Xromatografik tahlil xususiyatiga ko`ra 3 xil: 1. Ajralish mеxanizmi. 2. Tajriba tamoyili. 3. Harakatchan va qo`zg`almas fazalarning agrеgat holatiga ko`ra tasniflanadi. Ajralish mеxanizmi (tamoyili)ga ko`ra tasnif 1) Adsorbsion xromatografiya. Ajratiluvchi moddalarni turli adsorbsion (shimilish) xususiyatiga asoslangan. Misol. Silikagеl (adsorbеnt) to`lg`azilgan shisha nay (kolonka) orqali Сu 2+ va Со2+ ionlar aralashmasi o`tkazilsa kolonkani ustki havorang qatlami ostida pushti rang qatlam kuzatiladi. Mazkur tajribadan pushti rangli Со2+ kationiga nisbatan Сu 2+ kationi kuchliroq shimilishini anglash mumkin. Kolonka suv bilan yuvilganda bu 2 xil rangli sohalar bir-biridan ajraladi.