Xankeldiyeva G. Sh., Muminova E. A


O‘zbekistonning xalqaro moliya bozoriga integratsiyalashuv muammolari



Download 0,95 Mb.
bet99/182
Sana05.11.2022
Hajmi0,95 Mb.
#861056
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   182
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish Xonkeldiyeva G Sh , Muminova E A ,

O‘zbekistonning xalqaro moliya bozoriga integratsiyalashuv muammolari


Jahon xo‘jaligiga integratsiyalashuvda ilg‘or mamlakatlarning boy tajribalariga tahliliy yondashish va ushbu tajribalarni eng optimal tarzda milliy xususiyatlar bilan uyg‘unlashtirish zarur.


O‘zbekiston Respublikasi mustaqilikka erishgandan so‘ng mustaqil tashqi iqtisodiy siyosatini olib borish imkoniyati yuzaga chiqdi. Respublikaning tashqi iqtisodiy siyosati xalqaro moliyaviy munosabatlarda milliy manfaatlarni himoya qilgan holda amalga oshiriladi va u quyidagi tamoyillarga asoslanadi:

  • mafkuraviy qarashlardan qat’i nazar tashqi munosabatlarda oshkoralik;

  • teng huquqli va o‘zaro manfaatli hamkorlik, boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;

  • o‘zining milliy va davlat manfaatlari ustuvorligida o‘zaro manfaatlarni har tomonlama hisobga olish;

  • respublika biron-bir davlatning ta’sir doirasiga kirmasligi tamoyiliga to‘la amal qilish;

  • to‘la ishonch, xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish asosida ikki tomonlama, shuningdek, ko‘p tomonlama tashqi aloqalarni o‘rnatish va ularni rivojlantirish;

  • umume’tirof etilgan xalqaro huquq me’yorlariga rioya etish.

Tashqi iqtisodiy soha tarmoqlari majmuini vujudga keltirmasdan, moliya, bank-kredit tashkilotlari, bojxona xizmati ishini xalqaro me’yor va talablar darajasida yo‘lga qo‘ymasdan turib, xalqaro aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashni tasavvur etib bo‘lmaydi.
Tashqi savdo, iqtisodiy, ilmiy va madaniy aloqalarda quyidagi yo‘nalishlar ustuvor hisoblanadi:

  • birinchidan, respublikaning eksport qudratini rivojlantirish va yanada mustahkamlash, eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiyotni shakllantirish;

  • ikkinchidan, eksport imkoniyatini kengaytirish, jahon bozoriga kirib borish uchun, avvalo, qimmatbaho xomashyoni qayta ishlash negizida tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxonalarni rivojlantirish;

  • uchinchidan, tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish, xo‘jalik ishlarini yurituvchi sub’ektlarga xorijiy sheriklar bilan bevosita aloqalar o‘rnatishda o‘z mahsulotlarini chet ellarda sotishda ko‘proq erkinlik berish, tovarlarni eksport va import qilishda qo‘shimcha imtiyozli tartibni joriy qilishda aniq maqsadni ko‘zlab siyosat o‘tkazish;

  • to‘rtinchidan, xorijiy sarmoyalarni respublika iqtisodiyotiga keng ko‘lamda jalb etish uchun zarur huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy hamda boshqa sharoitlarni yaratish;

  • beshinchidan, xalqaro moliyaviy munosabatlarning tarkibiy majmuini vujudga keltirish;

  • oltinchidan, xalqaro huquq va xalqaro moliyaviy munosabatlar sohasida malakali mutaxassislar tayyorlashni tashkil etish.

Integratsiya munosabatlari, manfaatlar birikuvining xilma-xil mexanizmlari va shakllari hamda integratsiya turlari mavjudligiga asoslanadi. O‘zbekiston bir vaqtning o‘zida turli darajalarda – dunyo miqyosida va mintaqa ko‘lamida integratsiya jarayonlariga qatnashsa-da, bitta muhim qoidaga amal qiladi; ya’ni bir davlat bilan munosabatlarni tiklash boshqa bir davlat bilan aloqalarini to‘xtatish hisobiga bo‘lmasligi lozim.
Iqtisodiy jihatdan rivojlangan bozor tizimiga ega bo‘lgan demokratik davlat haqidagi hozirgi zamon tushunchalariga mos ravishda O‘zbekiston Respublikasi jahon hamjamiyatiga kirishi mumkin.
Mamlakat jahon hamjamiyati bilan hamkorlik o‘rnatgan taqdirdagina, ya’ni xalqaro mehnat taqsimotida o‘zining munosib o‘rnini topganda, mintaqa va butun dunyo xavfsizlik tizimlarini barpo etishda faol ishtirok etgandagina uni iqtisodiy rivojlanishning yangi sifat bosqichiga olib chiqish imkoniyatlari kengayadi.
O‘zbekiston Respublikasi rivojlanish va taraqqiyot yo‘liga qadam qo‘yib, iqtisodiy hamkorlik sohasidagi ko‘pgina nufuzli xalqaro tashkilotlarning teng huquqli a’zolari safiga kirib bormoqda. Qisqa vaqt oralig‘ida respublika Xalqaro Valyuta Fondi (XVF), Jahon banki (JB), Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT), Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST), Osiyo va Tinch okeani ijtimoiy-iqtisodiy komissiyasi (OTIK), Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot banki (YeTTB), Xalqaro Moliya korporatsiyasi (XMK), Hamdo‘stlikning mintaqaviy iqtisodiy tashkiloti (HMIT) va shu kabi qator xalqaro moliyaviy tashkilotlarga qabul qilindi.
Jahon hamjamiyatidagi integratsiyalashuv haqida so‘z borganda, Birlashgan Millatlar Tashkiloti faoliyatida O‘zbekistonning ishtiroki e’tiborga loyiqdir. Faqat Birlashgan Millatlar Tashkilotigina xavfsizlikni saqlash va ta’minlashga qaratilgan diplomatiyadan to tinchlik o‘rnatishga qaratilgan operatsiyalarda qatnashishgacha bo‘lgan vositalarga ega.
Jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvning strategik maqsadi –davlatlarning turli mintaqaviy birlashmalari bilan aloqalarni rivojlantirishdan iborat. O‘zbekiston mintaqaviy xalqaro tashkilotlar – Yevropa Ittifoqi, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti (YeXHT), Shimoliy Atlantika bloki (NATO), Qo‘shilmaslik Harakati va boshqalar bilan samarali hamkorlik qilmoqda.
1996 yilning iyul oyida Florensiyada O‘zbekiston bilan YeI Kengashi o‘rtasida sherikchilik va hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi. Imzolangan ushbu bitim O‘zbekiston xavfsizligi va taraqqiyotini ta’minlashda yana bir muhim hodisa bo‘lib, bu sherikchilik iqtisodiy, madaniy, ilmiy va siyosiy sohalarni o‘zida qamrab oladi.
Jahon banki bilan birgalikda O‘zbekistonda milliy valyutani mustahkamlash, tashqi iqtisodiy faoliyatni kengaytirish va to‘lov balansini qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurish va korxonalar darajasidagi islohotlarni amalga oshirish uchun tiklanish qarzi berish to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi va amalga oshirildi.



Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish