Xankeldiyeva G. Sh., Muminova E. A



Download 0,95 Mb.
bet143/182
Sana05.11.2022
Hajmi0,95 Mb.
#861056
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   182
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish Xonkeldiyeva G Sh , Muminova E A ,

IQTISODIY XAVFSIZLIKKA TA’SIR ETUVChI ICHKI OMILLAR










Bir yoqlama, deformatsiyalashgan, qoloq iqtisodiyotning meros bo‘lib qolganligi







Hududiy separatizm va lobbizm yuqoriligi













Milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligi







Investitsion faollik













Iqtisodiyotning monopollashuv darajasi







Ijtimoiy ziddiyatlar kelib chiqish xavfi













Inflyatsiya darajasi







Qonunchilik bazasi, huquqiy intizom













Infratuzilma







Qonunchilik bazasi, huquqiy intizom













Foydali qazilma boyliklaridan foydalanish darajasi







Iqtisodiyotning kriminallashuv darajasi va korrupsiya













Mamlakatning ilmiy-texnika salohiyati







Nolegal daromadlar va soliqdan qochish













Xorijiy kompaniyalar tomonidan ichki bozor intervensiyasi







Kapitalning xorijga “oqib chiqib ketishi”






10.5-rasm. Iqtisodiy xavfsizlikka ta’sir etuvchi ichki omillar tarkibi


  • iqtisodiy sub’ektlarning moliyaviy va shartnomaviy intizomining pastligi;

  • iqtisodiyotning kriminallashuvi va korrupsiyaning kuchayishi;

  • daromadlarni yashirish va soliq to‘lashdan qochish holatlarining ko‘payishi;

  • kapitalni xorijga noqonuniy ko‘chirish va boshqalar.

Iqtisodiy xavfsizlikka ta’sir etuvchi omillarni, o‘z navbatida, ikki guruhga ajratish mumkin:

  1. Iqtisodiy tizimning siklli rivojlanish qonuniyatlariga bog‘liq omillar. Bu omillar guruhi ta’siri oqibatida ma’lum sharoitlarda makroiqtisodiyot darajasida salbiy oqibatlarning kelib chiqishi va davlatning iqtisodiy xavfsizligi tahdid ostida qolishi mumkin.

  2. Iqtisodiy tizimning siklli rivojlanish qonuniyatlariga bog‘liq bo‘lmagan omillar. Bu guruh omillari esa uzoq muddatli davrda iqtisodiy tizim muhim elementlarining takror ishlab chiqarilishi sharoitida to‘plangan noxush tendensiyalar tufayli yuzaga kelishi mumkin.

Bu o‘rinda quyidagilar noxush tendensiyalar sifatida qaralishi mumkin:

  • mamlakatning ishlab chiqarish, innovatsion va ilmiy-texnikaviy salohiyatidan foydalanish darajasi va samaradorligi;

  • xo‘jalik yuritish va boshqarishning iqtisodiy munosabatlari;

  • ijtimoiy soha;

  • atrof-muhit holati;

  • mamlakat hududlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy holat.





IQTISODIY XAVFSIZLIKKA TA’SIR ETUVCHI TASHQI OMILLAR










Eksport tarkibida xomashyo mahsulotlarining usuvorligi







Tashqi qarzlarning o‘sib borishi













An’anaviy mashinasozlik va harbiy sanoat tovarlari bozorlarining yo‘qotilishi







Eksport va valyuta nazoratining yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi













Mamlakatning import mahsulotlariga qaramligi, bog‘liqligi







Bojxona chegaralarining yetarli darajada belgilanmaganligi













Import tarkibining ratsional emasligi







Eksport jarayonlari uchun zaruriy infratuzilmalarning rivojlanmaganligi
















Eksport-import operatsiyalariga xizmat ko‘rsatuvchi transport infratuzilmalarining rivojlanmaganligi



10.6-rasm. Iqtisodiy xavfsizlikka ta’sir etuvchi tashqi omillar tarkibi





  1. Tashqi qarzlar hajmining o‘sib borishi.

Ochiq iqtisodiyot sharoitida tashqi iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash uchun, birinchidan, jahon xo‘jaligi aloqalarda ishtirok etib, milliy ishlab chiqarish uchun
qulay sharoitlar yaratish, ikkinchidan, jahonda sodir bo‘layotgan iqtisodiy, siyosiy hodisalar salbiy oqibatlarining milliy iqtisodiyotga ta’sirini kamaytirish taqozo etiladi. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, ochiq iqtisodiyot sharoitida tashqi omillar ta’sirini butunlay yo‘q qilish, unga barham berish imkoni yo‘q, faqat uning salbiy ta’sirini kamaytirish chora-tadbirlarini ko‘rish mumkin.
Iqtisodiy xavfsizlikka salbiy ta’sir etuvchi tashqi omillar qatoriga quyidagilar kiritiladi (10.6-rasm):

  1. Eksport tarkibida xomashyo tovarlarining ustuvorligi, an’anaviy mashinasozlik va harbiy sanoat tovarlari bozorlarining yo‘qotilishi.

  2. Mamlakatning ko‘p turdagi mahsulotlar, shu jumladan, strategik ahamiyatdagi va oziq-ovqat mahsulotlari importiga qaramligi.

  1. Eksport va valyuta, shu bilan birga, bojxona chegaralari nazoratining yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi.

  2. Raqobatbardosh eksportni qo‘llab-quvvatlovchi moliyaviy, tashkiliy va axborot infratuzilmalarining rivojlanmaganligi hamda import tarkibining ratsional emasligi.

  3. Eksport-import operatsiyalariga xizmat ko‘rsatuvchi transport infratuzilmalarining yetarli darajada rivojlanmaganligi.
    1. Milliy va xalqaro raqobatbardoshlik tushunchalarining mohiyati, raqobatbardoshlik ko‘rsatkichlari va mezonlari


Dunyo mamlakatlari iqtisodiy rivojlanishning qaysi modelini tanlamasin mamlakat iktisodiyotining jahon xo‘jaligidagi o‘rni uning raqobatbardoshlik darajasi bilan belgilanadi. Xalqaro raqobat texnik taraqqiyotning eng muhim omili hisoblanadi. Ishlab chiqarish, boshqaruv texnologiyalarining doimiy yangilanib borish jarayoni uning ta’sirida davom etadi, ishlab chiqarilayotgan mahsulot yangilanadi va sifati oshib boradi. Jahon iktisodiyotining barqaror rivojlanish sur’atlarini ta’minlash, xalqaro raqobatni vujudga keltirishning muhim sharti dunyo mamlakatlari iktisodiyotining ochiqligi bilan belgilanadi.
Jahon tajribasining ko‘rsatishicha, tashqi dunyoga nisbatan yopiqlik, albatta, inqirozga olib keladi. Mamlakat iqtisodiyotining xalqaro mehnat taqsimotiga integratsiyalashish darajasi - bu iktisodiyotning ochiqlik ko‘rsatkichidir.
Milliy iqgisodiyot uchun jahon bozoriga jalb etilganlik muhim ahamiyat kasb etadi. «Ochiqlik»ning ratsional darajasi va tavsifini tanlash milliy iktisodiyotning raqobatbardoshligini ta’minlab berishi mumkin.
Ochiq iqtisodiyot - bu tashqi iktisodiy aloqalari rivojlangan, milliy iqtisodiyotdagi nisbiy ustunliklariga tayanib, jahon xo‘jaligi tizimiga
integratsiyalashib boruvchi iqtisodiyotdir. Ochiq iqtisodiyot, odatda, milliy iqtisodiyotga nisbatan qo‘llaniladi.
Jahon amaliyotida iqtisodiyotning ochiqlik darajasi kuyidagi ko‘rsatkichlar orqali aniqlanadi:

  • eksport kvotasi;

  • import kvotasi;

  • tashqi savdo kvotasi;

  • import elastikligi koeffitsiyenti;

  • eksport elastikligi koeffitsiyenti;

  • eksport va import tarkibi;

  • iktisodiyotga sarflanayotgan investitsiyalar tarkibida xorijiy investitsiyalar va chetga chiqarilgan kapitalning jami kapital hajmidagi ulushlari. Agar ichki investatsiyalarda xorijdan kelgan mablag‘lar ulushi qancha katta bo‘lsa va kapital tashqariga qancha ko‘p chiqsa, iqtisodiyot shunchalik ochiq bo‘ladi;

  • mehnat resurslari tarkibida xorijdan kelgan va xorijga chiqib ketgan ishchi kuchi hissasi. Ushbu ko‘rsatkich qancha katta bo‘lsa, iqtisodiyot shuncha ochiq bo‘ladi.

Iqtisodiyotning ochiqlik darajasiga ta’sir etuvchi omillar kuyidagilardan iborat:

  • ishlab chiqarish kuchlari rivojlanish darajasining yuqoriligi;

  • iqtisodiyot tarkibida qayta ishlash va yuqori texnologiyali tarmoqlarning ulushi;

  • mamlakat iqtisodiy salohiyatining hajmi;

  • mamlakatning tabiiy resurslar bilan ta’minlanganlik darajasi.

Ba’zi iqtisodchilarning fikricha, iqtisodiyotning ochiqlik darajasi milliy ishlab chiqarishning tarmoq tarkibiga bog‘liqdir. Ishlab chiqarish hajmining umumiy tarkibida bazaviy tarmoqlar ulushi qanchalik yuqori bo‘lsa, iqtisodiyotning ochiqlik darajasi shunchalik past bo‘ladi. Ushbu holat bazaviy tarmoqlarning xalqaro ixtisoslashuv jarayoniga kam darajada jalb etilganligi va asosan ichki bozorga yo‘naltirilganligi bilan izohlanadi.
Ichki talab va taklif muvozanatining makroiqtisodiy tahlillari ko‘rsatishicha, odatda, ushbu muvozanat real amaliyotda o‘z tasdig‘ini topmaydi. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkichdan chetlanish shunchalik yuqori bo‘ladi. Mamlakatning texnik-iqtisodiy rivojlanish darajasining yuqoriligi tovarlar va xizmatlar taklifining ko‘payishiga va tashqi iqtisodiy faoliyatning rag‘batlantirilishiga olib keladi. Bu esa iktisodiyotning ochiqligini aniqlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasi yuqori, texnologik jihatdan chuqur mehnat taqsimotiga asoslangan tarmoq tarkibiga ega mamlakatlarda
iqtisodiyotning ochiqlik darajasi ham yuqori bo‘ladi. Mutlaq ko‘rsatkichlar bo‘yicha iqtisodiy salohiyati past, tabiiy resurslar bilan kam ta’minlangan mamlakatlar iqtisodiyotining ochiqlik darajasi past bo‘ladi.
Qayd etib o‘tilganidek, iqtisodiyotning ochiqligi xalqaro raqobatning muhim sharti hisoblanadi. Mamlakatlarning raqobatbardoshligi qanday aniqlanadi va u nimalarga bog‘liq? Nima sababdan ba’zi mamlakatlar raqobat jihatdan boshqa mamlakatlarga nisbatan ilgarilab ketgan?
Raqobat ko‘p qirrali iqtisodiy hodisa bo‘lib, u bozorning barcha sub’ektlari o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Raqobat – bozor sub’ektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashuvidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda va ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashni anglatadi.




Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish