HAYOLNING TURLARI - Tushlar – uyquda yuzaga keladigan ixtiyorsiz obrazlar bo`lib, ular tez unitilishi yoki uzoq muddatga saqlanishi mumkin.
- Orzu – inson ongidagi real va noreal tasavvurlar bilan bog`liqdir.
- Aktiv hayol – insonning hayotiy rejalarini, xohish – istaklarini amalga oshirishda o`z aksini topadi. Masalan: yangi avtomabil yaratish, GESS qurilishi rejasini tuzish shularga misoldir. Reproduktiv hayolda aniq real vazifani amalga oshirish maqsad qilib qo`yiladi. Unda fantaziya elementlari mavjud bo`ladi.
- Produktiv (ijodiy) hayol - bizning tajribamizda mavjud bo`lmagan obraz va ob’ektlarni yaratish bilan bog`liq bo`lgan hayol turidir. Masalan: Ixtirochi, yozuvchi yangi narsa yaratadi.
- Ijodiy hayol - san’atning barcha turlarida ifodalanadi va aks etadi.
- Tasavvur hayoli deb hozir yoki o`tmishda aslida bo`lgan bo`lsada, lekin bizning tajribamizda hali uchramagan va biz idrok qilmagan narsa va hodisalar to`g`risida tasavvur va obrazlar yaratishdan iborat bo`lgan hayol turiga aytiladi.
Hayol jarayoni natijasida hayol obrazlari yuzaga keladi. Ular ertak, ilmiy fantastik, mistik bo`lishi mumkin. Badiiy obraz yaratilish jarayoni ma’lum texnologiyaga ega bo`lib, avval obrazga asos solinadi keyin u ustida analitik ish olib boriladi, so`ng g`oya amalga oshiriladi. - Hayol jarayoni natijasida hayol obrazlari yuzaga keladi. Ular ertak, ilmiy fantastik, mistik bo`lishi mumkin. Badiiy obraz yaratilish jarayoni ma’lum texnologiyaga ega bo`lib, avval obrazga asos solinadi keyin u ustida analitik ish olib boriladi, so`ng g`oya amalga oshiriladi.
- Xayol yoki fantaziya, tafakkur kabi yuksak bilish jarayonlariga kiradi va faqat odamlarga xos bo’lgan faoliyatlarda yuzaga chiqadi. Mehnatning tayyor natijasini xayolga keltirmay turib, ishga kirishib bo’lmaydi. Fantaziya yordamida kutilayotgan natijani tasavvur qilish - inson mehnatining hayvonlar instinktiv harakatlaridan tubdan farqidir.
- XAYOL inson ijodiy faoliyatining zarur elementi bo’lib, mehnatning oxirgi va oraliq mahsulotlarida o’z ifodasini topadi. Xayol mehnat natijalarini narsalarda gavdalantirishga undaydi va shuning bilan birga muammoli vaziyat aniq bo’lmagan hollarda ish-harakat programmasini tuzishni ta’minlaydi.
- Xayol tafakkur singari, muammoli vaziyatda, ya’ni masalani yechishning yangi usullarini qidirib topishda yuzaga keladi. ehtiyojlarni qondirishning real jarayonidan oldin ehtiyojlarni qondirishning soxta, xayoliy jarayoni sodir bo’ladi.
- Muammoli vaziyatda masalani hal qilish uchun biz tushunchalarga (bilimlarga) va obrazlarga suyanamiz. Ko’pincha bu ikkala vosita ham birgalikda qo’llaniladi. Ammo ulardan qaysi birining ustunligi muammoli vaziyatning xarakteriga bog’liq.
- Agar muammoli vaziyat ko’p jihatdan o’zining noaniqligi bilan ajralib tursa, dastlabki ma’lumotlarni aniq analiz qilish juda qiyin bo’lsa xayol mexanizmlari ishga tushadi.
- Xayol o’zining faolligi va aktivligi bilan xarakterlanadi. Shu bilan birga xayol kishini faollikka undovchi kuch, turtki sifatida ham ishlaydi. Lekin ayrim hollarda xayol faoliyatning o’rnida, ya’ni soxta faoliyat sifatida harakat qilishi mumkin. Odam og’ir ahvolga tushganda, biror masalani yecha olmaganda, o’z xatolaridan qochishga harakat qilgan kabi hollarda u foydasiz orzularga, real hayotdan uzoq fantastika olamiga kirib ketishi mumkin. Bunday hollarda kishi amalga oshirib bo’lmaydigan ish-harakat rejalarini tuzadi. Xayolning bunday turi PASSIV XAYOL deb ataladi.
- Ixtiyoriy ravishda yuzaga keltirilgan, lekin hayot bilan, real hayotdagi faollikka olib kelmaydigan passiv xayol turi
Do'stlaringiz bilan baham: |