836.
|
Temuriylar davlati qachon to’la barham topdi??? XVI ASR BOSHLARIDA. Temuriylar saltanati Qachon inqirozga yuz tutdi??? XV asrning ikkinchi yarmida. Eslab qolish kerak 2 ta bir-biriga o’xshash savol.
|
Jahon tarixida o‘chmas iz qoldirgan Temuriylar davlati XVI asr boshlarida to’la barham topdi.
Shunday qilib, XV asrning ikkinchi yarmidagi beqaror siyosiy vaziyat tufayli Temuriylar saltanati inqirozga yuz tutdi.
|
837.
|
Ziriyab qachon yashagan? IX asrda yashagan.
Ziriyab nimalarni taklif qilgan??? Mavsumga qarab kiyim kiyish ....
|
Musiqachi va qo'shiqchi Ziryab IX asrda yashagan. U mavsumga qarab kiyim kiyishni joriy etgan. Yupqa shisha idish oltin va kumush idishga nisbatan qulay va nafis ekanligini isbotlagan. Tantanalarda dasturxonga taom tortishning qat'iy tartibini belgilab bergan: dastlab suyuq taom (sho'rva kabi), ortidan go'shtli taom, so'ng parranda go'shti va nihoyasida shirinliklar tortilgan.
|
838.
|
Veymar respublikasi qachon amalda o‘z faoliyatini yakunladi??? 1934-yili prezident Gindenburg vafot.
|
Veymar konstitutsiyasi bekor qilindi, 1934-yili prezident Gindenburg vafot etgandan so‘ng Gitler Germaniyaning fyureri (dohiysi) bo‘lib oldi. Prezident lavozimi bekor qilindi, shu vaqtdan boshlab Veymar respublikasi amalda o‘z faoliyatini yakunladi.
|
839.
|
Xiva xonligida chet el davlatlari elchilarini qabul qiluvchi va ularning ta’minoti uchun mas’ul amaldor qaysi?
|
Shig’ovul.
|
840.
|
Qaysi harakat Rossiya siyosatida O‘rta Osiyoni harbiy yo‘l bilan ishg‘ol etish tomon burilish ro‘y berganligining tasdig‘i edi?
|
1847-yilda Rossiya xonliklarga olib boradigan yo‘lda harbiy istehkomlar qurdi. Bu istehkomlar Rossiya siyosatida O‘rta Osiyoni harbiy yo‘l bilan ishg‘ol etish tomon burilish ro‘y berganligining tasdig‘i edi.
|
841.
|
Yunon-makedon istilolaridan keyin O'rta Osiyo tarixida qanday o’zgarishlar sodir bo’ldi?
Antik davr boshlandi. Bu yurishlar oqibatida G'arb va Sharq o'rtasida madaniy munosabatlar kengayishi sodir bo'ladi.
|
Baqtriyada yunon yozuvi, yunon og'irlik o'lchov birliklari, pul munosabatlari, hunarmandchilik va san'at buyumlari tarqaldi. O'z navbatida yunonlar ham Baqtriyaning binokorlik va hunarmandchilik an'analarini o'zlashtirdilar.
|
842.
|
O'rta Osiyo yerlarini bosib olish uchun Aleksandr deyarli uch yil urindi va qaysi hududlarni egalladi?
|
|
Marg'iyona, Baqtriya, So'g'diyona, hozirgi Bekobod va Xo'jand orasida Sirdaryo bo'ylarini bo'ysundirishga muvaffaq bo'ldi, xolos. Xorazm, Toshkent vohasi va Farg'ona mustaqilligicha qoldi
|
843.
|
Xaritadagi raqamdagi mamlakatga tegishli to’g’ri javobni toping?
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |