Beruniy yoshlarni o'qitish uchun o'qituvchi tanlashni birinchi va asosiy ish deb bilgan. U bolalarni yoshligidanoq aniqrog'i 5—6 yoshidan o'qitish tarafdori edi. Buning uchun o'qituvchi xushmuomalali, rostgo'y, o'z fanini yaxshi biladigan pokiza, toza ozoda yurish va turishida namuna boiishini talab etadi. Bu g'oya to'g'ri va adolatli talabdir. Agar tarbiyachi o'rnak bo'lmasa, aytgan gapiga o'zi rioya qilmasa, uning tarbiyasi samarasizdir. - Beruniy yoshlarni o'qitish uchun o'qituvchi tanlashni birinchi va asosiy ish deb bilgan. U bolalarni yoshligidanoq aniqrog'i 5—6 yoshidan o'qitish tarafdori edi. Buning uchun o'qituvchi xushmuomalali, rostgo'y, o'z fanini yaxshi biladigan pokiza, toza ozoda yurish va turishida namuna boiishini talab etadi. Bu g'oya to'g'ri va adolatli talabdir. Agar tarbiyachi o'rnak bo'lmasa, aytgan gapiga o'zi rioya qilmasa, uning tarbiyasi samarasizdir.
- Beruniy ta'lim tarbiyaga o'quvchilarning diqqatini jalb qilish, mashg'ulotlar davomida o'quvchini zerikib qolmasligi uchun ta'lim olishning turli yo'llari, shakl va metodlari ustida to'xtalgan. U shunday deb yozadi, «Bizning maqsadimiz o'quvchini toliqtirib qo'ymaslikdir. hadeb bir narsani takrorlash zerikarli bo'ladi, materialga nisbatan salbiy munosabat shakllanadi. Agar o'quvchi bir masaladan, boshqa bir masalaga o'tib tursa, u xuddi-turli-tuman bog'-rog'larda sayr qilgandek boiadi, bir bog'dan o'tar o'tmas, boshqa bir bog' boshlanadi. Kishi ularning hammasini ko'rgisi va tomosha qilgisi keladi. Har bir yangi narsa kishiga rohat bag'ishlaydi deb behuda aytilmagan». Olimning so'zlarida uning bilim berish yo'llari haqidagi qarashlari ham bayon etilgan.
Birinchidan — ilmiy bilimlar turli mavzulardan iborat bo'lishi, o'quvchini zeriktirmasligi, xotirasiga malol kelmaslikni ko'zda tutadi. - Birinchidan — ilmiy bilimlar turli mavzulardan iborat bo'lishi, o'quvchini zeriktirmasligi, xotirasiga malol kelmaslikni ko'zda tutadi.
- Ikkinchidan — bunday usul boshqa tadqiqotchilarning o'qib o'rganuvchining mehnatini yengillashtirishga qaratilgan.
- Uchinchidan — borliqdagi hodisalarni har tomonlama o'rgan-masdan ilmiy bilimlar doirasini aniqlab olish qiyin bo'lishini ta'kidlaydi.
- Beruniy ilm olishga kirishni quyidagicha ta'kidlaydi: «Ilm dargohiga kirar ekansan, qalbingni, ko'ngilni ozdiruvchi illatlardan, odamni ko'r qilib qo'yadigan holatlardan, chunonchi, qotib qolgan urf-odatlardan, hirsdan, raqobatdan, ochko'zlikning quli boiishdan o'z hokimligi uchun kurashishdan ozod boimog'ing darkor».
Do'stlaringiz bilan baham: |