Xasanova gulnoza ilxom qizi



Download 230,21 Kb.
bet15/33
Sana22.03.2022
Hajmi230,21 Kb.
#505885
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33
Bog'liq
XASANOVA MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI

Ikkinchidan, axloq ijtimoiy fikr, ong bilan jamiyatda belgilab qo'yilgan odamlarning xulq atvor qoidalarining yig'indisi bo'lib, ularning bir-birlariga bo'lgan munosabatlarini, majburiyatlarni belgilab beradi. Axloq odamlarni jamiyatdagi axloqiy yetuk, yetuk xulq atvorining namunasi bo'lib hizmat qiladi. Odamlar o'rtasidagi munosabatlarning to'g'ri tashkil etilishini ta'minlaydi. Axloq me'yorlari xulq atvorning boshqaruvchisi sifatida odob me'yorlariga yaqin turadi. Huquqga zid xatti-harakat axloqsiz harakat deb qaraladi.
Axloqiy tarbiya odamlarni nomusli, vijdonli bo'lishga o'rgatish bilan profilaktika ishlarini ham olib boradi.
Uchinchidan, ahloq falsafiy kategoriya bo'lib, har bir shaxs uchun zarur bo'lgan rostgo'ylik, kamtarlik, halollik, oliyjanoblik, mehnatsevarlik, xushyorlik, odoblilik, insonparvarlik singari fazilatlarni shakllartiradi.
To'rtinchidan, axloq, ijtimoiy qatlamning, xalqning ma'naviy qiyofasi, g'oyasi, ruhiyatining harakterli xususiyati sifatida maydonga chiqadi.
Axloqning eng asosiy vazifasi fuqarolikni shakllantirishdan iboratdir. «Eng muhimi,-deb yozgan yedi V.A.Suxomlenskiy fuqorolikni tarbiyalashdir, chunki bu butun tarbiyaviy ishlarning mag'zi, o'zagi hisoblanadi». Maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiya jarayonining samarali kechishida tarbiyachilarning ta'sirchan pedagogik vositalardan foydalana olishlari ham muhim ahamiyatga ga.Muammoni nazariy va amaliy jihatdan tahlil etish natijasida bolada axloqiy tarbiyani amalga oshirishda quyidagi tarbiyaviy vositalardan foydalanish maqsadga muvofiq ekanligiga ishonch hosil qilindi:
1) xalq pedagogikasi g’oyalaridan keng foydalanish;
2) xalq og’zaki ijodi namunalari (ertaklar, topishmoqlar, maqollar,afsonalar, dostonlar, xalq qo’shiqlari, pand-nasihatlar, o’gitlar);
3) taniqli kishilaming(faylasuflar, allomalar) hayoti va faoliyatiga oid ibratli misollar;
4) oilaviy an'analar,urf-odatlar(beshikka belash marosimi ), milliy o’yinlar ( besh tosh o’yini, varrak uchirish, arqon tortish) ,udumlar (oila a'zolari uchun ahamiyatli bo’lgan sanalami nishonlash, o’tganlami yod etish va hokazolar);
5) keksa avlod vakillari(bobo-buvilarimiz), ota-onalar hamda katta yoshli oila a'zolarining shaxsiy namunasi;
6) xalq og’zaki ijodi namunalarini (masal,ertak , hikoyalar) multimedia , animatsion videoroliklar hamda multfilmlar vositasida;
7) oila va oila tarbiyasiga oid ilmiy, ilmiy-ommabop va ommabop asarlar;
Barchamizga ma’lumki,ezgu g’oyalarni targ’ib etuvchi hikoyalar, ertaklar maktabgacha yoshdagi bolalarning ma'naviy kamolotini ta'minlashda muhim o’rin tutadi. Shu bois har
bir oilaning ham kitob javonida ertaklar to’plamining bo’lishi maqsadga muvofiq. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ham maktabgacha yoshdagi bolalar uchun oilada mutola qilishlari,hamda boshlangich ta’limni olishlari uchun “kamalakning yeti jilosi” nomli kitoblar to’plami taqdim etib boriladi.Bundan ko’zlangan asosiy maqsad bolalarning kitobga mexr qo’yishi hamda ularning ma’naviy,axloqiy dunyosini boyitishdan iborat.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni harakatga undaydigan, o’z kuchiga ishonch, xamma narsani ijobiy tomonini izlashga, axloqiy sifatlarni o’zlashtirishga odatlantiradigan ertaklarni aytib berish ma'quldir.
Tadqiqotimiz davomida biz o’zbek xalq ertaklarini sahnalashtirish maktabgacha yoshdagi bolalarda ma'naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishda keng imkoniyatlarga ega, degan xulosaga keldik.Mashg’ulotlarning tuzilishida mavzu, ko’zlangan tarbiyaviy maqsad,qo’llanadigan metod va ko’rgazmali qurollar, matnni emotsional tarzda so’zlab berish, suhbat (bunda mehnatsevarlik, insonparvarlik, do’stlik, mas'uliyatlilik mazmuniga kiradigan axloqiy sifatlarga urg’u berish), o’zbek xalq ertaklardan parchalarni rollarga bo’lib ijro etish, rasmlar asosida bayon qilish kabilar ko’zda tutildi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida katta yosh guruhida ertaklarni o’rganish hamda sahnalashtirish mashg’ulotlari quyidagicha tuzilishga ega bo’ldi:
1. Bolalarda ertaklarning mazmuniga qiziqish uyg’otish, undagi ma'naviy-axloqiy sifatlarni ajratib ko’rsatish maqsadida og’zaki hikoya qilib berish,she’riy tarzda o’qib berish, sahnalashtirish orqali bolalarda his-hayajon uyg’otish.
2. Bolalardan ertak mazmunidagi axloqiy fazilatlarni bir-biridan so’rashlari,tahlil qilishlari orqali o’zlashtirishni talab etish.
4. Ertak mazmunini bolalaming o’z so’zlari,harakatlari bilan tushunishlariga erishish maqsadida nutqiy faoliyatni yo’lga qo’yish.
1 Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan (o‟quv uslubiy majmua) 2019 yil 170 bet

5. Ertak mazmuni asosida bolalaming mehnatsevarlik, insonparvarlik, do’stlik, mas'uliyatlilik haqidagi tushunchasini kegaygaytirish va rivojlantirish,amaliy faoliyatda bunga amal qilishlari uchun ma`lum tarbiyaviy vaziyatlarni


yaratish va tahlil qilish.
6. Ertak asosida yoki mazmunan shu mavzuga yaqin bo’lgan multimedia vositasida videoroliklar ,animatsion filmlar, multfilmlar namoyish qilish yo’li bilan mashg’ulotda muammoli vaziyat yaratish va bolalarni undan chiqish yo’lini topishga undash.
O’zbek xalq ertaklari asosida olib borilgan mashg’ulotlarda quyidagi maqsadlarni ko’zda tutdik:
1. Ertak mazmunida ifodalangan ma'naviy-axloqiy sifatlami anglash, his etish, ularga nisbatan bolalarda hissiy-emotsional munosabatni hosil qilish.
2. Bolalarning ertakdan keltirilgan parcha mazmunida tasvirlangan axloqiy fazilatlarni ajrata olishiga, tushuna bilishiga erishish.
3. Ertaklardagi qahramonlarni fazilatiga qarab bir-biridan farqlay bilishga, hamdardlik, rostgo’ylik, hamisha yordamga shaylik, kamtarlik, xushmuomalalik yuksak insoniy fazilatlar ekanligini anglashga erishish va uni ifodalovchi harakatlar aks etgan vaziyatlami vujudga keltirib, bolalarni shu vaziyatlarda ishtirok etishiga erishish.
4. Bolalarni ertaklarda aks etgan voqea-hodisalarni hayotiy faktlarga, odamlarning o’zaro munosabati, o’zi va o’rtoqlarining xulqi va munosabatiga taqqoslashga undash.
5. Bolalarni atrofdagilarning axloqiy fazilatlarini baholay olishgao’rgatish.
6. Ertaklardagi mazmun va g’oyadan bolalarning mustaqil xulosa chiqara olish darajasini aniqlash.
Xulosa qilib aytganda, maktabgacha katta yoshdagi bolalarda axloqiy sifatlarini shakllantirishda ertaklardan foydalanish jarayonini bosqichma-bosqich amalga oshirish, har bir bosqichni alohida-alohida loyihalash, kutiladigan natijalarni aniq belgilash mazkur jarayonning samarali amalga oshirishga imkon beradi.
Sahnalashtirish o‘yinlari, bu bolalarning mustaqil ijodiy o‘yin turi bo‘lib,unda badiiy asar va hikoyalar bolalar tomonidan rollarga bo‘lib ijro etiladi. Bu o‘yinlar bolalarda iroda, intizom va o‘z xatti-harakatlarini boshqara olish, boshqalarning harakatlari bilan hisoblashish kabi ijobiy ma’naviy xislatlami shakllantiradi.
Sahnalashtirish o‘yinlarida bolalar o‘yin jarayoniga kirib boradilar,voqea va ertak qahramonlarining ichki hayotiga bevosita aloqador bo‘lgan qahramonlik, jasurlik, mehribonlik, jonbozlik,jonkuyarlik kabi ijobiy fazilatlarni o‘zlarida yaqqol namoyon qiladilar.Bu jarayonda bolalarning nutq faolligi, lug‘at boyligi,dunyoqarashi kengayib boradi.Sahnalashtirish uchun badiiy asar, ertaklar tanlash katta yoshdagilardan bolalarning yosh xususiyatlari, qiziqishlari, istaklarini
hisobga olishni talab etadi.

Download 230,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish