Xavfsizlikni sistemali tahlili. - Bu xavfsizlikni murakkab masalalarini hal qilish echimini tayyorlashda va asoslashda foydalaniladigan tadbirlar majmuasidir.
- Sistema deb o‘zaro tasiri bilan aniq bir maqsadga yo‘naltirilgan aloqador komponentlar yig‘indisiga aytiladi.
- Komponentlar deganda /elementlar, tashkil qiluvchi qismlar/ faqatgina moddiy ob’ektlar emas balki munosabat va aloqalar ham tushuniladi. Har qanday mashina texnik sistemaga misol bo‘la oladi. Tarkibida odam ishtirok etadigan sistema ergatik sistema deyiladi. Bunday sistemaga misollar “Odam - mashina”, “odam - mashina - atrof muhit” va sh.o‘. Umuman olganda har qanday biror jism biror sistemaga mansub.
Do'stlaringiz bilan baham: |