Xaritalarni taqqoslash. Xarita o‘qish turli xil xaritalarni bir-biriga taqqoslashni ham o‘z ichiga oladi. Bu o‘quvchilarga turli geografik hodisalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni ochib berishga va eng sodda geografik qonunlarni aniqlashga yordam beradi. Xaritalar suhbat jarayonida taqqoslanadi, bunda o‘quvchilar atlasdan shuningdek darslik matnidagi xaritalardan hamda darslikka ilova qilib berilgan xaritalardan foydalanadilar. - Xaritalarni taqqoslash. Xarita o‘qish turli xil xaritalarni bir-biriga taqqoslashni ham o‘z ichiga oladi. Bu o‘quvchilarga turli geografik hodisalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni ochib berishga va eng sodda geografik qonunlarni aniqlashga yordam beradi. Xaritalar suhbat jarayonida taqqoslanadi, bunda o‘quvchilar atlasdan shuningdek darslik matnidagi xaritalardan hamda darslikka ilova qilib berilgan xaritalardan foydalanadilar.
- O‘quvchi suhbat davomida o‘quvchilarga savollar beradi, ular bu savollarga javob berish bilan xaritalar asosida faktik ma’lumotlarni aniqlaydilar va ularni bir-birilariga taqqoslab, xulosalar chiqaradilar. Yanvar va iyul izotermalari xaritalarini va yog‘in-sochinlar xaritasi, shuningdek, Sharqiy Yevropaning tabiiy xaritasini taqqoslash asosida Sharqiy Yevropada asosiy iqlim xususiyatlarini ochib berish uchun o‘tkaziladigan suhbatni misol qilib keltiramiz.
- O‘qituvchi: Yanvar izotermalari xaritasiga qarang. San-Peterburg orqali yanvarning qanday izotermasi o‘tadi? (O‘quvchilar San-Peterburg orqali o‘tadigan yanvar izotermasini topadilar: -80).
- O‘qituvchi: San-Peterburg qaysi geografik kenglikda joylashgan? (O‘quvchilar San-Peterburgning geografik kengligini topadilar: 600 shimoliy kenglik).
Xaritalarni taqqoslash yuzasidan beriladigan topshiriqlar o‘quvchilarga uyda bajarib kelish uchun ham topshirilishi mumkin. - Xaritalarni taqqoslash yuzasidan beriladigan topshiriqlar o‘quvchilarga uyda bajarib kelish uchun ham topshirilishi mumkin.
- Xaritadan geografik nomlar va atamalarni o‘rganish. Xaritadan geografik nomlar va atamalar o‘rganilayotganda o‘qituvchining asosiy vazifasi dasturda ko‘rsatilgan geografik obektlar nomlari minimumini va ularning xaritada joylashishini o‘quvchilar xotirasida mustahkam qoldirish, shuningdek bu nomlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga va yozishga o‘rgatishdir.
- Geografik nomlar va atamalarni mustahkam o‘zlashtirishning yana bir sharti xarita bilan o‘tkaziladigan ishning to‘g‘ri tashkil qilinishidir, bu ish xotiraning xilma-xil turlaridan: ko‘rish xotirasi, harakat xotirasi va so‘z ma’no xotirasidan foydalangan holda o‘tkazilishi kerak.
- Unutib qo‘ymaslik maqsadida geografik nomlar va atamalar muntazam ravishda takrorlanib turiladi, talaffuz etish va to‘g‘ri yozishda o‘quvchilar qiynaladigan geografik nomlarni takrorlab turish ayniqsa muhimdir.
- Xarita va geografik nomlar va atamalarni o‘zlashtirishda xarita bilan ishlaganda turli yasama didaktik materiallardan: rangli bayroqchalardan, shartli belgilardan, jadvallardan, rangli iplardan, strelkalardan va boshqalardan foydalanish anchagina foyda beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |