Bendebal kompleksidagi sopol buyumlarining katta qismida hayvonlarning tasviri tushirilgan. O’zbekistonda eneolit yodgorliklar yaxshi o’rganilgan. Arxeolog S.P. Tolstov Quyi Amudaryo etaklarida neolitdan mis-tosh davriga o’tish davrini aniqlagan. Quyi Zarafshon vohasining qadimgi eneolit makonlari arxeologlar Ya.G’ulomov, A.Asqarov, O’.Islomovlar tomonidan o’rganilgan. Arxeolog olimlarning fikricha Buxoro viloyatining Lavlakon va Beshbuloq qishloqlarida, Zamonbobo I qabristonidan topilgan moddiy manbalar eneolit davriga oiddir. Bu makondan chaqmoqtosh qurollar bilan birga misdan yasalgan ignalar, munchoqlar ham topilgan.
Quyi Zarafshonning Kaptarqum va Kattatuzkon manzillarida to’rt joydan eneolit yodgorliklari topilgan. Bu yerdan toshdan ishlangan yorg’uchoq-lar, o’roq pichoqlar, pichoq qadamalar bilan birga misdan ishlangan qurol siniqlari qazib olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |