Xankeldiyeva G. Sh., Muminova E. A



Download 0,95 Mb.
bet73/182
Sana05.11.2022
Hajmi0,95 Mb.
#861056
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   182
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish Xonkeldiyeva G Sh , Muminova E A ,

Alohida davlat darajasidagi globallashuv davlat iqtisodiyoti va jahon xo‘jaligi munosabatlarining intensivligi sifatida tushuniladi. Alohida mamlakatlarning jahon iqtisodiyotiga tortilish darajasi turlicha bo‘lib, quyidagi ko‘rsatkichlar orqali baholanadi – mamlakat yalpi milliy mahsulotidagi eksport va import ulushi, xorijiy investitsiyalar hajmi, texnologiyalar almashinuvidan to‘lovlar kelishi va ketishi.
Tarmoq globallashuvi asosiy ko‘rsatkichlari tashqi bozorda sotilgan mahsulotning ushbu tarmoq mahsuloti umumiy hajmidagi ulushi, shuningdek, unga kiritilgan xorijiy investitsiyalarning ushbu tarmoqqa kiritilgan kapital qo‘yilmalar umumiy hajmidagi ulushi hisoblanadi. Aniq bir kompaniyaning jahon xo‘jaligi munosabatlariga tortilganligi uning xorijdan olayotgan daromadlari hamda uning jahonning turli hududlaridagi shoxobchalari orqali xalqaro kapital, tovar va texnologiyalar ayirboshlashdagi ishtiroki bilan belgilanadi.
Globallashuvning quyidagi belgilari ajratib ko‘rsatiladi: axborot texnologiyalaridagi inqilob; iqtisodiy inqilob; liberal demokratiya o‘rnatilishi; milliylashtirish siyosati sifatida “lokallashuv”; gorizontal munosabatlar; qutblashish (polyarizatsiya).
Hozirgi vaqtda globallashuv jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar rivojlanishining muhim tendensiyasi bo‘lib, milliy xo‘jalik sub’ektlari manfaatlarining davlat milliy chegaralaridan chiqishi, transmilliy iqtisodiy va moliyaviy tuzilmalar faoliyat sohalari yaratilishi va kengayishi; xususiy, milliy iqtisodiy muammolarni yechish uchun jahon xo‘jalik manfaatlari va jahon resurslari mobilizatsiyasini talab etuvchi, global, jahon darajasiga ko‘tarilishini anglatadi.
Shuni aytish mumkinki, jahon iqtisodiyotining globallashuvi jahon hamjamiyati tomonidan iqtisodiy integratsiya va kapital, tovarlar, ishchi kuchining jahon bo‘ylab ko‘chishining o‘sib borayotganligi; ilmiy kommunikatsion inqilob turtki bo‘lgan texnologik integratsiya asosida erishilgan iqtisodiy o‘zaro bog‘liqlikning kritik darajasini aks ettiradi. Ko‘p davlatlar jahon iqtisodiyotining ushbu fenomenini, uning ijobiy va salbiy taraflarini o‘z iqtisodiy rivojlanishining milliy konsepsiyalarini ishlab chiqishda tobora yaqqolroq tarzda hisobga olmoqdalar.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi integratsiyaga nisbatan keng tushunchadir, chunki iqtisodiy globallashuv bir-biri bilan bog‘lanmagan jahon xo‘jaligi qismlarining ham o‘zaro bog‘liqligini talab etadi. U har qanday iqtisodiyot, har qanday bozordagi muammo jahon global muammosi maqomiga
ega bo‘lishi va u nafaqat ko‘p tomonlama, balki umumiy kuchlar hisobiga hal etilishi zarurligini ta’kidlaydi.
Global bozorning shakllanishi, turli xil firmalar o‘rtasidagi raqobatning kuchayganligi ularni kapitalni jamlash, o‘z doirasiga yangi ishlab chiqaruvchilarni yanada ko‘proq jalb etish, o‘z o‘rinlarini birgalikda saqlab qolish uchun kuchlarni o‘zaro birlashtirishga undaydi. Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyatining yaratilishi ham AQShga iqtisodiy qarshilik ko‘rsatish, qudratli Amerika sanoat-moliya korporatsiyalari bilan raqobat kurashida bardoshlilik usulidir. Shunday qilib, jahon iqtisodiyotining globallashuvi sharoitida milliy iqtisodiyotlarning o‘zaro bog‘liqligi ortib boradi.



    1. Download 0,95 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish