Bog'liq Global iqtisodiy rivojlanish Xonkeldiyeva G Sh , Muminova E A ,
III bob bo’yicha xulosalar
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi uni harakatga keltiruvchi qator kuchlar ta’sirida shakllanadi. Globallashuv jarayonini harakatlantiruvchi kuchlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin.
Kapitalning konsentratsiyalashuvi va markazlashuvi.
Xo‘jalik hayotining transmilliylashuvi, ya’ni yirik transmilliy kompaniyalar va moliya guruhlarining rivojlanishi.
Jahon va milliy darajadagi bozor raqobati.
Fan - texnika taraqqiyoti.
Texnologik innovatsiya taraqqiyoti.
Iqtisodiy faoliyat (xo‘jalik hayoti)ning erkinlashuvi.
Xizmat va kapital bozorini tartibga solishning qisqarishi.
Jahon xo‘jaligi erkinlashuvi jarayonining kuchayishi.
Globallashuv jarayonini harakatlantiruvchi kuchlardan yana biri jahon va milliy darajadagi bozor raqobatidagi o‘zgarishlar hisoblanadi. Globallashuv sharoitida raqobatning quyidagi turlarini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin:
Bir mamlakat doirasidagi korxonalar o‘rtasidagi raqobat (tabiiy, moliyaviy va mehnat resurslari hamda qulay shart-sharoit uchun tadbirkorlik raqobati).
Turli mamlakatlar korxonalari o‘rtasidagi raqobat.
Korxonalar va TMKlar o‘rtasidagi raqobat.
TMKlar tarkibidagi alohida mintaqaviy bo‘linmalar o‘rtasidagi raqobat.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi jarayonni shakllantiruvchi hamda tezlashtirish uchun shart-sharoitlarni yaratib beruvchi uch asosiy mexanizmning amal qilishi bilan izohlanadi.
Jahon savdosida raqobatning kuchayishi
Ko‘p millatli ishlab chiqarishning shakllanishi
Xalqaro moliya bozorlarining integratsiyalashuvi
Jahon iqtisodiyotida globallashuv jarayonlarining vujudga kelishi va rivojlanishi tahlili ushbu jarayonlar bir qator omillarning ta’siri natijasida yuzaga kelishini ko‘rsatadi. Bu omillar sifatida globallashuvning alohida harakat yo‘nalishlari ob’ektlariga bog‘liq ravishda quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin:
mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy bog‘liqlikning keskin kuchayishi;
milliy iqtisodiyotlar iqtisodiy ochiqligining jadal sur’atlar bilan ortishi;
xalqaro savdo va kapitalning mamlakatlararo harakati asosida jahon iqtisodiyotining milliy iqtisodiyotga ta’sirining intensivlashuvi;
xalqaro mehnat taqsimoti sifatining shakllanishi;
jahon moliya bozorining milliy segmentlari o‘rtasidagi aloqalarning kuchayishi va global moliya bozorlarining shakllanishi;
axborot tizimi va telekommunikatsiyaning rivojlanishi;
transmilliy korporatsiya (TMK)lar faoliyatining global kengayishi;
rivojlanayotgan va o‘tish iqtisodiyotili mamlakatlarning xalqaro savdo, xalqaro kredit, xalqaro mehnat migratsiyasi jarayonlariga jalb etilishi;
jahon iqtisodiyoti sub’ektlari tarkibining keskin murakkablashuvi;
jahon iqtisodiyotida rivojlanib borayotgan yirik (alfa) shaharlar ta’sirining kuchayishi.