Ключевые слова: Публицистика, художественная публицистика, сообщения, жанр, письмо, научный стиль, газета, стилевая окраска, лексическое единство
Annotation: peculiarities of fiction journalism, appearing letter genre, its development, linguistic peculiarities and its research relating scientific ideas.
Key words: journalism, fiction-journalism, information, genre, letter, scientific method, newspaper, methodical exaggeration, lexical unit
Ma’lumki, XXI asr O`zbekiston uchun tub o`zgarishlar va yangilanishlar asri bo`ldi. Zero, til, adabiyot, san’at, jurnalistika kabi soha vakillari o`zgarishlarni hammadan ilgari va nozikroq sezishadi va asarlarida davr ruhini u yoki bu ko`rinishda aks ettirishadi. Davr esa o’z aksini, albatta, publitsistikada ko’rsatadi. «Davr, - deb yozadi adabiyotshunos olim N. Rahimjonov, - falsafiy mavzular ichida eng abstrakt xarakterga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Sababi, uning moddiylashgan konkret bir shakli yo`q. Bu abstraktlikka faqat inson faoliyatigina konkretlik baxsh eta oladi” .1 Har bir soha, xususan, publitsistika jamiyatdan ayri holda yasholmaydi. Davr va unga bog’liq har qanday yangilik publitsistika janrlarida o’zini namoyon qiladi. Fandagi har bir tushuncha kabi badiiy-publitsistik janrlarning ham boshqalardan farqlovchi xususiyatlari - mezonlari mavjud. Insoniyatning hayoti va faoliyati axborot olish, qayta ishlash va saqlash bilan chambarchas bog`liqdir. Axborot olishning birlamchi vositasi sifatida, albatta, matbuot o`ziga xos vazifalarni bajaradi. A. Abdusaidovning “Gazeta janrlarining tili va uslubi” nomli monografiyasida OAV, xususan, vaqtli matbuotning vazifalari sifatida quyidagilarni ko`rsatgan: a) informativlik - axborot berish; b) targ`ibot qilish; d) tashviqot qilish; e) tarbiyaviylik; f) reklamalilik; g) ta`sirchanlik. Publitsistika janrlari bir-biridan bajaradigan vazifasi, qay maqsadda yaratilganligiga ko’ra farqlanadi. Lekin shunday bo’lsa-da, ularning barchasida bosh maqsad-axborot berish.
Xalqimiz o’tmishiga nazar solinsa, xat (noma) leksemasiga ko’p duch kelamiz. Xat orqali kishilar bir-biriga biror mazmundagi habarni yetkazganlar. Ushbu janr dastlab O’zbek adabiyotida XIV asrda Xorazmiyning “Muhabbatnoma” asari orqali vujudga kelgan. Bu asar oshiqning ma’shuqasiga yozgan she’riy maktubi shaklida yaratilgan.2 Yusuf Amiriyning “Dahnoma” asari nomachilik ananasiga qat’iy rioya qilgan holda yaratilgan. Bu asar ham oshiq va mashuqning bir-biriga maktubi tarzida yaratilgan. Sayyid Qosimiyning “Haqiqatnoma” va “Sadoqatnoma” kabi asarlari temuriylar davrida yaratilgan noma janiriga mansub asarlardandir. A.Navoiyning “Munshaot”i ham xatlar jamlanmasidir. O.Tog`ayevning “Publitsistika janrlari” nomli o`quv qo`llanmasida xat janrini badiiy-publitsistik janrlar sirasida tahlil qilgan bo`lib, uning nazariy asoslari izohlab berilgan. Xat (noma) janri ham publitsistika tarkibiga kirib, bugungi kunda biroz ahamiyatini yo’qotgandek. Chunki axborotlashgan davr ma’lumotlar yetkazilishida tezkorlikni talab etgani bois jamiyat vakillari xabarlarni elektron shaklda yuborish yo’lini afzal ko’rmoqdalar. Lekin shunday bo’lsa-da, gazeta sahifalarida xatning turli xil na’munalari berib boriladi. Turli masalalarni teishli shaxslarga rasmiy shaklda yetkazish uchun ham davlat idoralari xatlarning turli shakllaridan foydalanmoqdalar. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O’zbek tili bayrami munosabati bilan yuborgan tabrigidan olingan parcha: “Muhtaram vatandoshlar! Siz azizlarni, sizlar orqali butun xalqimizni bugungi qutlug’ ayyom – O’zbek tili bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Atoqli ma’rifatparvar Abdulla Avloniy bobomiz aytganidek, til-millat ruhini yuksaltiruvchi buyuk kuchdir.”
Do'stlaringiz bilan baham: |