Xarakatlanayotgan zaryadlangan zarrachalarning elektr va magnit maydonlarida og’ishi


Turli shakldagi tokli o’tkazgichlarning magnit maydonini hisoblash



Download 47,72 Kb.
bet3/3
Sana27.05.2022
Hajmi47,72 Kb.
#610856
1   2   3
Bog'liq
Turdiyev Ramziddin

Turli shakldagi tokli o’tkazgichlarning magnit maydonini hisoblash

Magnetizm sohasidagi buyuk kashfiyotlar magnetizm bilan elektr o‘rtasidagi 
bog‘lanishning ochilishi bilan bog‘liq. 1802-yili italiyalik fizik Ramanozi magnit 
strelka Volt ustuniga (galvanik elementning bir turi) yaqinlashtirilganda ozgina 
burilishini sezdi. Lekin bu hodisa faqat elektr tok o‘tayotganida bo‘lishini sezish 
unga nasib etmadi.
 
Daniyalik olim Gans Xristian Ersted ham tabiat hodisalari orasida 
bog‘lanishlarni izlar edi. Elektr va magnit hodisalar orasidagi bog‘lanishlarni 
aniqlagan olim, 15 fevral 1820-yili talabalar oldida tajriba qo‘yadi. Kutilayotgan 
natijani e’lon qilib (Ersted shunday yozadi), Volt ustuni qutblarini o‘tkazgich 
orqali birlashtirganda o‘tkazgich yoniga o‘rnatilgan magnit strelka o‘tazgich 
tomonga burildi. Magnit va elektr hodisalar orasida ko‘plab fiziklar izlagan 
bog‘lanish ana shunday aniqlandi: Ersted elektrdan magnetizmni hosil qildi. Bir necha oydan so‘ng, tajribalarni kuchliroq tok manba’si bilan takrorlagan Ersted 
yangilik haqida yozadi. Yangilikning yana bir tomoni shunda ediki, Ersted magnit 
maydonni tokka, o‘tkazgichga tik ekanligini, maydon aylanma ekanligini 
tasvirlaydi. Tajribani o‘zidan tashqari uni kuzatgan hurmatli janoblarni birma-bir 
sanab o‘tadi. Magnit maydonni bunday xarakterini ilm ahli qabul etishi oson 
emasdi. Quyidagi rasmlarning birinchisida toksiz o‘tkazgich magnit strelkaga 
parallel joylashtirilgan (strelkaning bu holati Yerning magnit maydoni bilan 
aniqlanadi). O‘tkazgichdan tok o‘ta boshlashi bilan strelka o‘tkazgichga tik 
yo‘nalishga burilishi kuzatiladi. Magnit hodisalarda ta’sirlashuvni uzatuvchi moddiy borliq – magnit maydon 
deb ataladi. Magnit maydon harakatlanuvchi zaryadlar tomonidan hosil qilinadi va 
harakatdagi zaryadlarga ta’sir etadi, qo‘zg‘almas zaryadlarga ta’sir etmaydi. 
Magnit maydon ham zaryadlarning maydoni bo‘lgani uchun elektr va magnit 
maydonlar orasida bog‘lanish bo‘lishini kutish mumkin, lekin bu bog‘lanish 
aniqlanguncha olimlar yana katta izlanishlar olib borishiga to‘g‘ri keldi. Bu bog‘lanishlar topilguncha magnit maydon elektr maydondan farqli va mustaqil 
maydon sifatida o‘rganildi. Magnit strelkalar bir-biriga yaqin qo‘yilsa, o‘zaro ta’sirlashib, qarama-qarshi 
qutblari bir-biriga tortishadi. strelkaning shimoliy qutbi shimolni ko‘rsatishi – 
Yerning janubiy magnit qutbi shimolda joylashishini ko‘rsatadi (Yerning geografik 
qutbi bilan janubiy magnit qutbi ustma – ust tushmaydi, ular orasida deyarli ikki 
ming km bor. Buning ustiga magnit qutb o‘z o‘rnini asta sekin o‘zgartirib boradi). 
Magnit strelkani magnitlar va elektr toklarning maydonini o‘rganish uchun 
foydalanganda, ularni maydonidan tashqari Yerning maydoni ham borligini 
unutmaslik kerak. 
 
Temir arralanganda temir qipiq hosil bo‘ladi. Uning zarralari huddi magnit 
strelkalar kabi magnit xossalarga ega bo‘lib, magnit maydonlar tuzilishini – 
strukturasini o‘rganishda foydalaniladi. 17.1-rasmda chiziqli va taqasimon 
magnitlarning maydoni temir qipig‘i yordamida oshkor qilingan. Tajriba 
quyidagicha olib boriladi. shisha yoki qog‘oz sirtiga qipiq sepilib, magnit tepasiga 
olib boriladi. Maydon qipiqni joylashishiga ta’sir etadi. Qipiqning og‘irligi, o‘zaro 
ishqalanishi to‘sqinlik qilmasligi uchun qog‘oz engil qimirlatib yuboriladi. 
Natijada qipiq zarralarini magnit maydon chiziqlari bo‘ylab marjon kabi tizilib 
turishini ko‘rib, maydon strukturasi aniqlanadi. 
Download 47,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish