oqimida joylashgan Turkmanistonning suv xo`jalik tumanlarida murakkab
meliorativ holat kelib chiqmoqda. Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimlarida
ko`pchilik maydonlar qoniqarsiz meliorativ ahvoli bilan 3 va 4 kategoriyaga
mansub yerlar hisoblanadi, sho’rlangan, kuchli sho’rlangan maydonlar 35-70 %
ni tashkil etadi.
Tuproqlarning sho’rlanishi hisobiga qishloq xo`jalik maxsulotlari hosili
O`zbekistonda - 30%, Turkmanistonda 40 %, Qozog’istonda - 33%,
Tojikistonda – 19%, Qirg’izistonda - 20 % ga pasayib ketdi. Kuchli sho’rlangan
yer osti suvlarning joylashishi cho’llanish jarayonini kuchaytirmoqda.
Amudaryo va Sirdaryo qirg’oqlarining pasayishi natijasida daryolarning quyi
qismida suv toshqinlarini kamaytirib yuboradi. Bu o`z navbatida to’qay
o`simliklari maydonlarini qisqarishiga, ilgari gumusga boy bo`lgan o’tloqi -
botqoqli tuproqlar, unumsiz o’tloq taqir cho`l, qumli tuproqlarga aylanishga olib
keladi.
Orol bo`yining sanitar - epidemiologik axvoli nihoyatda og’ir, axolini
markazlashtirilgan toza suv bilan ta'minlash 29-67 % ni tashkil etadi.
Sutemizuvchi hayvonlar va qushlar kamayib ketdi. Qurigan maydonlar aholi
uchun xavfli kasalliklarni tarqatuvchi kemiruvchilar bilan to’lib bormoqda.
Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimlarida suvning sifati yomonlashdi hamda
ichish uchun yaroqsiz bo`lib qoldi. Ekologik tizimlar, o`simlik va hayvonlar
chuqur inqirozga uchrayapti.
Eng yomon ahvol Janubiy Oroldir. Ushbu mintaqa o`z ichiga shimoliy
g’arbiy Qizilqum, Zarunguz, Qoraqum, Janubiy Ustyurt va Amudaryo deltasi
kabi landshaft komplekslarini oladi. Aholining yarmi ifloslangan ochiq suv
havzalaridan foydalanadi.
Orol dengizi suv sathining mutloq pasayishi dengiz bo’yi hududlarda
iqlim sharoitlarining o’zgarishiga sabab bo’lmoqda. Ilgari dengiz vaqtida qish va
kuz oylarida Sibirdan keladigan sovuq shamollarni yumshatadigan, yoz oylarida
esa issiq afg’on shamollarini namlovchi konditsioner xizmatini bajargan. So’ngi
yillari janubiy Orol mintaqasida iqlimning qurg’oqlashuvi natijasida vegetativ
mavsumlar 170 kunga qisqarib, yoz mavsumi quruqlashishiga, qish mavsumi
esa cho’zilib sovuqlashishiga sabab bo’lmoqda. Iqlimning qurg’oqlashuvi va
suv tanqisligiga bog’liq o’tloqli yerlarning hosildorligi 50 foizga, daryo
vodiylaridagi o’simliklar hosildorligi 10 marta qisqarib, o’simlik va hayvonot
dunyosining degradatsiyalanishiga olib keldi.
Janubiy Orol mintaqasida iqlim qurg’oqlashuvi natijasida atmosfera
yog’in sochinlarning pasayishiga, o’rtacha 150-200 mm ayrim mavsumlarda
undan ham kam kuzatiladi. Orol bo’yi hududlarining iqlimiga xos
xususiyatlaridan biri yil davomida chang-to’zonli shamollarning (20-25 m/s)
qaytalanib turishidir. Yoz oylarida havo harorati (+49°C) keskin ko’tarilib, havo
namligi 10 % ga tushsa ham potensial bug’lanish yiliga 1700 mm tashkil qiladi.
Bu esa Quyi Amudaryo hududidagi sho’rlanish va cho’llanish natijasida 500
ming ga ekin maydonlarini yo’qotilishiga olib keldi.
Bu Orol bo’yi hududlarida geoekologik muammolarning murakkablashuvi
xalq xo’jaligida ishlab chiqarish tarmoqlarining hosildorligiga va ayniqsa aholi
salomatligiga salbiy tasirini ko’rsatmoqda.
Qoraqalpog’iston Respublikasi aholisi umumiy kasallanish darajasi 1990
yilga nisbatan tug’ma anemiya kasalligi - 6,8 martaga, yurak xastaligi -8,7
martaga, gipertoniya kasalligi -17 martaga, oshqozon ichak kassalligi - 5
martaga, buyrak tosh kasalligi - 17 martaga, asab kasalligi - 12 martaga,
surunkali artrit - 3,8 martaga, nefrit - 18 martagacha ko’paygan. Bu O’zbekiston
viloyatlari ko’rsatkichlariga nisbatan - 6 marta ko’pdir.
Do'stlaringiz bilan baham: