3. Qo'shimcha xarajatlarni hisobga olish
Korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat) turlari o'rtasida bilvosita xarajatlarni oqilona taqsimlash muhim ahamiyatga ega bo'lib, mahsulotlarning texnologik turlari bo'yicha tannarxini to'g'ri aniqlash imkonini beradi. Bu holat ishlab chiqarilgan mahsulotlarning bahosini shakllantirish bo'yicha korxona hisob siyosatini ishlab chiqishda ijobiy samara beradi.
Ishlab chiqarishga xizmat ko'rsatish va uni boshqarish xarajatlarini quyidagicha tasniflash mumkin:
1) mashina va uskunalarni asrash va ishlatish xarajatlari;
2) umumishlab chiqarish xarajatlari;
3) davr xarajatlari.
O'zbekistonda yuqoridagi birinchi va ikkinchi bandlardagi xarajatlar taqsimot bazasiga mutanosib ravishda mahsulotning ishlab chiqarisb tannarxiga qo'shiladi. Davr xarajatlari esa korxonaning moliyaviy natijalari hisobidan qoplanadi. 31 MDH davlatlarida esa uchala xarajatlar ham mahsulot tannarxiga kiritiladi va schyotlar tizimi orqali to'liq tannarx hosil qilinadi.
Ushbu xarajatlar umumiy xususiyatga ega bo'lishi bilan birgalikda, ularning xususiy jihatlari ham mavjud: mashina va uskunalarni ishlatish va asrash xarajatlari shartli-o'zgaruvchan bo'lib, ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga bog'liq. Umumishlab chiqarish va davr xarajatlari esa shartli-doimiy xarajatlar hisoblanib, ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga bog'liq bo'lmaydi.
Ishlab chiqarishga xizmat ko'rsatish va uni boshqarish xarajatlarini mahsulotlar tannarxiga kiritish orqali tannarx aniqlashning ishlab chiqarish bilvosita xarajatlarini umumkorxona miqyosida va bo'linmalar darajasida taqsimlash kabi usullari mavjud. Ishlab chiqarish bilvosita xarajatlarini umumkorxona miqyosida taqsimlash usulining mohiyati shundaki, bunda mazkur xarajatlar 2510-"Umumishlab chiqarish xarajatlari" schyotining debetida yig'ib boriladi hamda hisobot davri oxirida ular yagona taqsimot bazasi asosida mahsulot turlari bo'yicha taqsimlanadi.
4. Javobgarlik markazlari bo'yicha xarajatlar hisobini tashkil etish
Javobgarlik markazlari - bu boshqaruv hisobi tizimida muhim obyekt hisoblanib, boshqaruv xodimlari faoliyatini tashkil etishga yo'naltirilgan yangi psixologik talqindir. Uning asosiy maqsadi nazoratdan ko'ra ko'proq o'zini boshqarishda boshqaruv xodimlariga yordam berishdir.
Xo'jalik yurituvchi subyektlarda javobgarlik markazlari bo'yicha hisobni tashkil etishning asosiy maqsadi faoliyat xarajatlari va daromadlari haqidagi ma'lumotlarni alohida-alohida umumlashtirish hamda ular bo'yicha mavjud chetlanishlarni bo'linmalar zimmasiga yuklashdan iborat.
Boshqarish nuqtai-nazaridan korxonaning javobgarlik markazlariga bo'linishi quyidagi asosiy talablarga javob berishi kerak:
- javobgarlik markazlari korxonaning ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilmasi bilan bog'langan bo'lishi;
- javobgarlik markazlarida faoliyat hajmini aniqlash, xarajatlarni hisoblash va ularni taqsimlash uchun asos vazifasini bajarishi;-
- har bir javobgarlik markazi menejerlarining vakolatlari va javobgarligi aniq belgilanishi zarur. Menejer faqat o'zi nazorat qila oladigan ko'rsatkichlar uchun javob beradi;
- har bir javobgarlik markazi uchun ichki hisobot shakllarining o'rnatilishi; 34 javobgarlik markazlari menejerlari o'tgan davr uchun markaz faoliyati tahlilini o'tkazishda va istiqbol rejalarini (byudjet) tuzishda faol ishtirok etishlari lozim.
Shuningdek, korxonani javobgarlik markazlariga bo'lishda tegishli markaz rahbarlarining etirozlariga tasir qila oladigan ijtimoiy-psixologik omillarni hisobga olish lozim.
Boshqaruv hisobida korxona faoliyatini javobgarlik markazlariga bo'lib tashkil etish tarmoq xususiyatlari, ishlab chiqarish jarayoni texnologiyasi va uni tashkil etilishi, dastlabki materiallar, ishlab chiqariladigan mahsulotlar tarkibi, texnik jihozlanish darajasi va boshqa omillarga bog'liq.
Korxonani tashkiliy tuzilma doirasida boshqarishni tashkil etishning chiziqli, funksional, chiziqli-funksional va matrisali shakllarini ajratib ko'rsatish mumkin.
Chiziqli boshqarish deganda "vertikal bo'yicha" boshqarish tushuniladi, bunda quyi bo'-inlar yuqori bo'-inlarga bevosita bo'ysunadi.
Chiziqli boshqarishda har bir rahbar o'zi masul bo'lgan bo'linmalarni mustaqil boshqaradi va barcha zarur boshqaruv qarorlarini mustaqil qabul qiladi. Bu tizimning o'ziga xos ijobiy va salbiy jihatlari mavjud. Jumladan, uning ijobiy jihatlari:
- xodimlarning o'z vazifalarini bajarilishiga shaxsiy javobgarligini yuzaga keltiradi va mustahkamlaydi;
- asoslanmagan va samarasiz topshiriqlar berilish hollarini bartaraf etishga imkon yaratadi;
- belgilangan vazifalarni tezda bajarish va ularning natijalarini tahlil qilib borish mumkin;
- bo'linmalar xodimlari faqat o'z rahbarlariga hisobot berishlari sababli korxonada ijrochilik va intizom darajasi yaxshilanadi.
Mazkur tizimning salbiy tomonlari esa ko'proq unda oddiy va qisqa muddatli vazifalarni bajarishga etibor qaratilishi sababli, kompleks hamda istiqbolli masalalarni hal qilish ancha qiyinlashishi bilan ifodalanadi. Shuningdek, bunday sharoitda buyruqbozlik va rasmiyatchilik muhiti yuzaga kelishi mumkin.
Boshqarish korxonani moliya, taminot, sotish, kadrlar, va texnologik ishlovlar, ish yuritish, tashqi iqtisodiy aloqalar va xokazolar kabi alohida funksiyalar bo'yicha boshqarishdir. Bu tizim korxona rahbari va alohida funksiyalar menejerlarining faoliyatini ixtisoslashtirishga mo'ljallangan. Bunda menejerlarning o'z bo'linmalari faoliyatini chuqur va puxta bilishi, sodir bo'layotgan jarayonlarni istiqbolli tahlil qilish va baholash qobiliyatiga ega bo'lishi talab etiladi.
Funksional boshqarish tizimining afzalligi korxonada boshqaruv faoliyatining ixtisoslashtirilishi bilan belgilanadi. Bu holat boshqaruv samaradorligining oshishiga xizmat qiladi.
Korxonalar faoliyatida boshqarishning chiziqli-funksional tuzilmasidan keng foydalaniladi. Bunday tuzilma doirasida chiziqli bo'linmalar mahsulot ishlab chiqarish bo'yicha asosiy faoliyat bilan shug'ullanadi, ixtisoslashgan funksional bo'linmalar esa (marketing bo'limi, reja-moliya bo'limlari, kadrlar bo'limi) asosiy bo'linmalarga xizmat qiladi. Bu holda boshqaruvning ixtisoslashuvi, uning 35
muammolarni bartaraf etish imkonini beradi, bu esa funksional ixtisoslashish rivojiga xalal bermaydi. Funksional-qiymat tahlili (FqT)ning vujudga kelishi ham bunga misol bo'lishi mumkin. Uning maqsadi eng kam xarajat qilgan holda eng yaxshi sifatli va zamonaviy, yangi buyumni ishlab chiqarishga erishishdir.
Boshqarishni tashkil etishning matrisali shakli rahbar va xodimlarning hamjihatlikdagi faoliyatini taminlaydi, ularning shaxsiy qobiliyatlarini namoyon etishlari uchun sharoitlar yaratadi. Mazkur tashkiliy tuzilmaga muvofiq javobgarlik markazlarini tuzish (sex, bo'lim, bo'linma) har bir bo'linma faoliyatini muayyan shaxslar masuliyati bilan bo-lashga, bo'linmalar moliyaviy natijalarini baholashga va ularning korxona faoliyati natijalariga qo'shgan hissasini aniqlashga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |