Xavoni zaxarli moddalardan tozalash Reja: Atmosferaning tuzilishi va asosiy xususiyatlari. Atmosferada gazlar balansining o’zgarishi



Download 22,99 Kb.
bet2/2
Sana06.07.2022
Hajmi22,99 Kb.
#743816
1   2
Bog'liq
mexnat muxofaza

Havoni tozalash - uy-joy, jamoat va sanoat binolaridagi havoni texnik vositalar yordamida chang va boshqa zararli moddalardan tozalash; havo ventilyatsiya va havoni konditsirlash tizimlari yordamida tozalanadi. sanoat korxonalarida texnologik jarayonlar vaqtida ajralib chiqadigan va ifloslangan havo atmosferaga chiqarishdan oldin tozalanadi.
Havoni tozalash vositalari havoning ifloslik darajasiga va tozalashga qoʻyiladigan talabga qarab tanlanadi. Binolarga beriladigan havoni tozalashda koʻplab qoʻllanadigan qurilmalardan biri — havo filtrlaridir. Bunday qurilmalar ventilyatsiya va konditsirlash tizimlari tarkibiga kiradi. Ular yordamida binolardan atmosferaga chiqarib yuboriladigan (retsirkulyatsion) havoni ham tozalash mumkin. Retsirqu-lyatsion havo tarkibida chang koʻp boʻlsa, u avval chang yutkichlarda tozalanadi.
Sanoat binolarida texnologik jarayonlar natijasida ifloslangan havoni tozalash va zararsizlantirish uchun turli filtrlar, chang va gaz tutkichlar, chang choʻktirgich kameralar, sik-lonlar va boshqa uskunalar qoʻllanadi. If-loslangan havo tarkibidagi qattiq zar-ralar (mas, uchuvchi kullar)ni tutish uchun mexanik kul tutkichlar — sik-lonlar, multitsiklonlar hamda nam kul tutkichlardan foydalaniladi. Sik-lonlarning foydali ish koeffitsiyenti (f.i.k.) 40—70%, qarshiligi 70– 80 mm suv ustuniga teng , tuzilishi sodda, ishlatishi qulay, biroq biroz qoʻpolroq. Multiiiklonlar ancha ixcham, ishi ham samarali. Nam kul tutkichlar xavoni yaxshi tozalaydi, ammo ish jarayonida koʻp suv talab qiladi.
Barcha eski fabrikalar chang yertulalariga ega. Ular savash sexi tagidagi yertulaga joylashgan katta umumiy xona shaklida yoki aloxida kanallar umumiy yertulaga birlashgan shaklda bo’ladi. Bu yertulalarda havoning tezligi 0,125-0,2 m/s dan oshmasligi kerak. Chunki havo bilan aralashgan chang zarrachalari tezligini yukotib, uz ogirlik kuchi evaziga o’tirishi kerak. Shuning uchun bu yertulalar ancha katta ulchamlarga egadir. Bu yerdagi havo okimi nixoyatda sokin bulib, girdoblar xosil kilmasligi kerak. Shu bilan birga havo bosimi 29,4 Pa dan oshmasligi kerak. Tozalangan havoni chiqarib yuborish uchun chang minorasi quriladi. Chang minorasi bino tomining eng yukori nuqtasidan kamida 3 m baland bo’lishi kerak. Yertulaning balandligi 2-3 m, agarda kanal bulsa, uning ulchamlari odatda 1,4x0,75 m bo’ladi.
Chang yertulalari kator kamchilik va nuksonlarga egadir. Ularni kurish va ekspluatatsiya qilish katta mablag talab kiladi. Sexdagi havoni 15-20 karra almashtirilganda kish vaqtida sex xarorati pasayib ketadi, nisbiy namlik xam meyordagidan oshib ketadi, natijada issiklikning kup sarf bo’lishiga olib keladi. Atmosferaga chiqarib yuboriladigan havodagi changlanganlik darajasi yukori bo’lganligi uchun bu havoni sexga kaytib berib bo’lmaydi. Eski fabrikalarni rekonstruksiya qilishda shu narsa aniqlanayaptiki, zamonaviy titish va savash agregatlarining kuvvatlari va undan suriladigan havoning hajmi xam katta bo’lganligi uchun chang yertulalarining hajmi kichiklik qilib kolayapti. Havoning bosimi va tezligi oshib, girdoblar paydo bo’lishi kuzatilayapti. Natijada, havo orqaga kaytib sexdan surilishi urniga, sexga chikib ketishi kuzatilayapti.
Chang yertulalari urniga bir pogonali va ikki pogonali maxsus retsirkulyatsion filtrlar FT-1 va FT-2 lar qo’llanilmokda.
5-rasmda ikki pogonali FT-2 retsirkulyatsion filtrining sxemasi ko’rsatilgan. Changli havo mashinalardan kuvur 1 dan surilib, diffuzor 2 orqali ventilyator 3 bilan turli baraban 4 kamerasiga yuboriladi va uning mayda turli yuzasidan o’tib ichki qismiga tozalanib o’tadi. Baraban mayda yacheykali tur bilan koplanadi (1 sm2 da 100-120 yacheykalar bor). Turli barabanning yuzasida kalta tolalar va chang zarrachalaridan iborat katlam xosil bulib, havoni tozalashda asosiy rol uynaydi. Baraban 4 juda sekin (60-300 mino’tda 1 marta) aylanib, yuzasida xosil bo’lgan katlam zichlashtiruvchi valik 5 orqali ajralib, bunker 6 ga tushadi. Sexga chang chikmasligi uchun turli barabanning ustki kopkok 7 bilan yopilgan. Birinchi pogona hisoblangan turli barabandan o’tgan havo uning ikki chetidan havo kuvuri 8 orqali (punktir bilan ko’rsatilgan) tozalashning ikkinchi pogonasi hisoblangan, filtrlovchi matodan tikilgan yengsimon filtrlar 9 ga yunaltiriladi. Odatda filtrlovchi mato sifatida 378-art. diagonal mato va 461-art. buyalmagan vegon movo’ti ishlatiladi. Yengsimon filtrlarning ichki yuzasiga o’tirgan kalta tola va chang katlamining ortishi bilan filtrning qarshiligi orta boradi va havo okimining xarakat maromi sezilarli ravishda uzgaradi.
Yengsimon filtrlar xar 3-4 soatda pnevmatik ravishda tozalab turiladi va yenglardan changli tushirish uchun maxsus titratuvchi mexanizm ishga tushiriladi. Shu paytda 10 va 11 klapanlar ochilib, yigilgan chang bunkerga tushadi. Bu filtrlarning changli havoni tozalash samaradorligi kuyidagi rakamlardan yakkol ko’rinib turibdi: tarash mashinasidan keyin changlanganlik 90 mg/m3 bulsa, changli havoni tozalashning birinchi pogonasidan (turli baraban) keyin - 13 mg/m3 ni va ikkinchi pogonasidan (yengli filtrlar) keyin esa - 1,0 mg/m3 ni tashkil kiladi. Bitta shunday filtr soatiga 8-9 m3 changli havoni tozalaydi. Bir metr matoga to’g’ri keladigan havo hajmi 150-200 m3/soat bulsa, bunday filtrlar kanoatlantirarli ishlaydi. Yengsimon filtrlarni titish va savash agregatlarining ventilyatorlariga bevosita ulash yaxshi samara bermaydi, chunki 2-3 soat ishlagandan keyin undagi bosim 20 mm suv ustuniga ko’tariladi va filtrning havo o’tkazish kobiliyati 25-30% gacha pasayib ketadi. Xar bir ikki pogonali filtr 12 ta matoli yenglar bilan ta’minlangan bo’ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. А. Қ. Қудратов Меҳнат муҳофазаси. Тошкент- 1995.

  2. Arxiv.uz

  3. Referat.uz.

  4. Aim.uz.




Download 22,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish