Shunday qilib, modda berish koeffitsiyenti ning bir qator о‘zgaruvchan faktorlarga bog‘liqligi sababli, ular orasidagi bog‘lanishini aniqlash uchun hamda modda berish koeffitsiyentining qiymatini hisoblash uchun о‘xshashlik nazariyasidan foydalaniladi. О‘xshashlik nazariyasi asosida bu bog‘liqliklarni ifodalovchi, modda berishning umumiy kriterial tenglamalarini keltirib chiqaramiz.
Berilayotgan suyuqlikning miqdori va gaz harakatining tezligiga qarab qurilma tо‘rt xil rejimda ishlashi mumkin. Kolonnadagi bu rejimlar hо‘l angan nasadkaning gidravlik qarshiligi bilan gaz tezligining о‘zaro bog‘lanish grafigi orqali ifodalanadi (11.2-rasm).
Ishning bajarish tartibi Qurilma vertikal kolonna bо‘lib, uning ichki qismiga ag‘darilma tarelka о‘rnatilgan. Tarelka elaksimon bо‘lib, teshiklarining diametri d=0,016 m, kolonna yuzasini egallagan tarelkaning ozod qismi F = 20% ga teng. Nasadka sifatida tarelkaga diametri d=37 mm bо‘lgan sharlar solingan. Sharlar qatlamining g‘ovakliligi =0,4 ga teng, sharlarning soni n = 90 ta. Nasadka qatlamining balandligi Nn = 200 mm. Kolonna ishlash holatining balandligi Ni
=1200 mm ga teng. Markazdan qochma nasos (4) orqali purkagich (7) ga suv beriladi. Suvning sarfi rotametr (6) orqali о‘lchanib, sarfi kran (5) bilan rostlanadi. Havo diametri d = 110 mm bо‘lgan truba orqali ventilyator vositasida beriladi.Havoning sarfi maxsus moslama bilan о‘zgartiriladi, uning sarflanish miqdori mikromanometrga (14) ulangan Pito-Prandtl (8) trubkasi bilan aniqlanadi.
11.2-rasm. Laboratoriya qurilmasining sxemasi.1- kolonna; 2- ag‘darilma tarelka; 3- tomchi ajratgich; 4- nasos; 5- suyuqlik sarfini rostlovchi kran; 6- suyuqlik sarfini о‘lchovchi rotametr; 7- purkagich; 8- ventilyator; 9- Pito-Prandtl trubkasi; 10- havoning miqdorini rostlovchi moslama; 11- suv tо‘ldirilgan bak; 12- nasadka; 13,14- mikromanometr; 15,16 - psixrometrlar.
Psixrometrlar (15), (16) bilan kolonnaga kirayotgan havoning nam saqlashi, (xb, xox ) quruq va xо‘l termometrlar vositasida aniqlanadi. Ushbu ishda gaz fazasidagi modda berish koeffitsiyentining u iymati, suvni havoda bug‘lanishi samaradorligiga qarab 2 xil sharoitda aniqlanadi.
Z=const bо‘lganda, u=f( wo) bog‘lanishini keltirib chiqarish.
w=const bо‘lganda, u=f(Z), bog‘lanishini keltirib chiqarish.
Qurilmaning holati tekshirilib, laborant ishtirokida markazdan qochma nasos ishga tushirilib, suvni temperaturasi о‘zgarmas holatga kelguncha serkulsiya qilinadi. Rotametrning kо‘rsatkichi bо‘yicha suvning sarfi miqdori о‘zgarmas (о‘qituvchi kо‘rsatmasiga asosan) qilib olinadi. Havoning sarf miqdorini 4 marta rostlovchi moslama (10) yordamida о‘zgartirib, ventilyator (8) orqali havo beriladi, hamda mikromanometr (14) kо‘rsatkichi va psixrometr (15),
kolonnadan oldingi va keyingi kо‘rsatkichlarini hisoblash jadvaliga yoziladi.
Ikkinchi usulda havoning sarf miqdorini о‘zgarmas holatda suvning sarfi 4 marta rotametrning kо‘rsatkichi bо‘yicha о‘zgartirilib, psixrometrlarning kо‘rsatkichi hisoblash jadvaliga yoziladi
Tajriba о‘tkazilgandan sо‘ng modda berish koeffitsiyenti (11.31) tenglama bilan, havoning tezligi ( 11.36 ) va namlash zichligi Z (11.37) tenglamalar bilan xisoblanadi. Tajriba natijala r i asosida Z=constt bо‘lganda u-w orasidagi va W=const bо‘lganda u-Z orasida о‘zaro bog‘lanis h grafiklari millimetrli kog‘ozda tasvirlanadi.
11-1 hisoblash jadvali
Do'stlaringiz bilan baham: |