Xayvonlar populatsiyasining etologik xatti xarakatlar tuzilmasi va populatsiya gomeostazi


Xayvonlar populatsiyaning etologik xatti xarakatlar tuzilmasi va populatsiya gomeostazi



Download 1,04 Mb.
bet3/4
Sana21.07.2022
Hajmi1,04 Mb.
#834513
1   2   3   4
Bog'liq
Daliboyev Otabekning Bitiruv malakaviy ishi 208

2.2 Xayvonlar populatsiyaning etologik xatti xarakatlar tuzilmasi va populatsiya gomeostazi.
Xayvonlar populatsiyaning etologik ( xulqiy ) xatti xarakatlar tuzilmasi. Etologiya (Grekcha "ethos"-xarakter ) xayvonlarning xatti xarakatlar xulqining biologik asoslari xaqidagi fandir. U ekologiya fani bilan chambarchas bog'langan.Etologiya fanining natijalaridan qishloq xo'jaligi,xayvonot olamini muxofaza qilish vazifalarini xal etishda foydalanish mumkin.Xayvonlarning xulqi ularning xayot kechirish tarzi bilan bog'liq.odatda xayvonlar yolg'iz va birgalikda xayot xayot kechiradilar. Xayvonlarning birgalikda yashashining bir nechta shakllari ma'lum.Tabiatda xayotiy davomida butunlay yolg'iz xayot kechiruvchi organizmni uchratib bo'lmaydi. Yolg'iz xayot kechirish nisbiy manoda tushiniladi.individlarning jinsiy moyilligi va o'ta-onalar bilan yangi avlod o'rtasidagi bog'lanishlar.Xududiy umumiylik,nasl uchun qayg'urish natijasida oila deb atalgan xayvonlarning birgalikda yashash shakli kelib chiqadi. Ota-onalar jufti qisqa yoki uzoq vaqtgacha, ba'zi turlarda esa umrining oxirigacha birga bo'lishi mumkin.Xayvonlarda o'z juftini topish o'ziga xos murakkab ko'rinishlarda o'tadi.Bu narsa o'rgamchaksimonlarda xar-xil xarakatlar orqali urg'ochisiga yaqinlashishi, qushlar va sut emizuvchilarda ko'nglini ovlash, xatto erkaklari o'rtasidagi o'zaro kuchli kurash yo'llari orqali boradi.Xayvonlarning ancha yirik birlashmalari podalar,galalar va koloniyalar xisoblanib, ularning shakllanishida populatsiyalardagi xulqiy munosabatlar yanada murakkablashadi. Koloniyalar o'troq xayot kechiruvchi, xayvonlarning birgalikda yashashidir.Ular uzoq vaqt yoki ko'payish oldidan birga yashashi mumkin.Koloniyani tashkil etuvchi individlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar nixoyatda xilma-xildir. Eng oddiy ko'rinishlardan biri xemotaksis asosidagi to'planishdan iborat bo'lsa, murakkabroq shakldagisi esa bir-birlari kelishib xabar berib biror-bir xayotiy funksiyani bajarishidir.Bunday funksiyalarga dushmandan saqlanish uchun zarur bo'lgan ogoxlantiruvchi signallarni ko'rsatish mumkin.Sutemizuvchilar orasida koloniya bo'lib xayot kechirish oilaviy guruxlarning kengayishi xisobiga kelib chiqadi va dastalbki oila bilan bog'lanish saqlanib qoladi. Xashoratlarda ( termitlar,chumolilar,arilar) kuzatiladigan koloniyalar xam murakkab xisoblanib, ularning asosida xam oilalarning kengayib ajralib chiqishi yotadi. Bunday koloniyalar birgalikda ko'payish,ximoya,yosh avlodni va o'zini boqish, qurilish ishlarini bajarish kabi funksiyalarni bajaradilar. Mexnat taqsimoti ayrim individlar orasida yoshlik xususyatlarni xisobiga olgan xolida berilgan bo'ladi.CHumolilarning birgalikda yashashida turli xildagi signallar tizimidan foydalanish katta rol o'ynaydi.Galalar bir turga kiruvchi bazi guruh xayvonlarning biron-bir biologik jixatdan foydali xarakatni amalga oshirish uchun vaqtinchalik birlashishi xisoblanadi. Galalar dushmandan saqlanish,ozuqa topish,migratsiyalar kabi funksiyalarni bajarishni yengillashtiradi. Gala bo'lib yashash baliqlar,qushlarda va sutemizuvchilardan itsimonlarda uchraydi.Baliqlar galasi dushmandan saqlanishda, qushlarniki mavsumiy migratsiya vaqtida shakllanadi.O'troq xolida yashovchi qushlar o'rtasida doimo tovush chiqarib turish,ko'rish bilan bo'g'liq signallar mavjud.Bo'rilar galasi qishda birgalikda ov qilish uchun tashkil topadi.Podalar galalarga nisbatan xayvonlardagi ancha uzoq muddat davomida doimiy birlashish shaklidir.Podalar odatda tur uchun xos bo'lgan barcha funksiyalarni,Yani ozuqa topish,yirtqichdan saqlanish,migratsiya, ko'payish va bolalarni tarbiyalash kabilarni amalga oshiradi.Podalardagi xayvonlarning guruxli xulqiy xatti-xarakatlari xukmdor va itoatkor asosida o'zaro munosabatlardan tashkil topadi. Podalar tashkil bo'lishining bir ko'rinishi vaqtinchalik yoki doimiy biron-bir raxbar yoki boshliq liderning xatti-xarakatlariga qarab boshqa individlarning o'z faolyatini amalga oshirishida ko'rinadi. Podadagi xar-bir individ raxbarga itoat qilgan xolida bir Jon bir tan bo'lib xarakat qiladi.Buning uchun ancha tajribali,tadbirkor,odil va kuchli bo'lishi kerak. Raxbarning biologik axamyati shundan iboratki,uning individual tajribali qolgan barcha individlar uchun foydali bo'lsin. Podada bir-biriga bo'ysinuvchi,Yani yetakchi individlar bo'lsa,ularda xulqiy munosabatlar yanada xam murakkab bo'ladi.Yetakchi individlar o'ta tajribali va tadbirkor podaga faol boshchilik qilishi bilan raxbardan ajralib turadi.Masalan, otlar podasidagi yetakchilar xarakatni boshqaradilar,yirtqichlardan ximoya qiladilar, janjallarni tinchlantiradilar,kasal yoki yosh individlarga g'amxo'rlik qiladilar. Populatsiyaning dinamikasi bilan bo'g'liq bo'lgan xususyatlarni biz odamlar misolida ko'rib chiqamiz.
Gomeostaz hodisasi. 1929 yil Uoltеr Kennon fanga gomеostaz (grеkcha homoios – oxshash, Stasis - holat) atamasini kiritdi. Gomеostaz–tabiiy tizimning (organizmning) uning asosiy strukturalarining, modda-eneigetik tarkibining muttasil tiklanib turishidir. Boshqacna aytganda u-organizm ichki muhitining jo‗shqin doimiyligi va shu holatni ushlab turishga yo‗naltirilgan boshqaruv mеxanizmi.Populyatsiyalarning son va zichligi jihatidan saqlanib turishiga gomeostaz deyiladi. Turlarning soni o'zgarishi abiotik va antropogen omillarga bog'liq, doimo asosiy omil bo'lib tug'ilishga ta’sir qiluvcbi omil va guruhlarning ko'chib yurishi xizmat qiladi. Yana bir muhim omillardan biri turlarning oziqlanish zahiralari hisoblanadi. Populyatsiyalar zichligi biror darajaga etgandan so'ng, ular soni kamayib boradi. Agarda ular soni yanada oshsa, sekinasta zichligi kamaya boshlaydi.Populyatsiyalar zichligini boshqarib turadigan omillar ikkiga boiinadi: zichlikka bog'liq va bog'liq emas. Zichlikka bog'liq omillar zichlik o'zgarishiga qarab o'zgaradi. bog'liq bo'lmagan omillar zichlik o'zgarishi bilan o'zgarmay qoladi yoki doimiy bo'ladi. Birinchi omil biotik bo'lsa, ikkinchisi abiotik omil hisoblanadi.Ma’lumki, ko'pgina populyatsiyalar o'zlarining sonini boshqarish imkoniga egadir, bunda ular individlar soni oshishini to'xtatishning uchta mexanizmi bor:• ular sonining oshishi guruhlar o'rtasida tez-tez to'qnashuv paydo bo'lishiga olib keladi, buning natijasida tug'ilishning kamayishi va o'limning ko'payishiga olib keladigan notinch holatlar yuz beradi;• zichlikning oshib borishi natijasida populyasiyaning genetik tarkibida o'zgarish yuz bera boshlaydi va guruhlardagi tez ko'payish sustlashadi. to'yib ovqat yemaslik, urug'lanmaslik, turli kasalliklar tufayli organizm kuchsizlanib, tug'ilish kamayib boradi:• guruhlar majbur bo'lib o'zlari о‘rgangan joydan migratsiya bo‘ladilar, noqulay va notanish muhit ta'sirida o'lim holati ko'payadi.

Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish