Xar XIL psixologiya maktablarida Shaxs nazarialari



Download 59,43 Kb.
Sana17.04.2022
Hajmi59,43 Kb.
#559199
Bog'liq
Umumiy psixologiya seminar 8

Xar xil psixologiya maktablarida Shaxs nazarialari

Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universtiteti amaliy psixologiya yonalishi 1 b guruh talabalarining slayd ishi

Reja

  • 1. Psixologiya taraqiyotining davrlari
  • 2. Shaxsning psixoanalitik nazariyasi Freyd, Yung va Adler talqinida
  • 3. Bern va Levinning SHaxs ijtimoiy rollari nazariyasi 
  • 4. Umuminsoniy psixologiya nazaryalari haqida K. Rodjers va A. Maslou fikirlari
  • SHaxs psixologiyasi taraqqiyotini uch davrga ajratish mumkin, bular
  • falsafiy-adabiyot, klinik va tajribaviy.Tadqiqotlarning birinchi davri qadimgi allomalarning ishlari bilan boshlangan bo‘lib, XIX asrning boshlarigacha davom etdi. Falsafiy-adabiyot davrida shaxs psixologiyasining asosiy muammolari insonning ahloqiy va ijtimoiy tabiati haqidagi masalalardan iborat bo‘ldi. SHaxs haqidagi birinchi ta’riflar etarli darajada kengroq edi. Ular o‘z ichiga insonda mavjud narsalarni va shaxsan o‘ziniki bo‘lgan: uning biologiyasi, psixologiyasi, mol-mulki, hulq-atvori, madaniyati va h.k.larni jamlagan edi.
  • XIX asrlarda shaxs psixologiyasi muammolari bilan faylasuflar bilan birgalikda shifokor-psixiatrlar ham shug‘ullana boshladi. Ular klinika sharoitlarida bemor shaxsi ustidan kuzatuvlar olib bordilar, uning hulq-atvorini tushunish maqsadida bemor hayoti tarixini o‘rgandilar. Psixiatrlarning diqqat markazida bemor odamda odatda aniqlanadigan shaxs xususiyatlari bo‘ldi. Keyinchalik ular tomonidan aniqlangan o‘ziga xos xususiyatlar sog‘lom odamlarning deyarli barchasida mavjudligi, lekin ularda kuchsiz holatda, bemorlarda esa o‘ta kuchli tarzda ifodalanishi aniqlandi. Bu, masalan, xavotirlilik va qo‘zg‘aluvchanlik holatlariga tegishlidir.
  • SHunga qaramasdan, ushbu yondoshuv psixologiya nuqtai nazaridan mukammal deb hisoblanmaydi. Bunday yondoshuvlar normal shaxsni yaxlit holda ta’riflash uchun juda qisqa va etarli emas. Bunday aniqlash turiga turli sharoitlarda aniq ifodalanuvchi, doimo ijobiy, «mutanosib» bo‘lgan shaxs xususiyatlari kiritilmagan edi. Bularga misol qilib, layoqatlar, ahloqiy sifatlar keltirish mumkin.
  • XX asrning dastlabki o‘n yilliklariga kelibgina, shaxs, ungacha inson holatlari va bilish jarayonlarini tadqiq etish bilan shug‘ullanayotgan psixologlar tomonidan o‘rganila boshladi. XX asrda psixologiyada tajriba tadqiqotlari jadal olib borilgani uchun, ularga farazlarni aniq tekshirish va asoslangan faktlarga ega bo‘lish maqsadida ma’lumotlarni matematik-statistika usulida hisoblash qo‘llanildi. SHu asosda, psixologlar uchun uzoq yillar davomida mutanosib shaxsni tadqiq etishning ishonchli va valid test metodlarini ishlab chiqish birinchi navbatdagi vazifa bo‘lib qoldi.
  • SHaxsga tegishli bo‘lgan nazariyalar va konsepsiyalarni tasniflashga nisbatan yondoshuvlarning turli xillari mavjud. Masalan, R.S. Nemov shaxsga doir nazariyalarning 48 tasini keltiradi, ularning har biri tasniflashga asos bo‘ladigan besh ko‘rsatkich bo‘yicha baholanishi mumkin. Bularga hulq-atvorni tushuntirib berish usuli; shaxs haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish usuli; shaxsga burchak ostidan qarash; yosh darajalari; shaxsni tasvirlab beruvchi tushunchalar kabi ko‘rsatkichlar kiradi.Mavjud bo‘lgan shaxs nazariyalarining barchasini hulq-atvorni tushuntirib berish usuli bo‘yicha psixodinamik, ijtimoiydinamik va interaksion nazariyalarga bo‘lish mumkin
  • Psixodinamik nazariyalarga shaxsning ruhiy yoki ichki xususiyatlaridan kelib chiqib, uni ta’riflovchi va hulq-atvorini tushuntirib beruvchi nazariyalar kiradi. Ijtimoiydinamik nazariyalarning nuqtai nazariga ko‘ra, hulq-atvor determinatsiyasida asosiy o‘rinni tashqi vaziyatlar egallaydi. Interaksion nazariyalar insonning dolzarb faoliyatini boshqarishdagi ichki va tashqi omillarning o‘zaro harakati tamoyiliga asoslangan.SHaxs haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish usuliga ko‘ra barcha nazariyalarni eksperimental va noeksperimentallarga bo‘lish mumkin. Eksperimental shaxs nazariyalariga tajriba o‘tkazish yo‘li bilan to‘plangan ma’lumotlarni tahlil qilish va umumlashtirishga asoslangan nazariyalar, noeksperimentallarga esa – mualliflari tajribaga murojaat qilmasdan turib, hayotiy taassurotlarga, kuzatishlar va tajribaga tayangan holda nazariy bilimlarni umumlashtiradigan nazariyalar kiradi.
  • Shaxsning psixoanalitik nazariyasi (z. Freyd, a. Adler, k.yung, e. Fromm, k. Xorni). Bu nazariyaga ko‘ra, shaxs uch qism: id, ego va superegodan iborat insonning ichki, psixologik hosilasidir. Id – bu anglanmaganlik, bunga biologik ichki sezgilar va insonning hayvonlar bilan umumiy bo‘lgan organik ehtiyojlari kiradi. Z. Freyd jinsiy ehtiyojlar va tahdidlilikni, a. Adler – hokimiyatga intilishni, k. Xorni – turli-tuman komplekslarni, e. Fromm – odamning ozodlikka yoki uni cheklashga intilishini ajratib ko‘rsatadilar. Bu – shaxsning o‘zini anglashi. Superegoga inson qadriyatlari, uning hayotiy maqsadlari, ideallari kiradi. Shaxsning bu uch tarkibiy qismlari, odatda, uyg‘unlik holatida bo‘lmaydi, ular o‘rtasida nevrozlarga, inson ruhiyati va hulq-atvoridagi nuqsonlarga sabab bo‘luvchi nizolar yuzaga keladi.K. Yung freydning undan ajralib chiqqan birinchi o‘quvchilaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Ular o‘rtasidagi turli fikrlilikning paydo bo‘lishiga z. Freydning panseksualizm g‘oyasi sabab bo‘ldi.
  • yung bo‘yicha, inson psixikasi uch daraja: ong, shaxsiy anglanmaganlik va jamoaviy anglanmaganlikdan iborat. Inson shaxsi tuzilishida qadimgi o‘tgan insoniyatdan qolgan xotiralardan hosil bo‘lgan jamoaviy anglanmaganlik asosiy o‘rinni egallaydi. Jamoaviy anglanmaganlik umumiylik xususiyatiga ega. U ham o‘z navbatida turli darajalardan iborat. Bu milliy, irqiy va umuminsoniy meros bilan belgilanadi. Eng chuqur daraja odamgacha bo‘lgan davrdan, ya’ni, odamning avlodi bo‘lgan hayvonlarning tajribasidan boshlanadi. Shunday qilib, yung ta’rifiga ko‘ra, jamoaviy anglanmaganlik – bu qadimgi ajdodlarimizning ongi bo‘lib, ular o‘ylagan va his etgan, hayot va dunyo, xudolar va inson mavjudotlarini o‘rganish vositalaridan iborat.
  • freydning yana bir ustozidan uzoqlashgan mashhur o‘quvchilaridan biri, individual psixologiyaning asoschisi – alfred adler hisoblanadi. U freydning biologiyalashtirish nazariyasini keskin qoraladi. Adler, insonda asosiysi – uning tabiiy ichki sezgilari emas, balki, o‘zi «umumiylik tuyg‘usi» deb nomlagan ijtimoiy tuyg‘ulari ekanligini ta’kidladi. Bu tuyg‘u tug‘ma bo‘lsada, ijtimoiy jihatdan rivojlantirilgan bo‘lishi zarur.Bundan tashqari, adler freydning shaxsni uch bo‘lakka bo‘linishi haqidagi fikriga qarshi chiqdi. Uning fikricha, shaxs tuzilishi bir butun bo‘lib, shaxs taraqqiyotidagi bo‘linadigan qism bo‘lib, insonning ustunlikka intilishi hisoblanadi. Lekin bu intilish har doim ham amalga oshavermaydi. Masalan, inson tanasidagi organlarning nuqsonlari tufayli o‘zining mukammal emasligi tuyg‘usini boshidan kechiradi, shuningdek, bu tuyg‘u bolalikdagi noqulay ijtimoiy sharoitlar tufayli paydo bo‘lishi mumkin. Inson mukammal emaslik tuyg‘usini engish uchun turli ko‘rinishdagi to‘ldiruvchilarni izlay boshlaydi
  • SHaxs ijtimoiy rollari nazariyasi (amerikalik ruhshunos E. Bern va nemis ruhshunosi K. Levin). Ushbu psixologik nazariya insonning hayotda ma’lum, o‘ziga xos bo‘lgan ijtimoiy rollarni ijro etishidan kelib chiqadi. Aynan, mana shu rollar ushbu odam shaxsining asosiy xususiyati bo‘lib hisoblanadi.Bunday nazariyaning ma’lum bo‘lgan turlaridan biri amerikalik ruhshunos Erik Bern tomonidan taklif etilgan. Uning nuqtai nazariga ko‘ra, odam boshqa rollardan ko‘proq quyidagi ijtimoiy rollarni ijro etadi: bola roli, ota-ona roli va katta odam roli.Bola roli katta odamning o‘zini boladek his etishda davom etishida va bola sifatida tutishida namoyon bo‘ladi (mas’uliyatsiz, xarxasha qiladi, arazlaydi, e’tibor va g‘amho‘rlik talab etadi va h.k.). Ota-ona roli odamning boshqalar uchun mas’uliyatni, ularga g‘amho‘rlikni o‘z elkasiga olishida, boshqalarga o‘rgatishi, jazolashi, talab qilishida va h.k.larda namoyon bo‘ladi.Ota-ona roli odam o‘zini, haqiqatdan ham, katta odamlar o‘zlarini bir-birlariga nisbatan qanday tutishlari lozim bo‘lsa, shunday tutishlaridan iborat. 
  • K. Levin konsepsiyasida boshlang‘ich holat sifatida individning «hayotiy bo‘shlig‘i» ichida ma’lum yo‘nalish, kattalik va tayanch nuqtasiga ega bo‘lgan, uning psixologik kuchlari (intilishlar, istaklar va sh.o‘.) hosil bo‘ladigan va o‘zgaradigan yaxlit maydon sifatida qabul qilinadi. «Maydon»ning bir xil hududlari individni tortadi, boshqalari itaradi. Ob’ektlarning bu sifati hulq-atvor «maydon» kuchlari bilan harakatlanadigan hulq-atvorning motivatsiyali tuzilishini xarakterlovchi valentlik (musbat yoki manfiy) deb ataladi. Valentlik shaxs va uning maqsadlari, yo‘ldagi to‘siqlar va h.k.lar jamlangan psixologik «bo‘shlig‘ini» o‘z ichiga oluvchi yaxlit vaziyatning vazifasi bo‘lib hisoblanadi.YUqorida sanab o‘tilgan nazariyalardan tashqari, turli ilmiy-psixologik yo‘nalishlar ham mavjud. Bunday yo‘nalishlardan biri bo‘lib, umuminsoniy psixologiya hisoblanadi. Umuminsoniy yo‘nalish psixologlari uchun shaxs faqat atrofdagi voqelikka emas, balki, shaxsan o‘ziga tegishli bo‘lgan psixologik hosiladir. Umuminsoniy psixologiyaning vakillari K. Rodjers va A. Masloudirlar.
  • Rodjers shaxs nazariyasining markaziy halqasi bo‘lib, o‘zini baholash darajasi hisoblanadi. Bolaning kattalar va boshqa odamlar, bolalar bilan o‘zaro munosabatlarga kirishishi natijasida unda o‘zi haqida tasavvur paydo bo‘ladi. Lekin o‘zini baholashning shakllanishi nizolilarsiz o‘tmaydi. Ko‘p hollarda atrofdagilarning baho berishi o‘zini baholash bilan mos kelmaydi. Inson ko‘pda atrofdagilar bahosini qabul qilish yoki o‘z fikrida qolishdan birini tanlay olmay, qiyin ahvolda qoladi. Murakkab «solishtirish» jarayoni sodir bo‘ladi, buni Rodjers «jonli baholash jarayoni» deb ataydi, chunki dastlab baholash manbai bola organizmida bo‘lib o‘tadi, ya’ni, bu erda biz yana bir bora tug‘ma sifatlar tushunchasi bilan to‘qnashamiz.
  • Psixologiyadagi umuminsoniy yo‘nalishning boshqa vakili amerikalik ruhshunos Maslou bo‘ladi. Uning nuqtai nazariga ko‘ra, insonning asosiy ehtiyoji – bu o‘zini dolzarblashtirish, o‘zini mukammallashtirish va o‘zini namoyon etish. A. Maslouning yozishicha: «O‘zini dolzarblashtiruvchi odamlarning barchasi qandaydir faoliyat bilan mashg‘ul bo‘ladi … Ular bunga berilgan bo‘lib, ular uchun bu ish juda qadrli – bu o‘ziga xos layoqat». Bunday turga mansub odamlar yuksak qadriyatlarni amalga oshirishga intiladilar ( yaxshilik, haqiqat, insoflilik, go‘zallik, haqqoniylik, etuklik va boshqalar), bunday odamlar uchun bular hayotiy muhim ehtiyoj bo‘lib xizmat qiladi. SHaxs tuzilishi Maslou bo‘yicha tartibli tizimdan yoki ehtiyojlar darajasidan iborat. 
  • Xulosa o‘rnida, shaxs bo‘yicha tadqiqotlar hozirda ham faollik bilan olib borilayotganini ta’kidlab o‘tish joiz. Hozirgi zamon tadqiqotlarining muhim xususiyati nazariy qarashlar eksperimental tadqiqotlar asosida shakllanishidan iborat.

Download 59,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish