiy tilning leksikasi, lugaviy qatlamlari ancha boy va shakllanganligidan, ma`lum qolipga kelganligidan guvohlik beradi. Qadimgi turkiy til lug`atida bo`lgan so`zlarning asosiy qismi o`sha davrdagi turkiy urug` va qabilalarning tillari uchun umumiy bo`lgan so`zlar tashkil qiladi. Bu so`zlarning ko`pchiligi turkiy tillar taraqqiyotining keyingi davrlarida ham keng iste`molda bo`lgan. Ular ko`pgina hozirgi turkiy adabiy tillarda, jumladan, hozirgi o`zbek adabiy tilida ham ayrim o`zgarishlar bilan qo`llanib kelmoqda: tangri ata (ota), ana, apa, xatin, singil, qiz, o`g`il, (o`g`lon), elchi, suv, koy, sigir, chichkan, kumush, ay, kun, yulduz, bagir, yal, uch, eti, tokuz kabi juda ko`p so`zlar shular jumlasidandir. Bu kabi so`zlar hozirgi barcha turkiy tillar lug`at tarkibining asosiy umumturkiy qatlamini tashkil qiladi.

Adabiy-tarixiy manbalarning ko`rsatilishicha, eski turkiy adabiy til o`z davriga nisbatan ancha rivojlangan, aniq bir qolpga tushirilgan til edi. U juda katta lug`at boyligiga, ancha taraqqiy etgan so`z yasalishi va grammatik qurilishga, xilma-xil uslubiy vositalar tizimiga ega edi.


Muayyan voqea hodisalar ham murakkab mavhum tushunchalar, turli ruhiy kechinmalar ham bu tilda ancha sodda, aniq va jonli tarzda ifoda etilar edi. eski turkiy adabiy tilning boyligi, uning turlicha uslublari va xilma-xil ixcham tasviriy ifoda vositalarining ma`lum qolipga tushishi shundan tarixiy shart-sharoitlar bilan bog`langan ediki, u dastlabki davrlardan boshlab qandaydir birgina turkiy til yoki sheva bilangina chegaralangan edi. Balki ma`lum shevalar negizida shakllanganligiga qaramay, o`z tarkibi jihatdan ham qo`llanish darajasi va doirasi tomonidan ham barcha turkiy qabila va urug`larning umumiy tili sifatida xizmat qilar edi. eski turkiy adabiy til o`sha davrdagi ko`pgina turkiy til va shevalarga juda yaqin bo`lganligi sababli nihoyatda katta hududda keng tarqalgan edi shu hududda yashagan xalqlarning o`zaro aloqa vositasi xizmatini o`tardi.



Yuqoridagilardan ko`rinadiki, o`zbek xalq adabiy tilining tashkil topishi va rivojlanishi ikki iqtisodiy, siyosiy va madaniy markaz bilan bog`liq ravishda davom etadi, ya`ni bir tomondan Qoraxoniylar davlatida qarluq-chigil-uyg`ur tillari asosida shakllangan sharqiy turkiy til bilan bog`langan bo`lsa, ikkinchi tomondan, Xorazm va Oltin O`rdada o`g`iz qipchoq tillari negizida rivojlangan g`arbiy turkiy til bilan bog`lanadi.
Download 16,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish