Xavfsizlikni ta’minlash yo‘llari va usullari
Inson yashaydigan muhit – insonning hayotiy faoliyati, sog‘ligi va nasliga ta’sir etuvchi fizikaviy, kimyoviy, biologik, ijtimoiy va turli axborotlar ko‘rinishidagi omillar bilan xarakterlanadi. Ularni “Inson-yashash muhiti”, “Inson-ishlab chiqarish muhiti”, “Inson-shahar muhiti”, “Inson-tabiiy muhit”, “Inson-maishiy muhit” kabi guruhlarga ajratish ham mumkin. Inson u yoki bu muhitda o‘zining moddiy yoki ma’naviy manfaatlarini (birinchi galdagi maqsadi) qondirish maqsadida faoliyat olib boradi va yuqorida ta’kidlangan omillar bilan to‘qnash keladi. SHu sababli, insonda o‘zini ushbu xavfli va zararli omillardan himoyalash maqsadi (ikkinchi galdagi) hosil bo‘ladi. Birinchi maqsad ikkinchi maqsaddan ustun kelgan hollarda tavakkalchilikka yo‘l qo‘yadi, ya’ni xavfga qarshi boradi.
Texnosfera - inson tomonidan biosferani o‘zining material va ijtimoiyiqtisodiy manfaatlariga mos keltirish maqsadida turli xil texnik vositalar yordamida o‘zgartirilgan qismi ( shahar hududi, ishlab chiqarish hududi va b.).
Texnosfera sharoitida negativ ta’sirlar texnosfera elementlari insonlarnining xatti harakatlari asosida bo‘ladi. Har bir oqimning o‘zgarishiga yarasha “inson – yashash muhiti” tizimi qulay holatdan o‘ta xavli holatgacha o‘zgarishi mumkin.
Texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar kuyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Transport avariyalari va halokatlari.
- aviahalokatlar; temir yo‘l transportidagi halokatlar va avariyalar (ag‘darilishlar); avtomobil transportining halokati va avariyalari, shu jumladan yo‘l-transport hodisalari;metropoliten bekatlaridagi va tunnellaridagi halokatlar, avariyalar, yong‘inlar;magistral quvurlardagi avariyalar.
3. YOng‘in-portlash xavfi mavjud bo‘lgan ob’ektlardagi avariyalar:
avariyalar, yong‘inlar va portlashlar;
ko‘mir shaxtalaridagi va kon-ruda sanoatidagi gaz va chang portlashi bilan bog‘liq avariyalar, yong‘inlar va jinslar qo‘porilishi.
4. Energetika va kommunal tizimlardagi avariyalar:
GES, GRES, TESlardagi, tuman issiqlik markazlaridagi, elektr tarmoqlaridagi, bug‘qozon qurilmalaridagi, kompressor va gaz taqsimlash shoxobchalaridagi va boshqa energiya ta’minoti ob’ektlaridagi avariyalar va yong‘inlar; gaz quvurlaridagi, suv chiqarish inshootlaridagi, suv quvurlaridagi, kanalizatsiya va boshqa kommunal ob’ektlardagi avariyalar;
gaz tozalash qurilmalaridagi, biologik va boshqa tozalash inshootlaridagi avariyalar.
binolari konstruksiyalarining to‘satdan buzilishi, yong‘inlar, gaz portlashi va boshqa hodisalar.
Radioaktiv va boshqa xavfli hamda ekologik jihatdan zararli moddalardan foydalanish yoki ularni saqlash bilan bog‘liq avariyalar:
texnologik jarayonda radioaktiv moddalardan foydalanadigan ob’ektlardagi avariyalar;
atrof muhit va odamlar salomatligi uchun xavf tug‘diruvchi radioaktiv chiqindilar to‘plagichlardagi, chiqindixonalardagi, shlam to‘plagichlardagi va
zaharli moddalar ko‘miladigan joylardagi avariyalar (o‘pirishlar);
radioizotop buyumlarining yo‘qotilishi;
7. Gidrotexnik halokatlar va avariyalar: halokatli suv bosishlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |