Ikkinchi darajali masala ob’ekt ko‘rinishini zarur samaraga ega bo‘lish maqsadida bir muncha o‘zgartirishni talab etadi. Bunda bir necha o‘nlab variantlarni tanlash mumkin. Bunday masalalarni echish vositalari bir soha bilimlariga tegishli bo‘ladi. Uchinchi daraja masalalarining to‘g‘ri echimi yuzlab noto‘g‘ri echimlar orasida yashiringan bo‘ladi, chunki takomillashtirilayotgan ob’ekt jiddiy o‘zgartirilishi zarur. Bu daraja masalalarning echish usullarini o‘xshash soha bilimlarida izlashga to‘g‘ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |