Xavfsizlikka tahdid: korrupsiya taraqqiyot kushandasi



Download 78,73 Kb.
Pdf ko'rish
Sana30.12.2021
Hajmi78,73 Kb.
#195226
Bog'liq
29 02 2016 xavfsizlikka tahdid korrupsiya taraqqiyot kushandasi



Xavfsizlikka tahdid: korrupsiya taraqqiyot kushandasi 

 

«Hech shubhasiz, mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashning darajasi, uning 



amaliy  samarasi  ko‘p  jihatdan  huquq-tartibot,  prokuratura  va  sud  organlari 

tizimining  o‘zida  bu  illatga  qarshi  qanday  kurash  olib  borilayotgani  bilan 

bog‘liqdir». 

 

I.Karimov 

 

Ma’lumki,  korrupsiya  har  qanday  jamiyatning  siyosiy  va  iqtisodiy 



rivojlanishiga  zarar  yetkazadi,  davlatning  konstitutsiyaviy  asoslarini  hamda 

jamiyatning  ma’naviy-ahloqiy  asoslarini  yemiradi,  dekmokratik  institutlar  va 

qonunustivorligini  kuchsizlantiradi,  fuqarolarning  huquq  va  erkinliklarini  jiddiy 

tarzda buzilishiga olib keladi. Korrupsiya uyushgan jinoyatchilikni, terrorizmni va 

insoniyat  xavfsizligiga  qarshi  qaratilgan  boshqa  tahdidlarning  o‘sishiga  yordam 

beradi. 


Bejiz  emaski,  muhtaram  yurtboshimiz  ushbu  muammoga  doimo  katta 

ahamiyat  berib  kelmoqdalar  va  mamlakatimiz  hayotiga  tahlika  solayotgan  turli 

xavf-xatarlar  haqida  gap  yuritib,  birinchi  galda  amaldorlar  orasidagi  korruptsiya, 

poraxo‘rlik, tamagirlik kabi jinoyatni ichidan yemiradigan, yaramas illatlarni yo‘q 

qilishga alohida e’tibor berish zarurligini bir necha bor ta’kidlab o‘tganlar. 

Korrupsiya  –  illat,  korrupsiya  –  taraqqiyot  kushandasi.  Mamlakatimizda 

mustaqillik  yillarida  ushbu  illatga  qarshi  kurash  qator  chora  tadbirlar  kompleksi 

ishlab chiqilib, samarali amalga oshirilib kelinmoqda. 

Korrupsiyaga qarshi kurash sohasida xabardorligi darajasini oshirish va ularga 

axborot  berish  maqsadida  joriy  yilning  26-fevral  kuni  O’zbekiston  avtomobil  va 

daryo  transporti  agentligida  “Xavfsizlikka  tahdid  :  korrupsiya  taraqqiyot 

kushandasi”  mavzusiga  bag‘ishlangan  tadbir  bo‘lib  o‘tdi.  Unda,  O’zbekiston 

Respublikasi  “Ma’naviyat  targ‘ibot  markazi”ning  huquqiy  targ‘ibotlar  bo‘yicha 

katta inspektori Muhammadali Eshnazarovning ma’ruzasi tinglandi. 

-  O’zbekistonda  ham  korrupsiyaning  oldini  olishga  qaratilgan  xalqaro 

hujjatlar  ratifikatsiya  qilingan  bo‘lib,  korruptsiya  va  jinoyatchilikka  qarshi  milliy 

qonunchilik  tizimi  yaratilgan,  deydi  Muhammadali  Eshnazarov.  -  O’zbekiston  bu 

borada  qat’iy  qadam  tashlab  bormoqda.  Xususan,  1997-yilda  qabul  qilingan 




O’zbekiston  Respublikasining  Milliy  xavfsizlik  konseptsiyasida  korruptsiya 

mamlakatning  milliy  xavfsizligiga  tahdidlardan  biri,  deya  e’tirof  etildi.  Shu 

maqsadda  “Jamiyatda  huquqiy  madaniyatni  yuksaltirish  Milliy  dasturi”  qabul 

qilinib, hayotga  tatbiq  etildi. Mamlakatimiz  2008-yil 7-iyulda BMTning  yuqorida 

ko‘rsatib o‘tilgan Konventsiyasiga qo‘shildi. Davlatimiz rahbarining 2012-yilning 

29-oktabrda  qabul  qilingan  “Korruptsiyaga  qarshi  kurash  to‘g‘risida»gi  qonun 

loyihasini  tayyorlash  chora-tadbirlari  dasturi  haqida”gi  Farmoyishi  ushbu 

yo‘nalishda amalga oshirilayotgan choralarni yanada kuchaytirdi. 

Ma’ruzachi,  korrupsiyaning  demokratiya  va  huquq  ustuvorligi  asoslariga 

putur  yetkazishi,  inson  huquqlari  buzilishiga  olib  kelishi,  hayot  sifatini 

yomonlashtirishi va milliy  xavfsizlikka  tahdid solishi  haqida  fikr  yuritib, bugungi 

kunda  mamlakatimizda  amalga  oshirilayotgan  islohotlar  natijasida  yurtimizda 

korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida mustahkam huquqiy baza va aniq tizim 

shakllanganligini ta’kidladi. 

Aytish joizki, hozirgi kunda dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan eng 

birlamchi masalalardan biri korrupsiya muammosidir. Shu bois unga qarshi kurash 

xalqaro  miqyosga  ko‘tarilib,  jahon  siyosatining  muhim  masalalaridan  biriga 

aylandi. Binobarin, ushbu illat nafaqat islohotlar yo‘liga jiddiy to‘siq bo‘lishi, balki 

o‘tish davrida belgilangan maqsadlarga erishishga ham bevosita tahdid tug‘dirishi 

barchaga ma’lum. 

Mamlakatimizda 

mazkur 


muammoga 

qarshi 


kurash 

masalasiga 

mustaqillikning  dastlabki  kunlaridanoq  jiddiy  e’tibor  qaratib  kelinayotir.  O’tgan 

davr  mobaynida  korruptsiya  va  jinoyatchilikka  qarshi  kurashish  hamda  uning 

oldini olishga qaratilgan  mustahkam  huquqiy  baza va tizimli  amaliyot shakllandi. 

Eng  avvalo,  respublikamizda  Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti  homiyligida  qabul 

qilingan  EKOSOSning  Korruptsiyaga  qarshi  kurash  rezolyutsiyasi,  Davlat 

mansabdor  shaxslarining  xalqaro  axloq  kodeksi,  xalqaro  tijorat  tashkilotlarida 

korruptsiya  va  poraxo‘rlikka  qarshi  kurash  haqidagi  deklaratsiya,  Millatlararo 

uyushgan  jinoyatchilikka  qarshi  kurash  konventsiyasi  va  boshqa  xalqaro 

hujjatlarning qabul qilingani mazkur illatga qarshi kurashda muhim omil vazifasini 

o‘tamoqda. 

Ma’ruza  mavzu  yuzasidan  savol-javob  va  qizg‘in  munozaralarga  ulanib, 

yig‘ilganlar juda zarur ijtimoiy-huquqiy bilimlarga ega bo‘ldilar. 

Tadbirda  Agentlik  Markaziy  apparati,  ATRNTT  Respublika  markazi, 

Avtodaryotrans-Ilm  davlat  ilmiy-metodik  markazi,  Agentlikning  Toshkent  shahri 



va viloyati hududiy bo‘limlari xodimlari ishtirok etishdi. 

Download 78,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish