Dalolatnoma korxonada 45 yil davomida saqlanadi. Jarohat sababini aniq bilish uchun baxtsiz hodisa sabablari puxta o’rganilishi kerak, chunki bu baxtsiz hodisalarning oldini olish imkonini beradi. O’rganish davomida har bir baxtsiz hodisaning moddiy oqibati belgilanadi. Tekshirish natijalari keng yoritilishi va barcha ishchilarning diqqatini jalb qilishi kerak, chunki bu axborotlar o’xshash baxtsiz hodisalarning oldini olish imkonini beradi. Baxtsiz hodisalar haqida korxona maxsus (9-T shaklida) yarim yillik hisobot tayyorlab, yuqori tashkilotlarga, kasaba uyushmasi kengashiga, statistika boshqarmasiga yuboradi. Nizomga binoan to’rt mehnat kunidan ortiq kun yo’qotilishiga sabab bo’lgan baxtsiz hodisalar hisobga kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |