Zaiflashayotgan feodal tuzumni mustahkamlashga bo‘lgan bu urinishlar 1785-yili tuzilgan
«Qonunlarning buyuk to‘plami» deb nomlangan hujjatda o‘z ifodasini topdi. Biroq katta yer egalari va amaldorlar hukmronligini mustahkamlash maqsadida qilingan bu kabi qisman yon berishlar, mamlakatdagi butun feodal tuzumining chuqur inqirozini to‘xtata olmadi. Mamlakat kuchli davlatlarning mustamlakachilik hududiga aylanib bordi.
621.
Qirol Yongjo islohotlari ...???
Qirol Yongjo (1725—1776) davrida mamlakatni rivojlantirish maqsadida islohot o‘tkazildi. To‘g‘onlar, suv omborlari qurildi, ocharchilik holati uchun maxsus don omborlari tashkil qilindi. Shuningdek, guruchdan spirtli ichimliklar tayyorlash man etildi va ba’zi bir davlat soliqlari bekor qilindi yoki kamaytirildi. So‘roq qilish paytida qiynoqning eng og‘ir turlari (oyoqlarni sindirish) taqiqlandi. Qirol Yongjo davrida dehqonlarning katta yer egalariga shaxsiy qaramligini bekor qilish va qul ayolning nevarasi ozod inson bo‘lishi haqida deklaratsiya e’lon qilindi.
622.
Qaysi yapon hukmdori yerni sotish, sotib olish yoki garovga qo‘yishni taqiqlovchi qonun chiqardi???Yosimune. Menga 2021-yilda tushdi!
Yosimune tokugava sulolasining eng mashhur davlat arbobi sifatida tanildi. U tokugava sulolasidan chiqqan sakkizinchi syogun bo‘lib, 1716-1745-yillari hukmronlik qildi. Yosimune qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish hisobiga dehqonchilik qiluvchilarni rag‘batlantirish siyosatini yuritdi. Sug‘orish inshootlari tizimini takomillashtirdi. Yerni sotish, sotib olish yoki garovga qo‘yishni taqiqlovchi qonun chiqardi. Mamlakat va jamiyat hayotini tartibga solishda u joriy etgan «100 moddali Farmon» deb ataluvchi qonunlar to‘plami katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
623.
1918-yil 11-noyabr kuni Kompen o‘rmonida ...???
1918-yil 11-noyabrda bo’lgan voqea??? Shunga o’xshash boshqa savol?
1918-yil 11- noyabr kim Kompen o‘rmonida Germaniyaning taslim bo‘lganligi haqida imzolandi. Ebert.
1918-yil 9-noyabrda Germaniya imperiyasi quladi. Imperator Vilgelm II taxtdan voz kechdi va mamlakatdan qochib ketdi. 1918-yil 10-noyabr kuni Germaniya sotsial-demokratik partiyasi yetakchisi Ebert boshchiligida yangi hukumat tuzildi. 1918-yil 11-noyabr kuni Fransiyaning Kompen o‘rmonida, marshal Foshning shtab vagonida Antanta bilan Germaniyaning taslim bo‘lganligi haqida bitim imzolandi. Shu tariqa, birinchi jahon urushi Antantaning g‘alabasi bilan tugadi.