Xarakteringiz qandayligini bilasizmi?
Buni bilish maqsadida quyidagi savollarga javob bering. Javoblarni tanlashda test oxiridagi natijalarga qarab mo’ljal olmang. Shundagina o’zingizga obektiv baho bergan bo’lasiz. Aks holda o’zingizni aldaysiz.
T/r
|
Savollar
|
Ball
|
1.
|
2
|
3
|
1.
|
Sizning hatti-harakatingizning atrofdagilarga tasir qilishini tez-tez o’ylaysizmi?
juda kamdan-kam o’ylayman;
kam o’ylayman;
v) unchalik tez-tez o’ylamayman;
g) juda tez-tez o’ylayman.
|
0
1
2
3
|
2.
|
Qaysarligingiz tufayli o’z nufuzingizdan kelib chiqqan holda o’zingiz ishonmaydigan u yoki bu narsani aytish hollari bo’ladimi?
bo’ladi;
yo’q, bo’lmaydi.
|
0
2
|
3.
|
Quyidagi qayd qilingan sifatlarning qaysi birini kishilarda ko’proq ko’rishni istaysiz?
sabot, matonat;
fikrlash doirasining kengligi;
v) basamar, o’zini ko’rsata olish qobiliyati,
|
2
1
0
|
4.
|
Sinchkovlikka moyilmisiz?
ha;
yo’q.
|
2
0
|
5.
|
Noxushlik hollari bo’lganda uni tez unitasizmi?
tez unutaman;
tez unutmayman.
|
0
2
|
6.
|
Qilmishlaringizni tahlil qilishni yoqtirasizmi?
ha;
yo’q, yoqtirmayman.
|
2
0
|
7.
|
O’zingizga yaxshi tanish bo’lgan kishilar davrasida bo’laturib, Siz:
shu davraga xos va mos haroratni saqlashga harakat qilasiz;
ooo’zingiz bilan band bo’lasiz.
|
2
0
|
8.
|
Murakkab ishga kirishayotib kutilayotgan qiyinchiliklar to’g’risida o’ylamaslikka harakat qilasizmi?
ha;
yo’q.
|
0
2
|
9.
|
Quyida qayd qilinganlarning qaysi biri sizga ko’proq to’g’ri keladi?
xayolparast, hayol suruvchi;
ko’ngli ochiq, dali-g’uli;
mehnatkash;
puxta, batartiblik;
d) besaranjom, bexalovat.
|
0
1
3
2
2
|
10.
|
Agar bahs chog’ida muxolifingiz hissiyotga berilib o’zidan ketsa va sizga hujum qilsa, bunday hold anima qilgan bo’lardiz?
xuddi shunday tarzda javob qilasiz;
bunday holatda umuman etibor bermaysiz;
ochiqdan ochiq xafa bo’lasiz;
g) tanaffus qilishni taklif qilasiz.
|
0
2
1
3
|
11.
|
Agar ishingizni qoniqarsiz deb topishsa, unda siz:
o’zingizni noqulay his etasiz;
uyalasiz;
v) o’zingizdan nafratlanasiz.
|
2
1
0
|
12.
|
Agar mag’lubiyatga uchrasangiz unda siz, eng avvalo:
o’zingizni aybdor deb bilasiz;
taqdirdagi omadsizlikni ayblaysiz;
v) turli “obektiv” hollarni pesh qilasiz.
|
2
0
0
|
13.
|
Sizni qurshab olgan rahbaringiz, kasbdoshlaringiz yoki bo’ysunuvchilaringiz sizning qobiliyatingiz va bilimingizga shubha bilan qarayotgandek tuyiladimi?
ha;
yo’q.
|
0
2
|
14.
|
Agar sizning do’stlaringiz yoki kasbdoshlaringiz ustingizdan kulishsa yoxud kulishsa yoki hazillashsa va tegajog’lik qilishsa, unda Siz:
ularga nisbatan g’azablanasiz;
chekinishga harakat qilasiz;
achchiqlanmasdan, shirin so’z bilan ularni o’z tomoningizga og’dirishga urinasiz;
ularga kulimsirab javob qilasiz, go’yoki dunyoni suv bossa ham to’pig’ingizga suv chiqmagandek o’zingizni sezasiz;
d) o’zingizni befarq, beparvodek ko’rsatib, hattoki kulimsiraganingizda, ich-ichingizdan nafratlanasiz.
|
0
1
2
0
0
|
15.
|
Bahslashish tugagandan so’ng o’zingizning nuqtai nazaringizni himoya qilish maqsadida bahsni fikran yangi tasdiqlar bilan davom ettirasizmi?
ha;
yo’q.
|
0
2
|
|
|
|
Javoblarni belgilang va ballarni jamlab chiqing.
Natijalar:
14 ballgacha. Hayhot, siz bo’sh xarakterli shaxssiz. O’zgarib turadigan fel-atvorlisiz, balki, beg’amsiz. Sizga biror noxushlik bo’lib qolsa, hohlagan odamni ayblashga tayyor bo’lasiz, ammo faqat o’zingizni emas. Do’stlikda ham, xizmatda ham sizga suyanmoq juda mushkul.
14-23 ball. Siz keskin xarakterga egasiz. Garchi, barcha qiliqlaringiz teng baholi bo’lmasada, siz hayotga nisbatan amaliy(realist) nuqtai nazardan qaraysiz. Sizda yanglishish va uzilishlar ha bo’ladi. Siz jamoada halol ishlovchi, vijdonli va sabr toqatlisiz. Shundoq bo’lsa ham sizga ayrim kamchiliklaringizdan holibo’lish uchun o’ylashga mavzu bor. Bunung uddasidan chiqishga qodirsiz.
24-30 ball. Siz sabot va matonatli kishilar toifasiga taalluqlisiz va yuksak masuliyatlisiz. O’z mulohazalaringizni qadrlaysiz, shu bilan birga boshqalar fikri bilan ha hisoblashasiz. Sodir bo’ladigan vaziyatlarga to’g’ri mo’ljal olasiz va ko’pgina hollarda to’g’ri qaror qabul qilish imkoniyatiga egasiz. O’ziga o’zi mahliyo bo’lishdan qochasiz va ‘juda yuqori ball kuchli-bu qattiq”, degani emas iborasini doimo esingizda tutasiz.
30 balldan yuqori. Ehtimol bunday yuqori ball-o’zingizga baho berishda obektivlikka yo’l qo’ymaslik oqibatidandir. Chunki bunday ball juda yuqori bo’lib- hayotda shunday xarakterli odam bo’lar ekanda, degan shubha uyg’otishi mumkin. Agar shundoq odam bo’lsa, ular uchun biror narsani tavsiya qilishning hojati yo’q.
Do'stlaringiz bilan baham: |