Jahon iqtisodiyoti globallashuvining belgilari
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar jahon iqtisodiyotining barcha tarkibiy qismlari mavjudligining eng muhim shakliga aylanib bormoqda. Hech kim, hatto eng rivojlangan milliy iqtisodiyot va uning tarkibiy qismlari (iqtisodiyotning real sektori) ham endilikda jahon iqtisodiyoti bilan yaqin o‘zaro aloqasiz, mutlaq o‘z- o‘zini ta’minlash rejimida rivojlana olmaydi.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvini harakatlantiruvchi kuchlar va omillarning aniq mexanizmlar orqali harakatga kelishi natijasida jahon
38 Вагин В. В. Городская социология / В. В. Вагин [электронный ресурс]. Режим доступа: http://vasilievaa.narod.ru
39 Sassen S. The Global City: New York, London, Tokyo. – Princeton U.P., 2001.
iqtisodiyotining globallashuvi yuzaga keladi. Globallashuv jarayonlarining natijalari uning alohida belgilariga asosan baholanishi mumkin.
Bugungi kunda jahon iqtisodiyoti globallashuvini quyida keltirilgan asosiy belgilar orqali aniqlash va baholash mumkin (3.6-rasm):
xalqaro mehnat taqsimotidagi sifat o‘zgarishlari;
transmilliy korporatsiyalarning jahon iqtisodiyotida yetakchi rol o‘ynashi;
jahon ho‘jaligi munosabatlarining milliy iqtisodiy munosabatlarga nisbatan ustuvorligi;
global axborot-texnologik taraqqiyotning chuqurlashuvi;
ilmiy-texnika taraqqiyotining ishlab chiqarish integratsiyalashuviga universal, keng qamrovli ta’siri;
texnologik, ekologik, statistik, moliyaviy standartlarning uyg‘unlashuvi;
xalqaro ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va intensivlashuvi;
kapital integratsiyasi shakl va mexanizmlarining global miqyosda kengayishi;
xalqaro iqtisodiy va moliya tashkilotlarining jahon iqtisodiyotini global tartibga solish rolining vujudga kelishi;
iqtisodiy mintaqalarning to‘liq hududiy integratsiya bilan qamrab olinishi;
jahon iqtisodiyoti integratsiya jarayonlarining jadal rivojlanishi;
xalqaro bozorlar va tovarlarning globallashuvi.
XX asrning oxirgi choragi jahon iqtisodiyoti o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga o‘tishi boshlanganligi bilan tavsiflanadi. Bu yangi bosqich oldingi rivojlanish bosqichlaridan tubdan farq qiladi.
Mutaxassislar uzoq muddatli tamoyillarni belgilash va kelajakdagi iqtisodiy strategiyani aniqlashga intilgan holda tuzilmaning eng xarakterli belgilarini muhokama qilishni davom ettirayotgan bo‘lsalar-da, hozirgi kundayoq xalqaro iqtisodiy munosabatlarning zamonaviy tuzilmasining quyidagi xususiyatlari o‘z- o‘zidan namoyon bo‘lib turibdi:
samarali, yuqori texnologik hamda resurslarni tejovchi ijtimoiy ishlab chiqarish bilan tavsiflanuvchi axborotlar iqtisodiyotini shakllantirish;
konveyer, keng xalq ommasi iste’moliga asoslangan industrial tizimni davlat, aralash va, ayniqsa, xususiy kompaniyalarning alohida yo‘naltirilgan kreativ (ijodiy) xo‘jalik faoliyatiga o‘zgartirish;
v) milliy iqtisodiyotlarni ochiqlashtirish tamoyillarining hududiy miqyosdagi yopiq iqtisodiy bloklarni shakllantirish tamoyili bilan qo‘shilib ketishi;
g) xalqaro korporatsiyalar ahamiyatining ortib borishi sharoitida davlatning tartibga solish rolining kuchayishi;
d) hal etilishida jahondagi barcha mamlakatlarining jamoaviy harakatlarini talab qiluvchi, sivilizatsiyaning global muammolari deb atalmish ekologik, xom ashyo, demografik kabi muammolarning keskinlashishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |