Xavfsizlik texnikasi qoidalari 5-sinf
1. Mazsus kiyimdagi barcha tugmalar qadalishi, kiyim yengidagi manjet qo’l uchini siqib turishi kerak. Sochlaringizni bosh kiyimingiz to’liq yopib turishi lozim.
2. Faqatgina o’qituvchi tomonidan berilgan topshiriqni, belgilangan tartibga rioya qilgan holda bajaring. Vazifalarni bajarishda tana holatini to’g’ri saqlashga e’tibor bering.
3. O’qituvchi ruxsatisiz dastgohda ishlamang, ularning siz uchun notanish bo’lgan qurilmalariga tegmang. Ishni o’qituvchi tushuntirgan tartibda bajaring va unda keltirilgan asbob-uskunalardan foydalaning.
4. Faqat soz holatdagi asbob-uskunalardan foydalaning, ularni belgilangan vazifasiga ko’ra ishlating. Asbob-uskunalarni o’z ishingiz uchun qulay holda joylashtiring.
5. Ish joyiga qirindi, chang va chiqindilarni faqat ilgak, cho’tka va boshqa yordamchi vositalar bilan tozalang.
6. Ish vaqtida chalg’imang, o’rtoqlaringizning vazifani bajarishiga xalaqit bermang.
7. Mehnat uchun xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmaganda yoki shikastlanish holati yuz berganda darhol o’qituvchiga xabar qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |