Tashkiliy sabablar - xavfsizlik texnikasi, sanoat sanitariyasi va yong’in xavfi bo’yicha, yo’riqnomaning umuman o’tkazilmaganligi yoki sifatsiz o’tkazilganligi;
- ish joylarining noto’g’ri tashkil etilganligi, korxonalarning va shaxsiy himoya vositalarining shu ish jarayoniga mos kelmasligi;
- ish joylari, yo’lak va transport yo’llarining to’silib qolishi;
- tsexlarni va konstruktiv elementlarni changdan sifatsiz tozalash;
- dastgoh va mashinalarni sozlash jadvallarining buzilishi;
- mos kelmaydigan asbob va uskunalarni qo’llash;
- mehnat muhofazasi haqidagi qonun va yo’riqnomalarning buzilishi;
- ish vaqtidan tashqari ishlash;
- mehnat muhofazasi tadbirlarini targ’ibot va tashviqot qilish ishlarining sustligi;
Do'stlaringiz bilan baham: |