Marafon jangi. Mil. avv. 490-yil fors harbiy floti Egey dengizini kesib o'tdi va Attika sohiliga langar tashladi. Marafon tekisligiga nayza, xanjar va o'q-yoylar bilan qurollangan fors suvoriylari va piyoda jangchilari kemadan tushadilar.
1144.
|
Yunon-fors urushlari???
|
MARAFON JANGI (Yunonlar g’alabasi). Mil. avv. 490-yil fors harbiy floti Egey dengizini kesib o'tdi va Attika sohiliga langar tashladi. Yunonlar forslarning yettita kemasini egallab olganlar, boshqa kemalar qochib qolgan. Marafon jangi mil. avv. 490-yilda bo'lib, yunonlar g'alabasi bilan tugagan.
FERMOPIL JANGI (Forslar g’alabasi)mil. avv. 480-yilda bo'lib o'tgan. Leonid 300 spartalikdan boshqa barcha yunon jangchilariga chekinishni buyurgan. Spartaliklarning barchasi jang maydonida qahramonlarcha halok bo'ldi. Ushbu voqea «Uch yuz spartalik jasorati», deb tarixda mashhur bo'lib qolgan. Fermopil jangidan keyin Kserks qo'shinlari O'rta Yunonistonga yetib borib, Afinani ishg'ol qilganlar.
SALAMIN BO'G'OZIDAGI JANG (Yunonlar g’alabasi) mil. avv. 480-yilda bo'lib o'tdi. Yunonlarda 200 ta harbiy kema - triyeralar (18 km/soat) mavjud edi. Yengilganidan keyin Kserks Yunonistonni tark etishga majbur bo'ldi.
PLATEYA JANGI (Yunonlar g’alabasi) Mil. avv. 479-yilda forslar Afinani bosib olishga yana bir marta urinib ko'radilar. Biroq yunonlarning birlashgan lashkari Plateya shahri yaqinida fors qo'shinlarini tor-mor etdi.
|
1145.
|
1868-yil Rossiya va Buxoro amirligi o’rtasidagi shartnoma shartlari???
|
Fon Kaufman 1868-yil 23-iyunda Samarqandda Amir Muzaffar bilan Buxoro amirligini Rossiya imperiyasining protektoratiga aylantirgan shartnomani imzoladi.
Unda amir urush boshlanishida aybdor ekanligi, abadiy do‘stlik belgisi sifatida
Rossiya qo‘shinlarining harbiy xarajatlari uchun 500 ming rubl to‘lanishi e’tirof etildi.
Shartnomaga ko‘ra bosib olingan Toshkentdan Samarqandgacha bo‘lgan barcha hudud Xo‘jand, O‘ratepa, Panjikent, Jizzax, Samarqand, Kattaqo‘rg‘on shaharlari Rossiya imperiyasi ixtiyoriga o‘tdi.
Amir o‘z ixtiyorida qolgan hududlarni boshqarishda Turkiston general-gubernatorining ko‘rsatmalariga rioya etish majburiyatini oldi. Siyosiy qaramligi uchun tarixchilar tomonidan Buxoro hukmdori vassal deb ham yuritiladi.
Rossiya savdogarlariga amirlikda erkin savdo qilishiga sharoit yaratib berish va ularni himoya qilishni o‘z zimmasiga oldi.
Rossiyalik savdogarlarga savdo agentliklarini ta’sis etishga ruxsat berildi, tovarlardan olinadigan boj umumiy qiymatning 2,5 foizidan oshmasligi belgilanib, ular amirlik hududidan boshqa davlatlarga erkin o‘tish huquqini oldi.
Mazkur shartnoma amirlikni tahqirlagan, huquqsizlikka va qashshoqlikka mahkum etgan sharmandali shartnoma bo‘ldi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |