kasallanganlar soni).
Ko’rilgan choralar samarasida Qoraqalpog’iston Respublikasida nuqson
bilan tug’ilgan go’daklar soni 1997-yilga nisbatan 3,1 barobar, onalar o’limi 2
barobar, chaqaloqlar o’limi esa 2,4 barobarga qisqardi. Axolini toza ichimlik
suvi va sifatli dori-darmon vositalari bilan ta’minlash, ularning sanitar-
epidemologik holatini yaxshilashga doir ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida
axoli o’rtasida oshqozon-ichak, nafas olish va ayirish sistemasi kasalliklari bilan
og’rigan bemorlar soni ancha kamaydi.
Orolbo’yida ishsizlikning oldini olish hamda baliqchilikni rivojlantirish
maqsadida 3 ta yirik ko’l birlashtirilishi rejalashtirilgan. Qoraqalpog’iston
Respublikasining Mo’ynoq tumanidagi Jiltirbos, Sudochye va Ribachye ko’llari
nazorati tuman hokimiyati qoshida barpo etiladigan “Mo’ynoq akvasanoat”
davlat unitar korxonasiga topshirildi. Uning nizom jamg’armasi 200 mln so’m
etib belgilangan.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2016 yil 6 maydagi
“Qoraqalpog’iston Respublikasida baliqchilik sohasini yanada rivojlantirish
chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga muvofiq, Jiltirbos (17280 ga), Sudochye
(19000 ga) va Ribachye (3000 ga) tabiiy suv xavzalari doimiy foydalanish
uchun yangi tashkil etilgan korxona ixtiyoriga berilgan. Mo’ynoq akvasanoat
davlat unitar korxonasi zimmasiga:
- baliq chavoqlarini yetishtirish bo’yicha baliq pitomniklari va inkubatsiya
sexlari barpo etish;
- baliqlarni qafasda yetishtirish texnologiyalarini joriy etish;
- xavaskor hamda sport baliqchiligi va baliqchilik sayohatini rivojlantirish
vazifalari yuklatiladi.
Hisob-kitoblarga ko’ra, 2020 yilga borib, “Mo’ynoq akvasanoat” DUK
yiliga 350 tonna baliq yetishtiradi. 2016 yilda bu raqam 450 tonnani tashkil
etishi ko’zda tutilgan. Baliqlar uchun yuqori darajadagi oqsilli ozuqalarni ishlab
chiqarish uchun “Mo’ynoq akvasanoat”ga 100 ga hajmdagi ekin maydoni
ajratiladi. 2017-2018 yillarda korxona bazasida yiliga 375 tonna miqdorida
qayta ishlangan baliq va yarim fabrikantlar ishlab chiqarish quvvatiga ega sex
barpo etish belgilangan. Korxonada, shuningdek, 300 tonna sig’imga ega
muzlatkichli saqlash kameralari ham bunyod etiladi. Yil oxiriga qadar 2017-
2020 yillarda Mo’ynoq tumanida ekoturizm soxasini rivojlantirish dasturi ishlab
chiqilishi lozim. Unda xavaskorlik va sport maqsadida baliq ovlashni
rivojlantirish, shuningdek, Jiltirbos, Sudochye va Ribachye suv xavzalari
hududida turizmni rivojlantirish uchun qirg’oq bo’yicha infratuzilmalarini
rivojlantirish ko’zda tutilgan. Qarorda qayd etilishicha, ko’rsatib o’tilgan
choralar yangi ish o’rinlarini yaratish va axolini yuqori sifatli baliq maxsulotlari
bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: