Globallashuv sharoitida raqobat turlari
Korxonalar va TMKlar o‘rtasidagi raqobat
TMKlar tarkibidagi alohida mintaqaviy bo‘linmalar o‘rtasidagi raqobat
3.3-rasm. Globallashuv sharoitida raqobat turlari32
31 Nаzаrоvа G.G’., Sаliхоvа N.M. Jаhоn iqtisоdiyotining glоbаllаshuvi. / prоf. N.Х. Jumаеv tаhriri оstidа (o’quv qo’llаnmа). –Т.: TDIU, 2011 y. 162-163 b.
Bir mamlakat doirasidagi korxonalar o‘rtasidagi raqobat (tabiiy, moliyaviy va mehnat resurslari hamda qulay shart-sharoit uchun tadbirkorlik raqobati).
Turli mamlakatlar korxonalari o‘rtasidagi raqobat.
Korxonalar va TMKlar o‘rtasidagi raqobat.
TMKlar tarkibidagi alohida mintaqaviy bo‘linmalar o‘rtasidagi raqobat.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvigacha bo‘lgan davrda raqobatning dastlabki ikki turi, ya’ni bir mamlakat doirasidagi korxonalar o‘rtasidagi hamda turli mamlakatlar korxonalari o‘rtasidagi raqobat shakli mavjud bo‘lgan bo‘lsa, globallashuv sharoitida aytib o‘tilgan raqobat turlariga korxonalar va TMKlar o‘rtasidagi hamda TMKlar tarkibidagi mintaqaviy bo‘linmalar o‘rtasidagi raqobat turlari qo‘shildi.
Turli mamlakatlar korxonalari o‘rtasidagi raqobat munosabatlariga globallashuv quyidagi umumiqtisodiy va bozor omillari orqali o‘z ta’sirini ko‘rsatadi:
ichki bozorlarda raqobat sharoitlarining og‘irlashishi va tashqi bozorlarga chiqish to‘siqlarining kamayishi natijasida tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanishni istovchi ko‘p miqdordagi sub’ektlarning paydo bo‘lishi;
jahon savdosining rivojlanishi va tashqi savdo ishtirokchilari uchun sharoitlarni tenglashtirish yo‘nalishidagi xalqaro tashkilotlarning paydo bo‘lishi;
turli bozorlardagi faoliyatni tez muvofiqlashtirish, o‘zgarayotgan bozor sharoitlariga tez moslashish imkonini beruvchi aloqa vositalarining rivojlanishi;
tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda tashish xarajatlari ulushini pasaytirish imkonini beruvchi transport (konteyner tashish, katta o‘lchamli aviatashuvlar) tizimlarining rivojlanishi;
milliy bozorlarga ikki tomonlama kirish imkoniyatini kengaytiruvchi xorijiy investorlarga nisbatan turli mamlakatlar hukumati ijobiy munosabatining shakllanishi;
turli mamlakatlar iste’molchilarining mahsulot va xizmatlar iste’moli xususiyatlarining borabarlashtirilishi va boshqalar.
Globallashuv jarayonini harakatlantiruvchi eng asosiy kuchlardan yana biri fan texnika taraqqiyoti hisoblanadi. Bizning davrimizda ilmiy-texnika taraqqiyoti global ahamiyatga ega bo‘lgan omilga aylandi. Ilmiy va texnologik taraqqiyot ko‘p jihatdan jahon iqtisodiyotining holatini belgilaydi. Keng miqyosda ilmiy kashfiyotlar va ixtirolar insoniyat hayotini doimiy o‘zgartirib, ishlab chiqarish tizimida, ishlab chiqarish mahsuloti va iste’molda moddiylashadi. Har qanday
32 Еремин А.В. Влияние процесса глобализации на формирование и трансформацию конкуренции. Евроазийский международный научно-аналитический журнал. Проблемы современной экономики, №3 (11), 2004. –С. 64-66.
mamlakatning ilmiy-texnikaviy taraqqiyoti, ilmiy-texnikaviy salohiyati mamlakatlar iqtisodiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi.
Texnologik innovatsiya taraqqiyoti ham globallashuv jarayonini harakatlantiruvchi kuchlardan biri bo‘lib, fan-texnika taraqqiyoti darajasi ko‘p jihatdan texnologik innovatsiya taraqqiyotiga bog‘liq. Jahon iqtisodiyotida bugungi kunda jahon eksportining 15% dan ortig‘ini tashkil etuvchi yuqori texnologiyalar va ilmtalab ishlab chiqarish tarmoqlarining o‘rni ortib bormoqda. Yuqori texnologiyalarga asoslangan mahsulotlar bozorida bozorning 80 %ini nazorat qilayotgan AQSh, Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya mamlakatlarining kompaniyalari yetakchilik qilmoqda. Ushbu kompaniyalar qatoriga so‘nggi yillarda Janubiy Koreya, Malayziya, Singapur kabi mamlakatlar kompaniyalari qo‘shilib bormoqda. Rivojlangan mamlakatlarda texnologiyalarga aylanayotgan yangi bilimlarni yaratuvchi yirik korporatsiyalarga ushbu mamlakatlar YaIM o‘sishining 70-85% qismi to‘g‘ri keladi. Yirik korporatsiyalar eski tizimdan farqlanuvchi “yangi iqtisodiyot”ni shakllantirgan bo‘lib, uning asosini yangi axborot texnologiyalari tashkil qiladi.
Iqtisodiy faoliyat (xo‘jalik hayoti)ning erkinlashuvi ham globallashuv jarayonini harakatlantiruvchi kuchlardan biri hisoblanadi. Globallashuv jarayonlarining o‘ziga ham, ushbu jarayonlar oqibatlariga ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatuvchi yana bir harakatlantiruvchi kuch - iqtisodiy hayotni erkinlashtirish, tovarlar, xizmatlar va kapital uchun bozorlarni erkinlashtirishdir. Shu munosabat bilan turli ma’muriy to‘siq va cheklovlarni olib tashlash iqtisodiy hayotni baynalmilallashtirishni chuqurlashtirish tendensiyasini mustahkamlaydi.
G‘arb mamlakatlari liderlarining neoliberalizm mafkurasiga sodiqligi va iqtisodiyotga davlatning aralashuvini cheklashi globallashuv jarayonlarida ma’lum darajada o‘zining izini qoldirdi. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, globallashuv xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi va mamlakatlarning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvini mustahkamlash jahon mamlakatlarining iqtisodiy hayotini tartibga solish bilan birga, hali ham uning neoliberal ko‘rinishida, ya’ni neoliberal model doirasida rivojlanmoqda. Rus tadqiqotchisi V. Kollontayning fikriga ko‘ra globallashuvning neoliberal modeli quyidagi asosiy xususiyatlarga ega:
jahon iqtisodiyotining bir qismi bo‘lgan mamlakatlarning iqtisodiy tartibga solish mexanizmlarini monetarist asosda gomogenizatsiyalashni majburlashga e’tibor qaratiladi;
bozor mexanizmi rivojlanishning asosiy regulyatori sifatida tan olinadi;
milliy iqtisodiy kompleks, milliy suverenitet va qisman davlat ham tugab boruvchi kategoriya hisoblanadi;
asosiy sa’y-harakatlar davlatning iqtisodiy rolini zaiflashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va mulkni davlat tasarrufidan chiqarishga qaratilgan.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish va erkinlashtirishning yuqori darajasi iqtisodiy o‘sishga yordam berishi mumkin, chunki ochiqlik institutsional islohotlar, jumladan, pul-kredit, moliyaviy va huquqiy tizim islohotlari bilan yaxshi qo‘llab-quvvatlanadi va iqtisodiy jihatdan kuchli strategik hamkorlar bilan barqaror aloqalar o‘rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |