PPPoE ga ulanishda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolar
Xato: 633 «Modemdan foydalanilmoqda yoki konfiguratsiya qilinmagan, sozlanmagan»
1. Kompyuterni qaytadan ishga tushiring. Qaytadan ulanishga urinib ko‘ring.
2. Qaytadan ulaning
Xato: 651 «Modem yoki boshqa aloqa qurilmasi xatolik to‘g‘risida xabar berdi»
1. Kompyuterni qaytadan ishga tushiring. Qaytadan ulanishga urinib ko‘ring.
2. Tarmoq kartangiz yoqilganligini tekshirib ko‘ring (lokal tarmoq)
3. Qurilma boshqaruvi – dispetcheridagi tarmoq adapterini yoqing. Internet simi va routerni tekshiring
4. Qaytadan ulanishga urinib ko‘ring, ulana olmasangiz 062 raqami bo‘yicha texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
Xato: 676 «Liniya band»
1. Tarmoqdan uzing va qaytadan lokal tarmoqqa ulang. Qaytadan ulanishga urinib ko‘ring.
2. Kompyuterni qaytadan ishga tushiring va qaytadan ulanishga urinib ko‘ring.
3. Xatolik materinskaya plata nVidia (adapter) hisobiga yuz berishi mumkin, uni olib tashlang va tarmoq drayverini qaytadan o‘rnating.
4. Agar bu ham yordam bermasa, 062 raqami bo‘yicha texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
Xato: 678 «Masofaviy kompyuter javob bermayapti»
1. Antivirus – virusga qarshi dastur sozlangani va tarmoq ekranini tekshirib ko‘ring /firewall (agar mavjud bo‘lsa).
2. Qurilma boshqaruvi – dispetcherdagi tarmoq adapterini yoqing.
3. Lokal tarmoq simlari va ularning kontaktlarga ulanishini tekshiring.
4. Tarmoq kartasi noto‘g‘ri ishlaganda drayverni qaytadan o‘rnatish yoki qurilmani almashtirish talab qilinadi.
5. Ehtimol, liniyadagi sim uzilgan bo‘lishi yoki kirish serveri uzib qo‘yilgan bo‘lishi mumkin. 062 raqami bo‘yicha texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
Xato: 691 «Ushbu domendan foydalanuvchi nomi yoki parolga ruxsat berilmaganligi sababli kirish taqiqlanadi»
1. Klaviaturada ingliz harflari tartibi o‘rnatilgani va «CapsLock» o‘chirib qo‘yilganiga ishonch hosil qiling. Foydalanuvchi nomi va Parolni diqqat bilan tering.
2. 062 raqami bo‘yicha texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash xizmatiga qo‘ng‘iroq qiling
Xato: 711 «Masofaviy kirish dispetcherlik xizmatini ishga tushirib bo‘lmadi»
1. Sichqonchaning o‘ng klavishi bilan mening kompyuterim belgisini bosamiz, u erdan Boshqaruvni tanlaymiz, ochilgan oynada xizmatlar va xizmatlar ilovasini tanlaymiz va
Xato: 720 «Masofaviy va lokal tarmoq orqali boshqariladigan kompyuterlarni boshqaruvchi RRR protokollar bilan kelishilmaganligi sababli ulanishning iloji bo‘lmadi»
1. «Lokal tarmoq bo‘yicha ulanish» bo‘limidagi «TCP/IP Internet protokoli» qatoriga belgi qo‘ying;
2. Tizim fayllari tiklanganligi va to‘liqligini tekshiring. Buning uchun Pusk menyusidagi "Bajarish…" tugmasini bosing va u erda sfc /scannow tering
3. Drayverni tarmoq kartasiga qaytadan o‘rnatish talab qilinadi, agar bu ham yordam bermasa, u holda kompyuteringizdagi operatsion tizimni qaytadan o‘rnating.
4. Agar operatsion tizimni qaytadan o‘rnatish ham yordam bermasa, PK dan malakali foydalanuvchilar uchun yo‘riqnomadan foydalaning.
Xato: 734 «PPP boshqaruv protokoli- aloqaga chiqish uzib qo‘yildi»
1. Sichqonchaning o‘ng klavish tugmasi bilan Tarmoq ulanishlari papkasidagi foydalaniladigan ulanishni bosing. Svoystva – Xossalari ko‘rsatmasini tanlang va Xavfsizlik ilovasini oching. Tekshirish vaqtida ro‘yxatdan Xavfsiz parolni tanlang.
Xato: 769 «Belgilangan vazifaga erishib bo‘lmaydi»
1. Tarmoq ulanishlarida lokal tarmoqqa ulaning.
2. Dispetcherlik qurilmasida tarmoq adapterini yoqing
Xato: 800
1. Siz vpn ulanishini yaratdingiz. Endi PPPoEni yaratish kerak
Xato: 815 (windowsvista) / 651 (windows 7) «Masofaviy server javob bermayotganligi sababli, yuqori tezlikda ulanuvchi qurilmani o‘rnatish mumkin emas»
Bartaraf qilish usullari: 678- va 769-xatolarga qarang.
VPN birikishga ulanishda yo‘l qo‘yiladigan xatolar
Xato: 52: Bir-biriga mos keluvchi nomlar mavjudligi sababli tarmoqqa ulanib bo‘lmadi.
Bu xato ko‘pincha kompyuterni tarmoqda ro‘yxatdan o‘tkazganda yuz beradi. Buning sababi - IP-manzil (bu manzil avtomat ravishda belgilanadi) tizimda mavjud bo‘lgan IP-manzilga VPN-ulanishga to‘g‘ri kelib qoladi. Proverte, DVB-plataga, 1394 Adapterga qaysi manzil belgilangan, Microsoft Adapter qisqa tutashuvdami yoki boshqaga ulanganmi, agar shunday bo‘lsa , 192.168.138.138 holatda bo‘lishi kerak (maska 255.255.255.0).
Xatolar: 600, 601, 603, 606, 607, 610, 613, 614, 616, 618, 632, 635, 637, 638, 645: Windows ning ichki xatosi yuz berdi.
Kompyuterni qaytadan ishga tushiring. Agar xatolar yo‘qolmasa, kompyuteringizda viruslar bor-yo‘qligini tekshiring. YAqinda o‘rnatilgan dasturlarni olib tashlang, yoki agar bo‘lsa, Windows ni sozlashdagi o‘zgarishlarni bekor qiling
Xatolar: 604, 605, 608, 609, 615, 620: Windowsga masofaviy kirish tizimining telefon kitobi fayli va Tarmoqqa Masofaviy Kirishning joriy konfiguratsiyasi bir biriga mos kelmaydi.
Kompyuterni qaytadan ishga tushiring. Agar xato yo‘qolmasa, u holda uni olib tashlang va VPN ulanishni qaytadan yarating
Xato: 611: Windows tarmog‘ining ichki konfiguratsiyasi to‘g‘ri sozlanmagan
Kompyuterni qaytadan ishga tushiring va lokal tarmoq Sizning kompyuteringizda to‘g‘ri ishlayotganligiga ishonch hosil qiling. Agar xato yo‘qolmasa, u holda texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
Xato: 612: Windows tarmog‘ining ichki konfiguratsiyasi to‘g‘ri sozlanmagan.
611-xatoga o‘xshash. Bundan tashqari, xatolik kompyuteringizda resurslar (xotirasi) etishmasligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Foydalanilmayotgan dasturlarni yopishga harakat qiling
Xato: 617: Windows Internetga ulanish jarayonida yoki Windows da ichki xatolik yuz bergan.
Bir necha daqiqa kutib turing. Agar ulanish o‘rnatilmasa, va qaytadan ulanishda xato takrorlansa, u holda kompyuterni qaytadan ishga tushiring.
Xato: 619: VPN ulanishning xavfsizlik parametrlari noto‘g‘ri sozlangan, VPN-trafik shlyuz yo‘lida blokirovka qilingan, yoki VPN sozlamalari hali amal qilmaydi.
VPN ulanishlar xossalarida "Xavfsizlik" ilovasini oching - "Odatiy (tavsiya etilayotgan parametrlar)" tanlangan va "Ma’lumotlarni shifrlash talab qilinadi (aks holda uzib qo‘yiladi)" degan belgi qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Kompyuterni qaytadan ishga tushiring va yana bir marta ulanishga urinib ko‘ring. Sizning brandmaueringiz sozlanganligini tekshirib ko‘ring, va agar Siz uning to‘g‘riligiga ishonmasangiz, uni tarmoqdan uzing.
Xato: 629: VPN ulanish aloqa sifatining yomonligi sababli yoki muvaffaqiyatsiz kelishuvdan so‘ng uzib qo‘yilgan.
Texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
Xato: 633: Modemdan foydalanilmoqda yoki chiquvchi qo‘ng‘iroqlar uchun konfiguratsiya qilinmagan.
Tarmoqda ishlatilishi kerak bo‘lgan VPN qurilmasi ochilmagan bo‘lishi mumkin. Texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
Xato : 635: Windowsda xatolik yuz bergan .
VPN ulanishni, yoki Windows ni butunlay qaytadan o‘rnatishga harakat qiling. Agar hech narsa yordam bermasa, texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
Xato: 642: Sizning kompyuteringizga berilgan NetBIOS nomi tarmoqda ishlatilmoqda.
Kompyuter nomini o‘zgartiring, Mening kompyuterim - Svoystva – Xossalari, “Kompyuter nomi” ilovasi - "Identifikatsiya" bo‘limi.
Xatolar: 650, 721: VPN serveri javob bermayapti.
Tarmoq adapterlari sozlanganligini tekshiring va Sizning lokal tarmog‘ingiz ishlayotganligiga ishonch hosil qiling. Agar Siz hammasini tekshirib, hech qanday xatolik topmagan bo‘lsangiz, texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash xizmatiga qo‘ng‘iroq qiling.
Xato 769: VPN (PPPoE) serveridan javob yo‘q.
Xatolik lokal tarmoq ichidagi ulanish uzib qo‘yilganligi yoki jismoniy link – bog‘lanish yo‘qligi sababli yuzaga keladi.
Sizning tarmoq kartangiz (lokal tarmoq) yoqilganligini tekshirib ko‘ring. VPN (PPPoE) ulanishlar va Sizning faervolla (agar Sizning kompyuteringizga o‘rnatilgan bo‘lsa) sozlanganligini tekshiring. Agar hech narsa yordam bermasa, texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
Xato: 691 Login yoki parol noto‘g‘ri kiritilgan, yoki hisobdagi mablag‘ tugagan.
Login va parol kiritilayotganda klaviaturadagi "CapsLock" klavishi o‘chirib qo‘yilgani va ingliz harflari tartibi o‘rnatilganiga ishonch hosil qiling. Agar Siz login va parol to‘g‘ri kiritilgani va hisobingizda etarli mablag‘ borligiga ishonch hosil qilsangiz (Siz buni shaxsiy kabinet orqali tekshirib ko‘rishingiz mumkin ), u holda tarmoqning texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
Xato: 734: PPP boshqaruv protokoli aloqasi uzib qo‘yilgan.
VPN -ulanish xavfsizligi sozlanganligini tekshiring: "Xavfsizlik" ilovasini oching - "Odatiy (tavsiya etilayotgan parametrlar)" tanlangan va "Ma’lumotlarni shifrlash talab qilinadi (aks holda uzib qo‘yiladi)" degan belgi QO‘YILGAN bo‘lishi kerak
Xato: 735: VPN ulanish noto‘g‘ri sozlangan.
Tarmoqdagi sozlanishlarda (aniqrog‘i, TCP/IP protokoli sozlanishlarida) VPN ulanishning aniq IP manzili ko‘rsatilmagan va barcha parametrlar avtomat ravishda olinishiga ishonch hosil qiling.
Xatolar: 741, 742, 743, 789: SHifrlash parametrlari noto‘g‘ri sozlangan. VPN ulanishning turi noto‘g‘ri tanlangan.
VPN ulanish sozlanmasiga kiring, va "ma’lumotlarni shifrlash" punktini o‘chiring. VPN ulanish sozlanmasiga kiring va "VPN turi" ro‘yxatidagi “Tarmoq” ilovasidan "PPTP VPN"ni tanlang. Takroran ulanishga harakat qiling.
Xato: 797: Kompyuter sozlamasida foydalanib kelayotgan nom ko‘rsatilgan.
Tarmoq identifikatsiyasini sozlaganda "kompyuter nomi" maydoniga Sizning loginingizni kiriting, "ishchi guruh" maydoniga esa "crystalnet" (qo‘shtirnoqsiz) kiriting.
Xato: 800: VPN serverga kirishga ruxsat yo‘q.
Sizning lokal tarmog‘ingiz ulangani va ishlayotgani va sozlangan VPN serverdagi "Kompyuter nomi" maydonida "192.168.1.1" (qo‘shtirnoqsiz) ko‘rsatilganiga ishonch hosil qiling. Qaytadan ulanishga harakat qilib ko‘ring, muvaffaqiyatsizlikka uchrasangiz, texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling
Do'stlaringiz bilan baham: |