Sust xotin (yomg’ir chaqirish qo’shig’i). Barchamizga ma’lumki ,sust xotin qadimgi zardushtiylik dinida muqaddas sanalgan bo’lib ,bahor oylarida yomg’ir yetarli yog’masa, qishloq ayollari yig’ilib, poliz qo’riqchisiga o’xshash qo’g’irchoqqa keksa ayol ko’ylagini kiydirib, qishloqdagi barcha xonadonlarga kirishib, Sust xotin qo’shig’ini aytib yurishgan.Uy egalari ularni shodlik bilan kutib olib, qo’g’irchoq ustidan suv sepishib, marosim ishtirokchilariga xayr-sadaqa qilishgan.Marosim tugagach yig’ilgan xayr-sadaqa hisobiga Sust xotinga atab katta is chiqarishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |