Maktab geografiyasida obektlar belgilari bilan korsatilgan xaritalardan eng kop foydaniladi, bunday xaritalarda ayrim obektlar turli korinishdagi va har xil kattalikdagi shakllar yordamida manzillar boyicha tasvirlanadi. Masalan, foydali qazilmalar knlari xaritalari, mamlakatlarning va tumanlarning sanoat markazlari xaritalari ana shunday xaritalardir.
Maxsus xaritalarning ikkinchi turi-kartogdiagrammalardir. Kartodiagrammalarda ham, obektlar belgilar bilan korsatiladigan xaritalardagi kabi hodisalarning shakllar katta-kichikligi miqyosli korsatilgan. Kartodiagrammaga Ozbekiston iqtisodiy tumanlarida qoramollar soni va ekin maydonlari xaritalari, viloyatlari va respublikalari boyicha sanoat joylashishining xaritalari va hokazolari misol bola oladi.
Xaritaning uchinchi turi-nuqtali xaritalardir, bunday xaritalarda muayyan joylardagi hodisalar bir xil miqdorga ega bolgan nuqtalar yordamida tasvirlanadi. Nuqtali xaritalar boyicha, asosan hodisalar eng kop tarqalgan tumanlarni ajratib korsatadigan savollar qoyiladi, masalan: Qaysi tumanlarda ekin eng kop ekiladi? Asosiy dehqonchilik rayonlarini korsatib bering? va h.k.
Xaritaning tortinchi turi-kartogrammalardan keng foydalaniladi. Bularda shtrixlar yoki turli buyoqlar bilan hodisaning zich yoki siyrakligi korsatiladi. Masalan, mamlakat aholisi zichligini korsatadigan xarita boyicha quyidagi savollarni berish mumkin: Aholi qayerlarda eng ziya yashaydi?, Aholi qayerlarda eng siyrak yashaydi?, Aholi zichligi qaysi tomonga qarab ozgaradi (orta yoki kamayadi)?.
Maxsus xaritalarning beshinchi turi ranglar bilan korsatiladigan xaritalardir. Bunday xaritalar tasvirlanadigan hudud doirasida miqdoriy farqlarni korsatadi. Shu maqsadda butun hudud bir necha qismlarga bolinadi, bu qismlarning har biri turli shtrixlar bilan chiziladi yoki turli boyoqlar bilan boyaladi, yoinki nomerlanadi. Bu xaritalar boyicha savollar, asosan bolib korsatilgan hudud qismlarining holatini va chegaralarini korsatishga qaratilgandir; masalan, osimliklari xaritasi boyicha quyidagi savollar berilishi mumkin: Tundra zonasi dunyoning qaysi qismida joylashgan?, Ormon-dashtning chegaralari qayerlardan otadi? va h.k. Areal xaritalari ranglar bilan korsatiladigan xaritalarga oxshaydi. Bunday xaritalarda biron hodisa tarqalgan yozuvsiz shtrixlar yoki ranglar bilan korsatilgan.
Xaritalarning yettinchi turli-izonliniyalar xaritalaridir. Bunday xaritalarda biron hodisaning miqdoriy qiymati bir xil bolgan joylar chiziqlar bilan birlashtiriladi. Bunday xaritalarga masalan, izotermalar xaritalari misol bola oladi. Masalan, izotermalar xaritasini tahlil qilayotganda mana bunday savollar berish mumkin: 8 gradus yanvar izotermasi qaysi joylardan otadi?, Bu izoterma qaysi tomonga qarab boradi?.
Nihoyat maxsus xaritalarning sakkizinchi turi-harakat chiziqlari xaritalaridir. Masalan, tashiladigan yuklar xaritasi, shamollar yonalishi xaritasi, oqimlar xaritasi, dengizda tashiladigan yuklar xaritasi boyicha quyidagi savollar berilishi mumkin: Dunyoda neft dengizlar orqali qayerlardan qayerlarga tashiladi?, Qora dengizning Kavkaz sohilidagi portlaridan Ukraina portlariga qanday yuklar tashiladi? va boshqa yuklar hamda dengizlar boyicha ham huddi shunday savollar berish mumkin.
Xaritalarni taqqoslash. Xarita oqish turli xil xaritalarni bir-biriga taqqoslashni ham oz ichiga oladi. Bu oquvchilarga turli geografik hodisalar ortasidagi ozaro aloqalarni ochib berishga va eng sodda geografik qonunlarni aniqlashga yordam beradi. Xaritalar suhbat jarayonida taqqoslanadi, bunda oquvchilar atlasdan shuningdek darslik matnidagi xaritalardan hamda darslikka ilova qilib berilgan xaritalardan foydalanadilar.
Oquvchi suhbat davomida oquvchilarga savollar beradi, ular bu savollarga javob berish bilan xaritalar asosida faktik malumotlarni aniqlaydilar va ularni bir-birilariga taqqoslab, xulosalar chiqaradilar. Yanvar va iyul izotermalari xaritalarini va yogin-sochinlar xaritasi, shuningdek, Sharqiy Yevropaning tabiiy xaritasini taqqoslash asosida Sharqiy Yevropada asosiy iqlim xususiyatlarini ochib berish uchun otkaziladigan suhbatni misol qilib keltiramiz.
Oqituvchi: Yanvar izotermalari xaritasiga qarang. San-Peterburg orqali yanvarning qanday izotermasi otadi? (Oquvchilar San-Peterburg orqali otadigan yanvar izotermasini topadilar: -80).
Oqituvchi: San-Peterburg qaysi geografik kenglikda joylashgan? (Oquvchilar San-Peterburgning geografik kengligini topadilar: 600 shimoliy kenglik).
Oqituvchi: Xaritaga qarang. Sharqiy Yevropa shaharlaridan yana qaysilari taxminan shu geografik kenglikda joylashgan?) Oquvchilar xaritaga qarab, oltmishinchi parallel Vologda va Perm yaqinidan aniqlaydilar).
Oqituvchi: Xaritaga qarab, bu shaharlar yaqinidan yanvarning qanday izotermalari otishini aniqlang. (Oquvchilar Volga yaqinidan -120 yanvar izotermalari, Perm yaqinidan -160 yanvar izotermasi otishini topadilar).
Oqituvchi: Bundan qanday xulosa chiqarish mumkin? (Oquvchilar sharqqa tomon yurgan sari bir xil geografik kenglikning ozida yanvar harorati pasaya boradi deb javob qaytaradilar).
Oqituvchi: Iyul izotermalari xaritasiga qarang. Taxminan bir xil geografik kenglikdagi ana shu uch shahar qaysi iyul izotermalari ortasida joylashgan? (Oquvchilar xaritaga qarab bu shaharlar 160 va 200 iyul izotermalari ortasida ekanligini, yani u yerda iyul harorati +180 ekanligini aniqlaydilar...).
Xaritalarni taqqoslash yuzasidan beriladigan topshiriqlar oquvchilarga uyda bajarib kelish uchun ham topshirilishi mumkin.
Xaritadan geografik nomlar va atamalarni organish. Xaritadan geografik nomlar va atamalar organilayotganda oqituvchining asosiy vazifasi dasturda korsatilgan geografik obektlar nomlari minimumini va ularning xaritada joylashishini oquvchilar xotirasida mustahkam qoldirish, shuningdek bu nomlarni togri talaffuz qilishga va yozishga orgatishdir.
Geografik nomlar va atamalarni mustahkam ozlashtirishning yana bir sharti xarita bilan otkaziladigan ishning togri tashkil qilinishidir, bu ish xotiraning xilma-xil turlaridan: korish xotirasi, harakat xotirasi va soz mano xotirasidan foydalangan holda otkazilishi kerak.
Unutib qoymaslik maqsadida geografik nomlar va atamalar muntazam ravishda takrorlanib turiladi, talaffuz etish va togri yozishda oquvchilar qiynaladigan geografik nomlarni takrorlab turish ayniqsa muhimdir.
Xarita va geografik nomlar va atamalarni ozlashtirishda xarita bilan ishlaganda turli yasama didaktik materiallardan: rangli bayroqchalardan, shartli belgilardan, jadvallardan, rangli iplardan, strelkalardan va boshqalardan foydalanish anchagina foyda beradi.
Xaritadan korsatayotganda muayyan qoidalarga rioya qilish zarur. Xaritaga nisbatan togri turish, odatda xaritani tosmasdan yorug kelayotgan tomonga qarab turish lozim. Xaritadan faqat korsatkich tayoqcha bilan korsatish kerak, bunda xaritaga juda ham yaqin kelmaslik va korsatilayotgan joylarni tosib qoymaslik uchun tayoqchaning uchidan ushlash darkor.
Sinf doskasiga kartachizmalar chizish. Xaritani ozlashtirishga yordam beradigan uslubiy uslublardan biri sinf doskasiga kartachizmalar chizishdir. Oqituvchilar darsda materialni bayon etish vaqtida sinf doskasiga shu material mazmuniga togri keladigan kartochizma chizadi. Masalan, biron-bir mamlakatning sanoatini gapirib berayotganda oqituvchi shu mamlakat yozuvsiz xaritasiga sanoat markazlarini chizadi, bu markazlarning ixtisosini belgilar bilan korsatib qoyadi. Kartachizmaga esda qoldirilishi kerak bolgan eng muhim malumotlargina kiritiladi, bu bilan materialdagi eng muhim joylar alohida qayd qilinadi.
Biroq maqsad faqat kartachizmalar chizish bolmasligi kerak, kartachizmalar chizish xaqiqiy xarita ornini bosmasdan, oqitish vositasigina bolib xizmat qiladi. Kartachizmaning asosiy vazifasi, asosan obektlarning bir-biriga nisbatan joylashishini korsatib berishdir. Shuning uchun chizmada haddan tashqari aniqlik talab etilmaydi, gradus tori ham kerak emas, yozuvsiz xaritalar esa juda sodda korsatilishi mumkin.
Sinf doskasiga kartachizmalar chizish usullar chizmaning murakkabligiga qarab turlicha bolishi mumkin. Eng sodda chizmalar materikning qiyofalarini, mamlakatlarning va tumanlarning chegaralarini aniq chizish talab qilinmaydigan chizmalardir.
Materiklarning har holda murakkab yozuvsiz xaritalari, mamlakatlar va tumanlarning chegaralari korsatiladigan kartachizmalarni chizish qiyinroq. Bunday holda qolda yasaladigan karton yoki fanlar trafaretlardan foydalanish mumkin, bu trafaretlar tashib qoyilgan boladi. Ana shu teshiklar orqali doskaga bor bilan yozuvsiz xarita chiziladi.
Masalan, Oqituvchi bir kartachizmada geografik muhitning turli elementlarini, relef, iqlim va osimliklarni korsatmoqchi deylik. Bu vaqtda oqituvchi tog tizmalarini bir xil rang bilan izotermalarni ikkinchi xil rang bilan osimlik viloyatlarining chegaralarini esa uchinchi xil rang bilan korsatadi. Huddi shu yol bilan birgina kartachizmaga mamlakatning yoki tumanning tabiiy geografik sharoitlarini va iqtisodiy xususiyatlarini singdirish mumkin.