Xankeldiyeva G. Sh., Muminova E. A



Download 0,95 Mb.
bet52/182
Sana05.11.2022
Hajmi0,95 Mb.
#861056
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   182
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish Xonkeldiyeva G Sh , Muminova E A ,

I-bosqich – 1880-
1920 yillar.
Xom ashyo manbalarini egallab olish



II-bosqich – 1920-
1970 yillar. Jahondagi mahsulot sotish bozorlarini egallash


4.3-rasm. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining bosqichlari


Jahon iqtisodiyoti globallashuvining birinchi bosqichi “Pax Britannica” deb nomlanib, ushbu integratsion sikl XIX asr o‘rtalaridan Birinchi jahon urushigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Jahon bozori, haqiqatan ham, buyuk geografik kashfiyotlar davrida shakllana boshladi, lekin faqat 1900-yillarning boshlariga kelib, iqtisodiy munosabatlar uchun ochiq bo‘lgan butun dunyoni qamrab oldi. Yevropa “jahon iqtisodiyoti”ning markazi vazifasini bajarilishini o‘z zimmasiga oldi va globallashuv jarayonini boshlab berdi.
Sanoat inqilobi natijasi sifatida dunyoning iqtisodiy birligi vujudga keldi. Bu jarayonda Buyuk Britaniya birinchi bo‘lib ishlab chiqarish sanoatini yaratdi. mamlakatning “dunyo ustaxonasi”ga aylanishi uning tashqi savdo siyosatini tubdan o‘zgartirdi. Xom ashyo va oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talablar anaxronizmga aylandi – mamlakatda xomashyo va oziq-ovqat tanqisligi yuzaga keldi.
Ushbu davrda “erkin savdo” davri boshlandi. Cheklovlarning bekor qilinishi umumiy xalqaro savdoning rivojlanishiga kuchli turtki berdi. Tarixda “erkin

savdo”ga o‘tish hatto “shok terapiyasi”ning birinchi namunasi deb ataladi: atigi o‘n yil ichida jahon savdosining miqdori deyarli ikki barobar oshdi. XIX asr o‘rtalaridan to birinchi jahon urushi boshlanguniga qadar xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasida liberal jahon tartiboti ustun keldi.
1870-yillarning o‘rtalaridan boshlab tovar eksporti bilan birga kapitalni eksport qilish ham muhim ahamiyat kasb etdi. Bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga kapital qo‘yilmalarning ko‘chishi global iqtisodiy rivojlanishning asosiy omillaridan biriga aylandi. Masalan, shu davrda fransuz aholisining 10% ga yaqini Rossiya obligatsiyalariga ega edi. Rossiyada nizom kapitalining uchdan bir qismiga chet elliklar, xususan nemislar egalik qilishgan. Xalqaro qarz olishning “buyuk davri” 1914 yilda nihoyasiga yetdi.
Shunisi ahamiyatliki, globallashuv omillari iqtisodiyotdan tashqari boshqa sohalarda ham namoyon bo‘ldi. K.Doych tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ichki kapital aylanmasiga nisbatan xalqaro kapital aylanmasining ulushi 1950-yillar boshida 1913 yilga nisbatan ancha past va 1880 yilga nisbatan biroz past bo‘lgan.
XIX asr o‘rtalarida baland ko‘tarilgan migratsiya to‘lqini ta’sirida dunyo yangi davrga o‘tdi. 1880 yillarda amal qilingan mehnat migratsiyasidagi yengilliklar tufayli Skandinaviya aholisining 7%i, Italiya aholisining 6% dan ko‘prog‘i AQShga ko‘chib kelgan.
1900 yillarda antik va uyg‘onish davriga xos bo‘lgan dunyo birligi va yaxlitligi hissi qayta tiklandi: 1896 yildan boshlab Jahon Olimpiya o‘yinlari o‘tkazila boshladi, 1901 yildan boshlab xalqaro Nobel mukofotlari ta’sis etildi, 1887 yilda xalqaro muloqot tili - esperanto yaratildi. Global kapitalizm tizimi 1910 yilga kelib o‘z cho‘qqisiga yetdi. Dunyo aholisining taxminan 89%i valyuta ayrboshlash mumkin bo‘lgan mamlakatlarda yashagan, dunyo savdogarlar va sayohatchilar uchun ochiq edi. Biroq 1914 yil avgusti “Rax Britannica” tarixiga chek qo‘ydi.
Birinchi (1914-1918 yillar) va Ikkinchi jahon urushlarining yuzaga kelishi (1939-1945 yillar) jahon iqtisodiyoti globallashuvi birinchi bosqichiga yakun yasab, uning yangi belgi va xususiyatlar bilan ikkinchi bosqichga o‘tishiga olib keldi. Globallashuvning ikkinchi bosqichida jahonda yuz bergan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hodisalarga bog‘liq holda bir necha sikllarda o‘zgarishlar kuzatildi. Jumladan, uning birinchi sikli 1914-1945 yillardagi global tarqoqlik (dezintegratsiya) bilan boshlandi.
V.S.Solovyovning yozishicha, har qanday jiddiy va uzoq muddat davom etgan urush muqarrar ravishda dunyo miqyosidagi aloqalarda silkinishlarga olib keladi. XIX asrning oxirida erkin savdo tizimining qulashi birinchi jahon urushi davrida urush davri iqtisodiyotiga xos bo‘lgan turli cheklovlarni joriy etish va avtokratik
jarayonlarni mustahkamlash bilan boshlandi. Bu jarayon iqtisodiy tarix nuqtai nazaridan 1914 yilga keib tugadi.
1914 yildan boshlab xalqaro mehnat taqsimoti tizimida qattiq cheklovlar joriy qilindi. Birinchi jahon urushi xalqaro iqtisodiy munosabatlarni qisman izdan chiqardi. Munosabatlarning izdan chiqishi urushdan keyin juda katta qiyinchiliklarni yuzaga keltirdi. 1929-1933 yillardagi Buyuk depressiya jahon iqtisodiyotida yangi tartibsizliklarni boshlab berdi. Ko‘pchilik davlatlarning savdo siyosatida proteksionizm va iqtisodiy millatchilik ko‘rinishlari keskin darajada oshib bordi. 1938 yilda rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotining tashqi savdoga bog‘liqligi 1880 yilga nisbatan 1,5 barobar past va 1850 yilga nisbatan atigi 20% yuqori bo‘ldi. Yevropa mamlakatlarida chet elliklarni ishga joylashtirishni ta’qiqlovchi tizim joriy etildi.
Ikkinchi jahon urushi jahon iqtisodiy aloqalarini birinchi jahon urushidan ham ko‘proq izdan chiqardi
Jahon iqtisodiyotidagi “buyuk sinish“ texnologik ukladlarning o‘zgarishi bilan bog‘liq chuqur ildiz otgan sabablarga ham ega edi. Eski industrial mamlakatlar (Buyuk Britaniya, AQSh, Germaniya, Daniya, Niderlandiya, Shveysariya)da temiryo‘l qurilishi davri tugadi. N.D.Kondratev jahon iqtisodiyotining yangi siklik o‘sishini avtomobil sanoati bilan bog‘ladi. Ford konveyeri 1913 yilda ish boshlaganiga qaramay ikkinchi jahon urushidan keyingina bu sohada yuksalish – boshlandi.
Ushbu davr oralig‘ida Buyuk Britaniya “global iqtisodiy yetakchilik”ni qo‘ldan boy berdi, AQSh esa bu vaqtda ushbu vazifani qabul qilib olishga hali tayyor emas edi.
Jahon iqtisodiyoti globallashuvining ikkinchi global integratsiya sikli 1946 yildan boshlandi. Ushbu sikl XX asrning ikkinchi yarmida xalqaro mehnat taqsimotining asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylangan avtomobilsozlik, neft qazib olish va qayta ishlash kabi tarmoqlarni vujudga keltirgan ikkinchi sanoat (texnologik) inqilobi ta’sirida yuzaga keldi. XX asr o‘rtalarida avtomobillar, neft, va neft mahsulotlari jahon savdosida uchta eng muhim tovar guruhi hisoblanib, jahon eksportining taxminan 25% ni tashkil etdi.
Ikkinchi jahon urushidan keyin, jahon iqtisodiyotidagi ko‘plab jarayonlarni noldan boshlash lozim bo‘ldi. 1970 yillarning birinchi yarmiga kelib xalqaro mehnat taqsimoti va tashqi savdoning jahon iqtisodiyotidagi ulushi qayta tiklandi. Bu davrda sanoat mamlakatlari tovar eksportining YaIMdagi ulushi 1913 yildagi natijalar darajasiga qaytdi.
1974 yilda Jahon hamjamiyati tomonidan BMT qoshida transmilliy korporatsiyalar bo‘yicha komissiya va TMKlar markazi tashkil etilishi jahon iqtisodiyotida TMKlarning roli o‘sib borayotganidan dalolat beradi. Biroq 1990-
yillar boshidagina yalpi jahon mahsulotining ulushi sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning umumiy hajmi 1913 yildagi ko‘rsatkichga yetdi.
Qo‘shma Shtatlar savdo aylanmasi XX asr o‘rtalarida jahon savdosining 80% ini tashkil etganligi uning ikkinchi globallashuv to‘lqinining “etakchisi” bo‘lganligini ko‘rsatadi. AQShning tashabbusi va to‘la qo‘llab-quvvatlashi bilan global iqtisodiy tashkilotlar - JST, XVF va Jahon banki yaratildi va ular globallashuvning hozirgi bosqichining o‘ziga xos xususiyatiga aylandi.
Shuni e’tirof etish kerakki, bugungi kunda dunyoda globallashuv va iqtisodiy birlikning “ikkinchi to‘lqini” kuzatilmoqda. Ko‘rsatib o‘tilganidek, ba’zan integratsiya davrlari parchalanish davrlari bilan o‘rin almashadi. Bu o‘zgarishlar uzoq vaqt davomida sodir bo‘ladi va odatda, iqtisodiy rivojlanish tabiatidagi “umumiy” o‘zgarishlar, masalan, ilmiy va texnologik inqilob tufayli ro‘y beradi.



    1. Download 0,95 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish