Fransiyada umumiy saylov huquqi qachon bekor qilindi? 1795-yilgavgust.
1795-yilning avgustida Konvent yangi Konstitutsiyani qabul qildi, u Fransiyada Respublika tuzumini mustahkamladi, lekin umumiy saylov huquqini bekor qildi.
Ubaydullaxon II pul islohoti? Ubaydullaxon II islohotlari?
Ubaydullaxon II o‘tkazgan islohotlar ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Ubaydullaxon II tarkibining 35 foizini kumush tashkil etuvchi tanga pul ishlatilardi. 1708-yilda esa bu tangalarning bittasidan 4 ta yangi tanga zarb etila boshlandi. Natijada, yangi pulning tarkibidagi kumush miqdori 4 marta, binobarin, amalda pulning qadri ham 4 marta kamaygan bo’lsa-da, yangi tanga avvalgi eski tangaga qiymat jihatdan teng deb belgilandi.
1702-yili Subhonqulixon vafot etdi. Taxtni o‘g‘ li Ubaydullaxon II (1702-1711) egalladi.
Ubaydullaxon II ning otasi Subhonqulixon Balxni qatag‘on qabilasi boshlig‘i, Badaxshon hokimi Mahmudbiy otaliqqa alohida xizmatlari uchun tortiq qilgan edi. Ubaydullaxon davrida Mahmudbiy Balxda hokimiyatni to‘liq o‘z qo‘liga oldi va o‘zini 1706-yilda xon deb e’lon qildi.
1711- yil Ubaydullaxon II fitna qurboni bo‘ldi.
Ubaydullaxon II tanhodorlarni o‘z mulkidan keladigan daromadlaridan mahrum etdi, soliq va majburiyatlar miqdorini ko‘paytirdi.
1709-yilda Farg‘ona vodiysining Buxoro xonligidan ajralib chiqishi esa siyosiy ahvolni yanada murakkablashtirdi.
Mir arab madrasasini qurdirdi.
61.
1905-yil 23-avgust shartnomasidan qaysi biri to’g’ri? Shartnomaga ko‘ra ...? Eski kitob.
AQSH vositachiligida 1905-yil 23-avgustida shunday shartnoma imzolandi.Shartnomaga ko‘ra, Rossiya Koreyani Yaponiya ta’sir doirasi deb tan oldi.
Yaponiya Port-Arturni ijaraga olish huquqiga ega bo‘ldi. Saxalin orolining janubiy qismi Yaponiyaga berildi.
62.
Amir shohmurod haqida
Doniyolbiy taxtni o‘g‘li Shohmurodga (1785-1800) topshirdi. Shohmurod darveshona hayot kechirar, shayx maslahati bilan bozorda yuk tashuvchilik qilardi. Keyin esa pichoqqa qin yasab sotibshu orqali ro‘zg‘or tebratdi. Shohmurod faoliyatida ommaga tayanib ish tutdi. Adolat tamoyillariga qattiq amal qildi. Shu jihatlari xalq orasida katta obro‘ qozongan edi.
Amir Shohmurod yoshligidan xudojo‘y, porso (pokiza) bo‘lib o‘sdi. Madrasani bitirib, darveshlik jamoasi targ‘ibotchisidan biriga aylandi. Xalq uni hurmat bilan «amirima’sum» (begunoh amir) deb atadi.
U mamlakat hayotida savdogar va hunarmand qatlamining qanchalik ahamiyatga egaligini to‘g‘ri baholay oldi.
Buxoro aholisiga Tarxon yorlig‘i yozib berdi. Unga ko‘ra, aholi savdo daromadidan to'laydigan boj solig‘idan ozod etildi. Hunarmandlardan pul yig‘ish, ularni majburiy mehnatga jalb etish taqiqlandi. Asosiy soliq xiroj miqdori kamaytirildi.
qo‘shinning xarajati uchun jul deb ataluvchi yangi soliq joriy etildi.