Qasddan xavfsizlikka tahdid turlari. .
Axborot xavfsizligini buzuvchi, odatda ma'lum malakali mutaxassis bo’lgan holda kompyuter tizimlari va tarmoqlari xususan, ularni himoyalash vositalari xususida barcha narsalarni bilishga urinadi. Shu sababli buzuvchining modeli quyidagilarni aniqlaydi:
- buzuvchi bo’lishi mumkin bo’lgan shaxslar kategoriyasi;
- buzuvchining bo’lishi mumkin bo’lgan nishonlari va ularnnng muhimlik va xavfsizlik darajasi bo’yicha rutbalanishi;
buzuvchining malakasi xususidagi taxminlar va uning texnik qurollanganligining bahosi;
buzuvchining harakat xarakteri bo’yicha cheklashlar va taxminlar.
Tizimdan ruxsatsiz foydalanishga majbur etish sabablarining diapazoni yetarlicha keng: kompyuter bilan o’ynaganidagi hayajon ko’tarinkiligidan to "jirkanch" menejer ustidan hokimlik hissiyotigacha. Bu bilan nafaqat ko’ngil ochishni xohlovchi havaskorlar, balki professional dasturchilar ham shug’ullanadi. Ular parolni tanlash, faraz qilish natijasida yoki boshqa xakerlar bilan almashish yo’li orqali ko’lga kiritadilar. Ularning bir qismi nafaqat fayllarni ko’rib chiqadi, balki fayllarning mazmuni bilan qiziqa boshlaydi. Bu jiddiy tahdid hisoblanadi, chunki bu holda beozor sho’xlikni yomon niyat bilan qilingan harakatdan ajratish qiyin bo’ladi.Yaqin vaqtgacha rahbarlardan norozi xizmatchilarning o’z mavqelarini suiiste’mol qilgan holda tizimni buzishlari, undan begonalarning foydalanishlariga yo’l qo’yishlari yoki tizimni ish holatida qarovsiz qoldirishlari tashvishlantirar edi. Bunday harakatlarga majbur etish sabablari quyidagilar:
- hayfsanga yoki rahbar tomonidan tanbehga reaksiya;
- firmani qandaydir yangi tuzilayotgan firmaga raqib sifatida zaiflashtirish maqsadida qasos olish kabi yomon niyat.
Rahbardan norozi xodim jamoa foydalanuvchi hisoblash tizimlariga eng katta tahdidlardan birini tug’diradi. Shuning uchun ham xakerlar bilan kurashish agentligi individual kompyuter sohiblariga jon deb xizmat ko’rsatadilar.
Professional xakerlar hisoblash texnikasini va aloqa tizimini juda yaxshi biladigan kompyuter fanatlari (mutaassiblari) hisoblanadi. Tizimga kirish uchun professionallar omadga va farazga tayanmaydilar, balki qandaydir tartibni va tajribani ishlatadilar. Ularning maqsadi - himoyani aniqlash va yo’qotish, hisoblash qurilmasining imkoniyatlarini o’rganish va maqsadiga erishish mumkinligi to’g’risida qarorga kelish.